101. Ijtimoiy muhitda tabiiy qonunlar hukm suradi deb hisoblaydigan falsafiy oqim? a) deizm; b) naturfilosofiya; v) panteizm; g) neorealizm.
102. Ijtimoiy taraqqiyot va uning mezoni to‘g‘risida K.Marks ta’limotining asosiy kamchiligi nimadan iborat.
a) sinflar o‘rtasidagi ziddiyatni kelishtirib bo‘lmaydigan antogonistik xarakterga ega deb qarashlarida;
b) ishlab chiqaruvchi kuchlarning harakatlantiruvchi manbasi mehnat kurollarining ishlab chiqarish jarayonida stixiyali takomillashishida deb tushunganligida;
v) mehnat qurollarini takomillashtirishda xal qiluvchi kuch fan ekanligini e’tirof etmaganligida;
g) a, b va v xollarda.
103. Ijtimoiy voqelikni bilishning alohida xususiyati nimada?
a) tadqiqotchi sub’ekt - umuminsoniy manfaatlarni ifoda qiluvchi bo‘lib qatnashishida;
b) sub’ekt - umuminsoniyat nomidan qatnasha olmasligida;
v) ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda milliy, sinfiy, mintaqaviy, diniy manfaatlarning ustuvorligida; g) b va v xollarda.
104. Ijtimoiy falsafa nimani o‘rganadi?
a) jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari va qonuniyat-larini;
b) sotsial tuzumning funksiyasi va rivojlanish qonuniyatlarini;
v) jamiyatdagi muhim ijtimoiy hodisalarning o‘zaro aloqalarini;
g) a, b va v xollarda.
105. Ijtimoiy munosabatlar tushunchasining mazmuni nima?
a) ommaning kayfiyatlari, maqsadlarini aks ettiruvchi tushuncha;
b) barcha ma’naviy munosabatlarning majmuasi;
v) kishilarning moddiy va ma’naviy faoliyatlarini o‘zida aks etdiruvchi munosabatlar;
g) moddiy va ma’naviy munosabatlarni aks etdiruvchi murakkab jarayon.
106. Jamiyatning tabiatdan farq qilishiga sabab bo‘luvchi eng asosiy omil nimada?
a) ijtimoiy taraqqiyotning o‘ta noyobligida;
b) ijtimoiy qonunlar asosida rivojlanishida;
v) tabiiy qonunlardan mustaqil bo‘lganligida;
g) tabiatdan tashqari kuchlarning irodasi bilan rivojlanishida.
107. Jamiyatning ijtimoiy strukturasini aniqlang?
a) sotsial sinflar, ijtimoiy guruxlar;
b) siyosiy partiyalar, ijtimoiy tashkilotlar;
v) kishilarning tarixiy birliklari: urug‘, qabila, elat, millat;
g) davlat va siyosiy hamda iqtisodiy sistemalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |