Oraliq nazorat savollari Savollarga yozma tarzda javob tayyorlang


Download 31.34 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi31.34 Kb.
#205916
Bog'liq
zoologiya top


Oraliq nazorat savollari

Savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.

1.Qushlarning ovqat hazm qilish sistemasi tavsifi.

2.Laylaksimonlar va flamingolar turkumlariga tavsif bering.

3.Chala tishlilar, ya’ni oz tishlilar va yashcherlar turkumlariga tavsif bering.

4.Sutemizuvchilar skeletining tuzilishini tasvirlang.

5.Qushlarning muskullari va nerv sistemasi tuzilishini tavsiflang.

Javob


Qushlarning ovqat hazm qilish sistemasi sudaralib yuruvchilarnikiga o‘xshash,lekin ayrim belgilari bilan ajralib turadi.Ovqat hazm qilish sistemasi ketma-ketligi:

Og‘iz- halqum-qizilo‘ngach-ikki bo‘lmali oshqozon -o‘n ikki barmoqli ichak –ingichka ichak-anal teshigi.

Qushlardagi tish vazifasini ya'ni ovqatni tutish va ushlashni shox modda (muguz) bilan qoplangan ostki va ustki tumshuqlar bajaradi. Ulaming tumshug'i ham har xil shaklda bo'ladi. Masalan: ko'pchilik yirtqich qushlarning tumshug‘i muguzli qalin qobiq bilan qoplangan bo'lib, uchi ilmoqsimon qayrilgan bo‘ladi.

Kaptarning tumshug'i ochilganda uning ustki va pastki jag'larida

tishini yo'qligi, og'iz bo'shlig'ida kuchli muguzlangan o'tkir kalta

tili borligini ko'rish mumkin. Tilning shakli ham qushlarda turlicha.

So'lak bezlari ham har xil rivojlangan bo'ladi.Ko‘pchilik qushlar oziqni tili bilan halqumga yo‘naltiradi.Halqumdan oziq sizilib,qizilo‘ngachga tushadi.Ko‘pchilik qushlarda qizilo‘ngachda bo‘yinning oldingi sathi kengayib,jig‘ildonni hosil qiladi.Jig‘ildonda oziq shira ta’sirida aralashadi va oshqozonga o‘tkaziladi.

Qushlarda oshqozon ikki bo‘lmali:bezli va muskulli. Bezli oshqozonda hazm shiralari ajralib chiqib,oziq kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi.Keyin esa oziq moddalar oshqozonning muskulli qismiga o‘tadi. Oshqozonning ikkinchi muskulli bo'limi devorlarida kuchli muskullar rivojlangan.

Oshqozon muskul devorlarini qisqartirib, qushlar yutib yuborgan toshlar va boshqa qattiq jismlarni harakatga keltiradi.

Natijada, oziq toshlarga va muguzli oshqozon devoriga ishqalanib, yumshoq bo'tqaga aylanadi va bunday ovqat 12 barmoqli ichakka o'tadi.

12 barmoqli ichakka oshqozon osti bezi shirasi va jigarning o‘t suyuqligi quyiladi.Oziq bu suyuqlik ta'siriga uchrab, bir necha halqali uzun ingichka ichakka va qisqa orqa ichakka o'tadi.Orqa ichak nisbatan kalta, u yo'g'on va to'g'ri ichaklarga aniq ajralmagan. Amfibiyalar va sudralib yuruvchilar kabi qushlarda ham to‘g‘ri ichak kloakaga ajraladi.Kloakaga siydik yo‘li va ko'payish organlarining yo'li ham ochiladi.

2. Laylaksimonlar turkumi vakillari har xil kattalikdagi qushlar bo’lib, og'irligi 100 g dan 6 kg gacha boradi. Bu turkumga 10 ta oila va 120 dan ortiq tur kiradi. Ularning tanasi yirik uzun va mustahkam bo’yni tumshug'i va oyog‘i

bor. Suv bo’ylarida va botqoqliklarda yashaydi.

Oyoqlaridagi barmoqlari 4 ta, oldingi 3 tasi orasida suzgich pardalari bo'lmaydi, agar bo'lsa ham qisqa bo’ladi. Tumshuqlari turli shaklda. Patlari siyrak, sekin uchadi. Yer sharida deyarli barcha qit'alarda keng tarqalgan.

Koloniya bo’lib uya quradi. Uyalarini qamishlarga, daraxt shoxlariga quradi, uyasining balandligi yarim metrgacha.Mart oyida 2-8 ta tuxum qo'yadi. May oyining boshida tuxumdan jo'jalari chiqadi.

Laylaksimonlar tipik jish bola ochuvchi qushlar hisoblanadi. Bu turkumga

laylaklar , ibislar va qarqaralar yoki qo'tonlar oilalari kiradi. Laylaklar oilasiga 17 ta tur kiradi.O'zbekistonda 2 ta turi, ya'ni oq laylak va qora laylak uya quradi .

Ikkala tur ham O'zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan. Laylaklarning og'irligi

4-6 kg keladi. Ularda tovush bog'lamlari rivojlanmagan,shuning uchun ham tovush chiqarmaydi. Quruq joylarda, cho‘llarda, dashtlarda, tog'li hudud va

botqoqliklarda yashaydi.Daraxtlarda uya quradi.

Laylaklarning vakillari Arktika va Antarktidadan tashqari hamma joyda uchraydi.Ular baqalar, kaltakesaklar, ilonlar, baliqlar, mayda kemiruvchilar

hasharotlar bilan oziqlanadi.

Qarqaralar oilasiga 60 ga yaqin tur kiradi. O'zbekistonda 9 ta turi uchraydi. Ularning tumshug'i konussimon, qirralari o'tkir, uzun bo‘yni ham ancha uzun va harakatchan. Keyingi barmog'i oldingi barmoqlari bilan deyarli bir xil uzunlikda. O'zbekistonning daryo va ko'llari qirg'oqlaridagi qamishzorlarda asosan katta qarqara, ko'kqo'ton, ko'lbuqa uchraydi.

Ko’k qo'ton terisining ustki qismi ko'k, qorin tomoni oq patlar bilan qoplangan. Kokil patlari qora bo'ladi. Ko'k qo‘tonlar Sirdaryo, Zarafshon, Amudaryo va Surxondaryo vodiylarida in quradi.

Ko‘k qo'tonlarning tumshug'i yon tomonidan siqilgan va chekkalarida mayda tishchalari bor. Inining diametri 50-110 sm gacha, balandligi esa 60 sm gacha yetadi. Ko'k qo'tonlar 3-7 tagacha tuxum qo'yadi. Ular suvdagi va quruqlikdagi hasharotlar, ularning lichinkalari, baliq, baqa, itbaliq,kaltakesak, ilon va kemiruvchilar bilan oziqlanadi.

Laylaksimonlar qishloq xo'jaligi uchun foydali. Chunki, bu qushlarning

ko'pchiligi zararkunanda kemiruvchilar va hasharotlarni yo'qotib foyda keltiradi.

Flamingosimonlar turkumining vakillari oyog'i va bo'yni juda uzun,tinch turgan vaqtida bo'yni lotincha “S” harfiga o'xshaydi. Tumshug'I kalta va juda

g'alati. Tumshuq asosi baland bo'lib, o'rtasiga kelib pastga qayrilgan.

Bu turkumning vakillari ekvatorda keng tarqalgan 6 ta turi bor. MDH da, shu jumladan O'zbekistonda qizil qanot flamingo ya'ni qizil g‘oz tarqalgan.

Ularning og'irligi 2,5-4,5 kg atrofida bo'ladi. MDHda flamingolar asosan Shimoli-G'arbiy Qozog'istonda ko'llarda koloniya bo‘lib yashaydi.

Flamingolar yerni chuqur qazib,koloniya bo'lib uya quradi. Uyalari ustunsimon, bo'yi 50 sm ga yetadi.

Flamingolar 1 -2 ta tuxum qo'yadi. Tuxumini bir oy bosib yotadi. Jo'ja

ochuvchi qushlardan hisoblanadi, jo'jalari parli, ko'zlari ochiq. Ular soatiga

60 km tezlikda ucha oladi. Flamingolarni ov qilish taqiqlangan.

3. Oztishlilar turkumining turlari kam, ular Janubiy Amerikada tarqalgan. Bu turkum vakillarining tishlari umuman bo'lmasligi va soda tuzilganligi bilan

xarakterlanadi. Ayrim turlarida tishlari bo'lsada, tish ildizi va emali bo'Imaydi. Tishlari guruhlarga bo’linmagan, doimo o'sib turadi va odatda bir marta almashinadi.

Bosh miya yarimsharlari kichik va egatchalari yo'q. Tana uzunligi 12 sm dan 120 sm gacha boradi. Ular asosan yer ustida va daraxtda yashaydi. O'simliklar hamda hasharotlar bilan oziqlanadi. Oldingi oyoqlarining 2 yoki 3 ta barmog'I boshqalariga nisbatan yirikroq. Kuchli taraqqiy etgan tirnoqlari bor.

Primitiv belgilariga yana kurak bilan qo'shilgan korakoidining borligi kiradi. Ko'pchilik turlarining go’shti iste'mol qilinadi. Bu turkumga yalqovlar, chumolixo’rlar va sovutlilar (zirxlilar) oilalari kiradi.

Yalqovlar oilasi vakillari daraxt bargi va mevalar bilan oziqlanadi va butun hayotini daraxtda orqasini pastga qilib osilgan holda o'tkazadigan tungi hayvon hisoblanadi.

Ularning barmoqlari 2- 3 ta bo'lib, bir nav ilmoq hosil qiladi, u shu barmoqlari yordamida daraxtlarda osilib turadi va juda sekin harakatlanadi. Tirnog'i uzun, qovurg’alari serbar, qornidagi junlari yelka tomonga qaragan. Ularning faqat oziq tishlari bor va bu tishlar hayotining oxirigacha o‘sib turadi. Tana

harorati +25- +35C. Tanasining uzunligi 5 0- 6 5 sm. 5 ta turi bor.Bir yilda bitta bola tug'adi. Yalqovlar Janubiy va Markaziy Amerikaning tropik o'rmonlarida tarqalgan. Yalqovlar terisi, go‘shti va tirnog‘i uchun ovlanadi.

Chumolixo‘rlar oilasi vakillarining uzunligi 15 sm dan 120 sm gacha boradi. Tipik vakillariga yerda hayot kechiradigan katta chumolixo’r va changal dumli kichik chumolixo'r kiradi. Asosiy ozig’i chumoli va termitlar hisoblanadi. Hasharotlarni tiliga yopishtirib oladi. Ularning uzun naysimon tumshug‘i va juda uzun yopishqoq tili bor, tishlari yo’q. Chumolixo’rlar faqat Markaziy va janubiy Amerikada tarqalgan. 3 ta turi bor, o'rmon va savannalarda yashaydi. Bir yilda bitta bola tug’adi.

Yasherlarning terisi ustki tomonidan harakatchan tangachalar bilan cherepitsasimon qoplangan. Bu tangachalar ikkilamchi marta hosil bo'lgan va himoya vazifasini bajaradi. Tumshug'i va tili chumolixo'rlarniki singari uzun, tili yopishqoq. Yasherlar asosan chumolilar va termitlar bilan oziqlanadi, tishlari yo'q. Shuning uchun oshqozoni ichki tomondan muguz (shoxsimon) parda bilan qoplangan.

Yasherlar turkumining 8 ta turi bo'lib, ular Janubiy Osiyoda 3 ta turi va Sharqiy Afrikaning tropic hududlarida 5 ta turi tarqalgan. Tipik vakillariga oqqorin pangolin va cho'l yasheri kiradi. Yasherlar tanasining uzunligi 30 sm dan

80 sm gacha, dumining uzunligi 30 sm dan 90 sm gacha va massasi

4,5 kg dan 27 kg gacha boradi.

4.Sutemizuvchilar skeleti bosh skeleti umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi, oldingi va orqa oyoqlari hamda ularning kamarlari skeletidan iborat.

Miya qutisining ensa bo'limi katta ensa teshigini o‘rab turadigan bitta ensa suyagidan iborat. Hid bilish bo'limida, old ponasimon suyakning oldida bitta panjara suyak bor.

Qoplag'ich suyaklardan tepa, manglay va burun suyaklari miya qutisi qopqog'ini hosil qiladi Hamma sutemizuvchilarda yuqori jag' juft jag' oldi suyak bilan kuchli taraqqiy etgan ustki jag' suyaklaridan iborat.

Sutemizuvchilarning umurtqa pog'onasi to‘liq besh bo'limga: bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dumga bo‘linadi. Вo‘yin bo'limida ko'pchilik sutemizuvchilar kabi 7 ta umurtqa bo‘ladi.

Ko'krak bo'limi umurtqalarining soni turli sutemizuvchilarda 9 tadan 24tagacha, ko'pincha 1 2 -1 5 ta (tulkilarda 13 ta), kitlarda 9ta.

To‘sh suyagi birin-ketin joy olgan 6 ta suyak segmentlaridan iborat bo‘lib,

uchi uzunroq tog'ay plastinka-qilichsimon o'simtaga aylanib ketadi.

Bel bo'limida umurtqalar soni turli sutemizuvchilarda 2 tadan 9tagacha (itlarda 6 ta. quyon va tulkilarda 7 ta) bo'ladi. Bel umurtqalarida rudimentar qovurg'alar bor.

Sutemizuvchilar yelka kamari nisbatan oddiy tuzilgan ya'ni ularda yelka kamarining ayrim suyaklari rivojlanmagan. Ularning yelka kamari kurak

va ingichka o'mrov suyaklardan tashkil topgan. O'mrovning bir uchi tog'ay yordamida kurakka (akmial o'simtasiga) va ikkinchi uchi to'sh dastasiga birikadi. Oldingi oyoqlar skeleti yelka, bilak va oyoq kafti bo'limlaridan

iborat.


5.Qushlarning bosh miyasi, ayniqsa oldingi miya katta yarimsharlarining

rivojlanishi ular xususiyatining juda murakkabligidan dalolat beradi.

Qushlarning miyachasi muvozanatni ta’minlaydi va harakatlar koordinatsiyasini boshqaradi.Qushlarda bosh miyasining vazni orqa miyanikiga nisbatan og’ir bo‘adi. Masalan:tovuqsimonlarning bosh miyasi vazni orqa miyasinikiga nisbatan

og‘ir,kaptarlarda esa bu ko'rsatkich 250% ni tashkil etadi.Bu holat avvalo ularning oldingi miya yarimsharlarining kattaligi bilan bog‘liq.

Qushlarda oraliq miya yaxshi rivojlanmagan.Bosh miyadan 12 juft nerv chiqadi.

Uchadigan barcha qushlar tanasidagi eng yirik muskullar juft katta ko'krak muskullari hisoblanadi. Ularning og‘irligi barcha qolgan muskullar og'irligining 20-25%ni tashkil qiladi.Ko'krak muskullarining asosiy vazifasi qanotlarini tushirishdan iborat.

Qanotlarini ko'krakning katta suyaklari ostida joylashgan, uncha katta bo'Imagan o'mrovosti muskullari ko'taradi. Qovurg'alarga

qovurg'alar orasida joylashgan muskullar birikadi. Qushlarning bo'yin muskullari ularning boshini harakatlantirishda, ya'ni bo'ynini yon tomonga burish, yuqoriga ko'tarish va pastga tushirishda qatnashadi.

Dasht va cho'llarda yashaydigan qushlarning oyoq muskullari kuchli rivojlangan bo'ladi, chunki ular ko'p yuradi va yuguradi (tuyaqushlar,

tuvaloqlar). Qushlarning muskulaturasi juda ham tez qisqaradi va uzoq ishlash qobiliyatiga ega.



Qushlarning orqa oyoq muskullari murakkab tuzilgan. Ba'zi qushlarda orqa oyoqlaridagi aylana muskullari katta ahamiyatga ega. U chanoqdan boshlanib, son bo’ylab cho’ziladi, keyin tasma shaklida tizza ustidan o'tib, barmoqlarini eguvchi muskullar bilan qo'shiladi.

Qush shoxga qo’nganda tizzasini egadi, bunda aylana muskul tortiladi va shoxni yana ham mahkamroq qisadi. Qush qancha past qo’nsa, aylana muskullar shuncha ko’proq tortilgan bo‘ladi.
Download 31.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling