Oraliq nazorat Kompyuter tarmoqlari fanidan 710 – 18 – guruh talabasi Bajardi : Durdiyev Oxunjon Tekshirdi : Sanjar Mirzahalilov Toshkent -2020


Download 80.12 Kb.
bet2/2
Sana22.11.2020
Hajmi80.12 Kb.
#150067
1   2
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari oraliq ish-1


2.OSI etalon modeli.
Xalqaro standartlar tashkiloti tomonidan ISO (International Standards Organization) 1984-yili OSI model taqdim qilingan. Shundan buyon hamma tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Har qanday universal model singari, OSI modeli ham ancha qo‘pol. Tez o‘zgartirishlarni bajarishi qiyin, shuning uchun turli shakllar taklif qiladigan real tarmoq vositalari qabul qilingan vazifalarni taqsimlashga juda ham rioya qilinmaydi.

Lekin OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro‘y berayotgan jarayonni yaxshi tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqdagi bajariladigan vazifalar (funksiyalar) modelda 7 bosqichga bo‘lingan (2.1-rasm). Yuqori o‘rindagi bosqichlar ancha murakkab, global masalalar bajariladi. Buning uchun quyidagi bosqichlarni o‘z maqsadlari uchun ishlatib, ularni boshqaradilar. Quyida joylashgan bosqichlar maqsadi — yuqori bosqichga xizmat ko‘rsatish, yuqori joylashgan bosqichlar uchun ko‘rsatiladigan bu xizmatning mayda qismlari bajarilish tartibi muhim emas.



1.Jismoniy bosqich

2.Kanalli bosqich

3. Tarmoqlibosqich

4. Transport bosqich

5. Aloqavaqtiningbosqichi

6. Prezentatsiyabosqichi

7. Amaliybosqich

2.1-rasm. OSI modelining yetti bosqichi.

Quyi joylashgan bosqichlar sodda bo‘lib, aniq vazifalarni bajaradi. Ideal holda har bir bosqich o‘zidan tepadagi va quyi bosqich bilan muloqot qiladi. Yuqori bosqich ayni vaqtda ilovaga ishlayotgan, amaliy masalaga to‘g‘ri kelsa, quyi bosqich esa, signalni aloqa kanali orqali uzatishga to‘g‘ri keladi. 2.1-rasmda keltirilgan bosqichlar vazifasi tarmoq abonentlarining har biri tomonidan bajariladi.



Bir abonentdagi har bir bosqich shunday ishlaydiki, u boshqa abonentning xuddi shu bosqichi bilan to‘g‘ri aloqasi bordek, ya’ni tarmoq abonentlarining bir xil nomli bosqichlari o‘rtasida virtual aloqa mavjud. Bir tarmoq abonentlari o‘rtasidagi real aloqa faqat eng quyi birinchi bosqichda mavjud (jismoniy bosqich). Axborot uzatayotgan abonentda axborot barcha bosqichlardan yuqoridari boshlab quyi bosqichda tugaydi. Qabul qiluvchi abonentda esa, qabul qilingan axborot teskari yo‘nalishda, quyi bosqichdan boshlab, yuqori bosqichga harakat qiladi (2.2-rasm).



2.2-rasm. Axborotni abonentdan abonentga o‘tish yo‘li.


Download 80.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling