Oraliq nazorat savollari Savollar: Qadimgi yunon adabiyoti haqida nimalarni bilasiz?


Download 16.54 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi16.54 Kb.
#107676
Bog'liq
ORALIQ JAVOBLARI(1)


Oraliq nazorat savollari

Savollar:

  1. Qadimgi yunon adabiyoti haqida nimalarni bilasiz?.

  2. Xalq og’zaki ijodining yunon yozma adabiyotiga ta’siri.

  3. Illiada” va “Odessiya” dostonlarining syujeti va badiiyati.

Javoblar:

    1. “Antik adabiyot” atamasi Yevropadagi ikki quldorlik jamiyati - Yunoniston va Rimda yaratilgan badiiy ijod namunalariga nisbatan tatbiq etiladi. Miloddan awalgi VIII-VTI asrlarda Yunonistonda paydo bo‘lib, keyinchalik yuksak kamolot bosqichiga ko‘tarilgan bu adabiyot milloddan awalgi III asrda Rim madaniyatining tarkib topishida katta rol o'ynagan. Aslida yunon va Rim adabiyotidan avval madaniyat beshigi bo‘lgan Sharq mamlakatlari, xususan, Misr, Eron, Xitoy, Hindiston, Bobil kabi qadimgi davlatlarda badiiy ijod taraqqiy etgan. ‘llanib kelinadi. Demak, antik adabiyotning tarixiy chegarasi miloddan awalgi VIII-VII asrdan milodiy V asrgacha bo‘lgan 1200 yillik davmi o‘z ichiga oladi. Yunon adabiyoti Ovrupa xalqlarining qadimiy adabiyotidir. Bu bilan qadimgi Sharq adabiyoti unsurlari yunonlarga hech qanday ta’sir o'tkazmagan degan fikrdan yiroqmiz. Yunon folklari qo‘shni xalqlar folklari ta’sirida boyigan. Mana shu folklar zamirida paydo bo‘lgan yunon adabiyoti mustaqil ravishda taraqqiy etgan. Hozir bizga ma’lum bo‘lgan badiiy shakllarning ko‘pchiligi, uslub vositalarining bir qanchasi yunonlaming kashfiyoti sanaladi. Rim adabiyoti yunon adabiyotidan keyin rivojlandi. U yunon adabiyoti tajribalariga tayangan holda taraqqiy etdi. Shu bilan birga, antik jamiyatning keyingi bosqichlarida paydo bo‘lgan yangi muammolami hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Ovrupa adabiyotining yuzlab, minglab namunalari unutilib, faqat mutaxassislarning mulkiga aylanib qolgani holda Homer dostonlari, yunon dramasi namunalari, buyuk Rim shoirlarining asarlari hamon badiiy qimmati va estetik ahamiyatini yo‘qotmagan. Mazkur asarlarning jozibasi ulardagi yuksak mahoratdagina emas, balki shu adabiyotni yaratgan xalqlaming his-tuyg‘ulari va orzu-umidlarining ifoda etilganligida hamdir. Qadimgi yunon-rim adabiyotida insoniyatning asriy muammolari qalamga olingan. “Ular botirlik jasoratini, kurash ishtiyoqini, vatan mehrini, insonning qudratini kuylaganlar, ulug‘laganlar, pastkashlik, qo‘rqoqlik, sotqinlik va shu kabi chirkin illatlarga nafrat ko‘zi bilan qaraganlar”. Shu bois uzoq o‘tmishda yaratilgan bo‘lishiga qaramay, yunon-rim adabiyoti namunalari turli tarixiy davrlarda ham jozibasini yo‘qotmay hammaga manzur va ma’qul bo‘lib kelmoqda.

    2. Barcha xalqlaming adabiyoti singari Yunon adabiyoti ham og‘zaki xalq ijodi zaminida paydo bo‘lgan. Yunon folkloridan juda kam namunalar saqlanib qolgan bo‘lsa ham, shularga asosan qadimda yunon xalqining anchagina boy og‘zaki adabiyoti bo‘lganligini aniqlash mumkin. Ibtidoiy jamiyat kishilarining tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi afsona va asotirlar yig‘indisi qadimgi yunon mifologiyasi tashkil etadi. Antik davr madaniyatining, jumladan, yunon mifologiyasining jahon xalqlari taraqqiyotiga ko'rsatgan ta’siri beqiyosdir. Yunon xalqining miflari umumbashariy madaniyatning asoslaridan biri bo‘lib, u hozirgi zamon kishisining tasawuri va tafakkuri tarziga chuqur kirib borgan. Mif(yunoncha mythos — rivoyat, hikoya, masal) - xalq og‘zaki ijodining eng qadim davrlarida paydo bo‘lgan, voqelik(olam)haqidagi tasawurlami aniq obrazlar vositasida aks ettiruvchi rivoyaviy asarlardir. Mifologiya ko‘plab miflardan tashkil topadi. Miflar olam va odam haqidagi hikoyalar bo‘lsa-da, ularni tom ma’noda so‘z san’ati hodisasi deb bo‘lmaydi. Ular qadimgi odamlar uchun tafakkur shakli bo‘lib, miflar vositasida olam sirsinoatlari(olamning yoki insonning yaratilishi, quyosh chiqishi va botishi, shamol esishi va momaguldirak sababi va h.)ni bilishga intilganlar. Deylik, yunonlar chaqmoq chaqishini Zevsning, dengizdagi dahshatli dovullarni Poseydonning g‘azablangani bilan izohlaganlar, inson taqdiridagi turfa evrilishlarda ilohlaming aralashuvini ko‘rganlar. Qadimgi yunori mifologiyasi yerda hayotning paydo bo‘lishini, tabiatdagi hodisalaming yuz berishi sabablarini tushuntirishga bo‘lgan urinishi sifatida, inson o‘z atrof-muhitidagi o‘mini aniqlashga ojiz bo‘lgan davrda paydo bo‘lgan edi. Miflar yaratilishining o‘zi insoxming ijodga va o‘z-o‘zini bilib olishga qo‘ygan ilk qadami edi. Tadrijiy suratda yunon zaminining turfa viloyatlarida vujudga kelgan ayrim asotirlardan qahramonlar va ularga homiylik qilgan ma’budlaming taqdirlari haqida butun boshli turkumlar tarkib topgan. Yurt kezib yurgan aed - qo‘shiqchilar tomonidan ijro etilgan barcha afsonalar, madhiyalar va qo'shiqlar zamonlar o‘tishi bilan Нсшег, Hesiod va boshqa ko'plab shoirlar tomonidan dostonlarga aylantirilgan. Eramizgacha V asrda yashagan qadimgi buyuk yunon shoir-dramaturglari - Esxil, Sofokl, Yevripidlar o‘z tragediyalarini xudolar va qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar.

  1. Homer o‘zi afsonaviy shaxs. Uning taijimai holidagi deyarli barcha faktlar bahsli. Bu nom qadim yunon tilida “ko‘zi ojiz”, “so‘qir” degan ma’noni beradi. Demak, kuychi homerlar ko‘p bo'lgan. Ammo ular dan biri, haqiqiy Homer butun antik dunyoda mashhur bo‘lib, Homer vatani degan sharafli nom uchim talashgan shaharlar o‘nlab hisoblanadi. Bir qarashda, bu - umumlashgan bir nom. Ammo voqealari, davri, uslubi, obrazlar dunyosi jihatidan bir-birlarining davomi bo'lgan ikki dostonning har biri 24 qo‘shiqdan iborat, bir vazndagi buyuk eposlaming bu nomga qiyos qilinishi hamma jihatdan shu qadar tabiiy ediki, Homerning real shaxsligiga hech kim dalil bilan e’tiroz bildirolmadi. “Homer masalasi” hali ham tamom hal qilingan emas. Chunki bu eposlaming yaratilishida yagona muallifiiing mavqeyini kamsituvchilar hali ham bor. Tahrir qilgan, tartibga solgan, goho esa hech qanday Homer bo‘lmagan, bu dostonlar xalq qo‘shiqlari sifatida, badiha tariqasida vujudga kelgan, degan fikrlar ham ilgari surilgan. Homemi ikki dostonning yagona muallifi sifatida tan olishda fanga eposlaming o‘zidagi yaxlit badiiy butunlik, noyob iqtidorga xos ijodiy individuallik, yuksak badiiy vositalaming betakrorUgi yordam berdi. Har ikki doston sujeti Troya urushi, ya’ni yunonlaming Troya (yoki Ilion) shahriga yurishi haqidagi afsonalardan olingan. Ularga ko'ra Troya shahzodasi Paris Sparta shohi Menelay saroyida mehmon bo‘ladi. Lekin u Menelayning bir talay boyliklarini va malika Yelenani o‘g‘irlab ketadi. Bundan g'azablangan Menelay va ukasi, Miken podshosi Agamenon barcha yunon viloyatlaridan katta qo‘shin to‘playdi va Troyaga yurish qiladi. Biroq o‘n yil davomida Agamemnon qo‘shini Troya shahri darvozasi oldida samarasiz jang olib boradi. Faqat ayyorlik yo‘li bilan - yog‘och ot ichida yashiringan holda shaharga kirib uni kulini ko‘kka sovuradilar. Yelena Menelayga qaytariladi. Lekin yunon jangchilarining ortga qaytishi oson kechmaydi. Ulaming ko‘pi yoTda yoki qaytganidan so‘ng halok boTadilar, ba'zilari uyga qaytguncha dengizlarda sarson-sargardon kezadi. Ana shu voqealar asos bo‘lgan afsonalar yunon mifologiyasining Troya turkumiga asos bo‘lgan. Biroq bu turkumga kirgan afsonalar to‘liq emas, balki ikkita kichik voqeasigina hikoya qilinadi. Agar “Iliada”da Troya urushining o‘ninchi yilidagi bir hodisa tasvirlangan bo‘lsa, “Odisseya” dostonida ham shu holatni ko‘ramiz. Asarda Odisseyning urashdan qaytishi, o‘zga yurtlarda sarson-sargardon bo‘lishi va nihoyat o'ninchi yili vataniga qaytib kelishi haqida hikoya qilinadi.

Download 16.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling