Oraliq nazorat javoblarini baholash mezonlari 1-bosqich talabalari uchun Modul nomi


Download 140.86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi140.86 Kb.
#1013390


Oraliq nazorat javoblarini
BAHOLASH MEZONLARI 
1-bosqich talabalari uchun
Modul nomi:
 
“Konstitutsiyaviy huquq” 
Ish turi:
 
 
Oraliq nazorat 
O‘tkazilgan sana:
____._____.2022-y. 
Savol 1:
 
 
Berilgan kazusni tahlil qilish. 
Quyidagi baholash mezonlari asosida Sizning javobingiz baholandi: 
№ 
Baholash mezonlari 
Kazus 
1. 
Bayon etilayotgan fikrning originalligi, mustaqil 
fikrlashning mavjudligi, matndagi jumlalarning bir-
biriga mantiqan bog‘langanligi va mavzuni aniq, 
tizimli ochib berish darajasi. 






2. 
Manbalardan unumli foydalanish, iqtiboslarni asosli 
qo‘llash, zamonaviy ilmiy adabiyotlarga havola berish 
malakasi va manbalar ro‘yxatini shaklantira olish 
ko‘nikmasi. 






3. 
Kazusning mohiyatini tushunganligi va javobni 
savolga mos holda to‘g‘ri yoritib berganligi. Tahlilning 
sifati. 






4. 
Orfografik, punktuatsion, uslubiy xatolarga yo‘l 
qo‘yilmaganligi. 






 
Jami ball 
Mustaqil ish bo‘yicha qo‘shimcha taqriz:
Umumiy ball 
Tekshiruvchi imzosi:___________ 
_______________________ __________ 
Talabaning F.I.SH. 
Kurs 
Modul nomi 
______________________________________________ 
_________________ 
Talabaning imzosi
Qabul qiluvchining F.I.SH. va imzosi _____________________________________________ 
 


4. Siyosiy partiya parlamentga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda muvaffaqiyatli qatnashish 
maqsadida o‘zi bilan uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi asosida faoliyat olib borayotgan 
xalqaro tashkilotdan hamda siyosiy platformasida aks ettirilgan g‘oya va maqsadlariga xayrixoh 
bo‘lgan chet el fuqarosidan ko‘p miqdorda chet el valyutasidagi xayriya yordamini oldi. Olingan 
mablag‘lar hisobidan siyosiy partiya nomzodlar bilan uchrashuvlarni tashkil etdi, uchrashuvlarga 
kelgan fuqarolarga o‘z hisobidan dasturxon tashkil etdi, esdalik sovg‘alarini hadya qildi. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va bank-moliya idoralari tomonidan taqdim etilgan 
ma’lumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi partiyani saylov jarayonida ishtirok etishdan 
chetlatdi. Siyosiy partiyaning faollaridan biri mazkur qarordan norozi bo‘lib Konstitutsiyaviy 
sudga shikoyat arizasi bilan murojaat etdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tartibi va shartlarini qonun 
hujjatlari asosida aniqlang 


Kazuz: N4
Bu kazusga yichim topishdan avval parlament nima ekanligini tushunib olishimiz kerak.
Parlament — (inglizcha: parliament, fransuzcha: parlement) davlatning davlat hokimiyati 
organlaridan biridir. Parlament vakillik muassasasi boʻlib, uning deputatlari xalq tomonidan 
saylanadi va parlamentda uning manfaatlari himoya qilinadi. Parlament qonunchilik 
hokimiyatini amalga oshiradi, yaʼni davlatning qonunlarini qabul qilishda mutlaq huquqqa ega 
boʻladi. Parlament davlatning ichki va tashqi siyosatini belgilash va amalga oshirishda 
qatnashadi, davlat budjetini tasdiqlaydi, davlatning soliq asoslarini va umumdavlat soliqlari 
hamda yigʻimlari turlari belgilab beradi. Parlament boshqa davlat organlarini shakllantirishda 
davlatning oliy mansabdor shaxslarini tayinlashda qatnashadi — bu ishlarni yo oʻzi bajaradi, 
yoki tegishli nomzodlar u bilan kelishib bajariladi. Parlament davlat qonunlari ijrosi ustidan va 
ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ustidan, yangi qonunlarning tasdiqlanishi ustidan 
parlament nazoratini amalga oshiradi.
Parlamentga bulib utadigan saylovlarda siyosiy partiyalar uz nomzodlarini qoʻyadi va bu siyosiy 
partiyalarga siyosiy partiyalalning siyosiy platformasida aks ettirilgan gʻoya va maqsadlararga 
xayrixoh bulgan tashkilotlar yoki fuqarolar xayriya yordamini berishi mumkin. Bu haqida 
Oʻzbekiston respublikasi siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tug’risida qonunning , 12-
moddasida “Siyosiy partiya xayriya yordamini faqat O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari 
(chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno) va fuqarolaridan pul shaklida 
hamda mol-mulk berish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish tarzida va faqat ustavda nazarda 
tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun olish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan xayriya yordami berish 
ixtiyoriy ravishda va ularning faqat o‘z mablag‘laridan amalga oshiriladi, ushbu Qonun 15-
moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan manbalardan olinadigan mablag‘lar 
bundan mustasno.
Ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan cheklashlar O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning xodimlari sifatida oladigan ish 
haqiga tatbiq etilmaydi. Siyosiy partiya xayriya yordamini qabul qilishni rad etishga haqli” dib 
aytib oʻtilgan.
Bu siyosiy partiya olingan mablagʻlar evaziga partiya nomzodlari bilan uchrashuv tashkil etildi, 
uchrashuvga kelgan mehmonlarga partiya uz hisobidan dasturxon tashkil etidi. Estalik 
sovgʻalari taqdim etildi. Ammo mahalliy davlat organlari va bank-moliya idoralari tomonidan 
taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyani saylovda 
qatnashishini taqiqladi. Oʻzbekiston respublikasi siyosiy partiyalar tug’risidagi qonunning 
11moddasi. (Siyosiy partiyaning faoliyatini tugatish) Siyosiy partiyaning faoliyati quyidagi 
tarzda tugatiladi: partiyaning o‘z ustaviga muvofiq tarqalib ketishi orqali, bu haqda partiya oliy 
organi uch kunlik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xabar qiladi; 


partiya ushbu Qonun 3moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan xatti-harakatlarni sodir 
etgan hollarda yoki o‘z faoliyati to‘xtatib qo‘yilganidan so‘ng bir yil muddat ichida o‘sha xatti-
harakatlarni takror sodir etgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yoki 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy sudining qarori bilan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya 
faoliyati tugatilganligi to‘g‘risidagi rasmiy xabari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan 
kundan boshlab siyosiy partiyaning faoliyati tugaydi.
Ammo , siyosiy partiyaning faollaridan biri mazkur qarordan norozi boʻldi va Oʻzbekiston 
respublikasi siyosiy partiyalari toʻgʻrisidagi qonuni 12-moddasiga binoan ( Siyosiy 
partiyalarning huquqlari) Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega: o‘z faoliyati to‘g‘risidagi 
axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish; saylab 
qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok 
etish;qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati 
organlari saylovlarida ishtirok etish; partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar 
va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot 
vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; O‘zbekiston 
Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat 
birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish. Siyosiy partiyalar ushbu Qonunda hamda 
O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham ega 
bo‘lishlari mumkin buladi digan fikrini ilgari surdi.
Biroq bu siyosiy partiya Oʻzbekiston respublikasi siyosiy partiyalarni moliyalashtirish 
tug’risidagi qonunning 18-moddasida (Moliyaviy va boshqamablag‘larning kelib tushishi hamda 
siyosiy partiyalar tomonidan sarflanishi ustidan nazorat) Moliyaviy va boshqa mablag‘larning 
kelib tushishi hamda siyosiy partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishi ustidan 
nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi 
Hisob palatasi tomonidan siyosiy partiyalarning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari 
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Moliyaviy va boshqa mablag‘larning kelib 
tushishini hamda siyosiy partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishini tekshirish 
qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida o‘ndan bir qismidan iborat deputatlar 
guruhining murojaatiga binoan qonunchilik palatasi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin
Siyosiy partiyaning parlamentga saylovini cheklash bu siyosiy partiyaning Oʻzbekiston 
respublikasi siyosiy partiyani moliyalashtirish tug’risidagi qonunga muvofiq kelmaydigan 
missiyalarni bajarganligidan. Yani, siyosiy partiya uz vakolatlaridan kelib chiqmagan holda 
Oʻzbekiston respublikasi siyosiy partiyalarini moliyalashtirish tug’risidagi qonunni 6-moddasiga 
tug’ri kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirgan. 6-modda. (Siyosiy partiyalarning 
moliyaviy va boshqa mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanishi) Siyosiy partiyalar 
moliyaviy va boshqa mablag‘lardan qonunda hamda ustavlarida nazarda tutilgan maqsadlarda 
foydalanadi. Bu mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanish aqiqlanadi.Siyosiy 
partiyalarning mol-mulki va pul mablag‘lari siyosiy partiya a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi 
mumkin emas. Siyosiy partiyalarga, ularning tashkilotlariga bittadan ortiq bankda bank 
hisobvaraqlariga, shuningdek chet el banklarida hisobvaraqlarga ega bo‘lish taqiqlanadi. Siyosiy 
partiyalar bitta bankda quyidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga ega 
bo‘lishi mumkin: Asosiy hisobvaraq — O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan ajratilgan 


mablag‘larni o‘tkazish, ulardan foydalanish va ularni nazorat qilish uchun ikkita ikkilamchi 
hisobvaraqlariga ega bulishi kerak. 
Xulosa qilib aytganda, siyosiy partiyaning parlamentga saylovlarini oʻtkazish uchun olgan chet 
ellik investorlar yoki chet ellik fuqarodan olgan xayriyasi yoki siyosiy partiyaning investorlardan 
olgan xayriyasi bilan uyushtirilgan partiya faollari bilan uchrashuv yoke tuzatilgan dasturxoni 
uchun emas balki, Oʻzbekiston Respublikasi siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tug’risidagi 
qonunning 6-moddasiga zid ravishda harakat qilgani uchundir. Shuningdek, Siyosiy partiyalarni 
moliyalashtirish tug’risidagi qonunning 8-moddasida (Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok 
etishini moliyalashtirish) “Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish 
belgilangan tartibda faqat ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari hisobidan 
amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalarni saylovda boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish va 
moddiy jihatdan o‘zgacha tarzda qo‘llab-quvvatlash taqiqlanad” dib aytib oʻtilgan. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
• Oʻzbekiston Respublikasi Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tug’risidagi qonun. 
• Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. 
• Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida qonun. 
• Internet manbalari . 

Download 140.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling