Oraliq nazorat testi talabalarga


Download 18.37 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi18.37 Kb.
#1365903
Bog'liq
Meliorativ gidrogeologiya yakuniy savollar uchun


Oraliq nazorat testi talabalarga

  1. Gidrogeologik qidiruv va tadqiqot ishlarining asosiy vazifasi nimadan iborat?

  1. melioratsiya obyekti gidrogeologik sharoitini o‘rganish

  2. gidrogeologik hisoblarni bajarish

  3. sizot suvlarining ko‘tarilishini va sun’iy zovurlarni hisoblash, sug‘orish uchun yer osti suvlarini tortib oladigan suv yig‘uvchi inshootlarni hisoblash,prognoz

  4. barcha javoblar to’g’ri

2.Sug‘orish va zax qochirish obyektlari gidrogeologik sharoitlarining omillariga nimalar kiradi?
A) geologik tuzilish, geomorfologik sharoit, relef va boshqalarga bog‘liq bo‘lgan yerlarning tabiiy drenalanganligi
B) aeratsiya mintaqasi jinslarining litologik tarkibi, filtratsion sig‘im va boshqa ko‘rsatkichlari, uning namlik va tuz rejimi
C) sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashuvi, rejimi, balansi va suvga to‘yingan mintaqaning barcha ko‘rsatkichlari
D) barcha javoblar to’g’ri
3. MDH hududlarini melioratsiya qilinayotgan yerlari qaysii tabiiy iqlim mintaqalarida joylashgan?
A) tayga, o‘rmon, o‘rmon-cho‘l, cho‘l, yarim sahrolar, sahro va subtropiklar
B) mo’tadil
C) gorizontal va vertikal mintaqalarda
D) Kenglik mintaqalarida
4.Oz hamdagi meliorativ ishlar qaysi mintaqada olib boriladi?
A)Subtropik
B) Tayga
C) Tundra
D) Cho’l
5.Namlanish viloyatlari nimaga qarab ajratiladi?
A) Atmosfera yog‘inlarining o‘rtacha ko‘p yillik bug‘lanuvchanlikka nisbati
B) suv balansiga qarab
C) tuproqning suv o’tkazuvchanligiga qarab
D) yerning meliorativ holatiga
6.Sahro va yarim sahro mintaqalarida yog’inlar yog’ishi qaysi oylarga to’g’ri keladi?
A) yanvar- aprel
B) noyabr-mart
C) noyabr- aprel
D) oktyabr-may
7. Sizot suvlarining ma’lum bir maydondan, ma’lum bir vaqt ichida oqib chiqib ketadigan potensial yer osti suvi oqimining miqdori nimani ifodalaydi?
A) Tabiiy drenalanganlikning ko‘rsatkichi
B) Sizot suvlari sarfi
C) 1 ga maydonga mo’ljallangan suv
D) to’g’ri javob yo’q
8. Tabiiy drenalanganlik bo’yicha mintaqalar necha turli bo’ladi?
A) 2
B) 3
C) 4
D ) 5
9. Aeratsiya mintaqasining qalinligini oshiruvchi vosita nima?
A) zax qochirish
B) yerni 20 sm gacha zichlash
C) yotqiziqlar qatlamlarini ko’paytirish
D) ko’p yillik o’simliklar ekish
10.Yer osti suvlarining shu zanjir ichida, ozuqa olishidan, oqim sifatidagi tranzit harakatidan, sarflanishidan, qayta pasayishi va yoyilib ketishidan tashkil topadigan jarayon qanday nomlanadi?
A) Suffoziya jarayoni
B) Gidrogeologik jarayon
C) atmosfera jarayonlari
D) Muzliklardagi jarayonlar
11. Gidrogeologik jarayonni belgilab beruvchi tabiiy omillar qaysi?
A) iqlim
B) relyef
C) geo-litologik tuzilish
D) barcha javoblar to’g’ri
12. O’zbekiston gidrogeologik jarayonlari bo’yicha qaysi iqlim mintaqada joylashgan?
A) Tropik
B) subtropik
C) Arid
D) mo’tadil
13.Yirik daryolarga qaysilar kiradi?
A) Qashqadaryo,Sirdaryo, Amudaryo,Zarafshon
B) Sox, Sheroboddaryo , Sangzor, Zominsuv
C) Oqdaryo,Surxondaryo
D) Amudaryo, Sangzor, Zarafshon
14. Kichik daryolarga qaysilar kiradi?
A) Qashqadaryo,Sirdaryo, Amudaryo,Zarafshon
B) Sox, Sheroboddaryo , Sangzor, Zominsuv
C) Oqdaryo,Surxondaryo
D) Amudaryo, Sangzor, Zarafshon
15.Allyuvial yotqiziqlarning qalinligi qanchaga yetadi?
A) 60-100 m
B) 30-60 m
C) 10-30 m
D) 60-90 m
16. Delyuvial - prolyuvial yotqiziqlari qalinligi necha metrga yetadi?
A) 60- 100 m
B) 90-100 m
C) 100-200 m
D) 150-250 m
17. To’rtlamchi davr yotqiziqlari kelib chiqishiga ko’ra necha turli bo’ladi?
A) 3
B) 4
C) 5
D) 6
18. Asosan yirik daryo vodiylarida keng tarqalgan konglomeratlar, shag’allar va qumlardan iborat yotqiziqlar qaysi?
A) kontinental
B) dellyuvial
C) prolyuvial
D) alyuvial
19. Yerning g`ovak yuza qatlamidagi va tuproqdagi bo`shliqlarni to`ldirgan suv nima ?
A) sizot suvlari
B) artezian suvlari
C) grunt suvlari
D) chuchuk suvlar
20.Artezian suvlari yer sathida ro’y beradigan suv almashinuvida ishtirok etadimi?
A) iqlimga bog’liq ravishda ishtirok etadi
B) ishtirok etmaydi
C) doimiy ishtirok etadi
D) qaysi joyda tarqalganiga bog’liq
21.Artezian suvlari necha metr chuqurlikda yotadi?
A) 50-100 m
B) 100-300 m
C) 300-350 m
D) 350 dan ko’p
22.Sizot suvlari qanchaga chuqurlikda yotadi?
A) 2-5 m
B) 5-50 m
C) 50-60 m
D) 60-70 m
23.Arzik shoxli qatlam qanday chuqurlikda uchraydi?
A) 0,5-1,5 m
B) 1,5- 2 m
C) 2- 2,5 m
D) 2,5-3 m
24.Artezian suvi tarkibida ftor qanchani tashkil qiladi?
A) 20-50 mg/l
B) 0,7-1,5 mg/l
C)30-140 mg/l
D) 10-15 mg/l
25. Artezian suvi tarkibida magniy qanchani tashkil qiladi?
A) 20-50 mg/l
B) 0,7-1,5 mg/l
C)30-140 mg/l
D) 10-15 mg/l
26. Artezian suvi tarkibida kalsiy qanchani tashkil qiladi?
A) 20-50 mg/l
B) 0,7-1,5 mg/l
C)30-140 mg/l
D) 10-15 mg/l
27. G’ovakliklarida suv bo’lgan qatlamlar nima deyiladi?
A) suvli qatlamlar
B) bosimli qatlamlar
C) suv o’tkazmas qatlamlar
D) grunt qatlamlar
28. Cho’l ekotizimi respublikamiz hududining necha foizini tashkil etadi?
A) 40%
B) 50%
C) 60 %
D) 70 %
29. Cho’l mintaqasi dengiz sathidan qancha balandlikda joylashgan?
A) 400- 500 m
B) 200-300 m
C) 300-400 m
D) 100-200 m
30. Adirlar dengiz sathidan qancha balandlikda joylashgan ?
A) 400-500 m
B) 500-1200 m
C) 1200-1500 m
D) 1500-1700 m
31.Yer yuzasidan birinchi suv o’tkazmas qatlam ustida joylashgan,erkin yuzaga ega bo’lgan yer osti suvlari qaysi?
A) grunt suvlari
B)sizot suvlari
C) Artezian suvlari
D) bosimli suvlar
32. Gidrogeologik sharoitni murakkablik darajasiga qarab sug‘oriladigan tumanlar necha guruhga bo’linadi?
A) 4
B) 5
C) 6
D) 7
33. Qaysi sharoitli tumanda sulfatkalsiy va karbonot - magniy sho‘rlanishi kuzatiladi?
A) Nisbatan oddiy gidrogeologik sharoitli
B) O’rtacha murakkab sharoitli
C) Murakkab sharoitli
D) o’ta murakkab sharoitli
34. Sug‘orishdan bo‘ladigan infiltratsiya hisobiga qanday suvlar hosil bo’ladi?
A) Artezian suvlar
B) Grunt suvlar
C) Irrigatsion suvlar
D) okean suvlar
35. Yer qa’rida yer ichki kuchlarining ta’sir etishidan yuzaga keladigan geologic jarayonlar qanday nomlanadi?
A) endogen
B) gidrogeologik
C) seysmik
D) ekzogen
36. Erroziya qanay so’zdan olingan?
A) inglizcha
B) lotincha
C) fransuzcha
D) yunoncha
37. Elementlarning geokimyoviy tomonlarini o’rganishda keng qo’llaniladigan o’lchov birlik qaysi?
A) mg
B) nyuton
C) fersman
D) klark
38.Endogen jarayonlarga misol keltiring.
A) eol jarayonlar va erroziya
B) abraziya va magmatizm
C) magmtizm,vulqonlar,seysmik harakatlar
D) eol jarayonlar, abraziya
39.Sizot suvlari tabiiy oqimga ega bo’lishiga qarab necha guruhga bo’linadi?
A) 2
B) 3
C) 4
D) 5
40.Singdiruvchi kompleksida juda ko’p miqdorda natriy bo’lgan tuproqlar qaysi?
A) Sho’rtob va sho’rtobli
B) Sho’rxok
C) Sho’rlanmagan
D) melioratsiyasi kuchli buzilgan tuproqlar
41. Meliorativ sharoitga qarab kuzatuv quduqlari nechtaga bo’ladi?
A) 5-10
B) 10-25
C) 25-30
D)25-35
42. Sizot suvlari sathi bir oyda necha marta o’lchanadi?
A) har 5 kunda
B) 2 marta
C) 3 marta
D) 1 marta
43. Respublikamizda qancha foiz yerlar sho’rlanishga moyil?
A) 35-40 %
B) 40-45%
C) 50-55 %
D) 60- 65 %
44.Sho’r yuvish nechta yo’l bilan amalga oshiriladi?
A) 5 ta
B) 4 ta
C) 3 ta
D) 2 ta
45. Yangi yerlarni o’zlashtirishda va foydalanib kelinayotgan kuchli hamda sho’rxok yerlarda sho’r yuvishning qaysi yo’li qo’llaniladi?
A) Asosiy sho’r yuvish
B) Joriy sho’r yuvish
C) Yoppasiga sho’r yuvish
D) yerni dam oldirish
46.Yer yuzasining necha foizini okean suvlari egallagan?
A) 60%
B) 65%
C) 71%
D) 75 %
47. Okean suvi dunyo suv zaxirasining necha foizini tashkil etadi?
A) 96,5 %
B) 98,5 %
C) 95,5 %
D) 91 %
48. Okean suvlarining o’rtacha harorati necha gradus ?
A) 15
B) 17
C) 19
D) 21
49.Sug’orishni noto’g’ri olib borganda yer osti suvlari sathining ko’tarilishi natijasida nima sodir bo’ladi?
A) yer sho’rlanadi
B) iqlim o’zgaradi
C) karst hodisasi
D) vulqon krateri faollashadi
50. Jinslarni parchalash va quduqlarni burg’ilash jarayonida tubini chuqurlashtirish vazifasini amalga oshiruvchi uskuna qaysi?
A) Vertushka
B) burg’i
C) parrak
D) rotor
51. Qo’llanilishi bo’yicha burg’ilar necha turli bo’ladi?
A) 5 ta
B) 4 ta
C) 3 ta
D) 2ta
52. Yerning ichki qismida tog’jinslarini o’zgartiradigan jarayonni belgilang.
A) Abraziya
B) Suffoziya
C) karst
D) metamorfizm
53. Materik yer po’sti nechta qatlamdan iborat?
A) 3 ta
B) 4 ta
C) 5 ta
D) 6 ta
54. Ohaktosh,qum, gildan iborat qatlam qaysi?
A) bazalt
B) Cho’kindi
C) granit
D) suv o’tkazmaydigan qatlam
55. Qalinligi 15-20 km gacha yetadigan qatlam qaysi?
A) bazalt
B) Cho’kindi
C) granit
D) suv o’tkazmaydigan qatlam
56. Sizot suvlari sathini, kimyoviy va gaz tartibini,
xaroratini, tezligi va boshqa elementlarini, ma’lum bir vaqt ichida turli tabiiy va
xo‘jalik omillari ta’siri ostida bo‘ladigan qonuny o‘zgarishlariga nima deyiladi?
A) sizot suvlari balansi
B) sizot suvlari chuqurligi
C) sizot suvlari rejimi
D) sizot suvlari harorati
57. Kuchli drenalangan hududlar O’zbekistonning qaysi hududlariga to’g’ri keladi?
A) tog’ oldi
B) yarim sahro
C) cho’l zonasi
D) barcha javob to’g’ri
58. Sizot suvlarining texnogen rejimlari sinfini qaysi olim tuzgan?
A) Vernadskiy
B) D.M.Kats
C) M.M.Krilov
D) Zamarin
59. O‘zbekistonning har bir gidrogeologik-meliorativ viloyati uchun rejim shakllanishini o’rgangan olim qaysi?
A) Vernadskiy
B) D.M.Kats
C) M.M.Krilov
D) Zamarin
60. Avtomorf rejimda sizot suvi chuqurligi qancha bo’ladi?
A) 5 m dan ortiq
B) 2-3 m
C) 3-5 m
D) 1m gacha
61. Gidromorf rejimda sizot suvi chuqurligi qancha bo’ladi?
A) 5 m dan ortiq
B) 2-3 m
C) 3-5 m
D) 1m gacha
62. Aralash rejimda sizot suvi chuqurligi qancha bo’ladi?
A) 5 m dan ortiq
B) 2-3 m
C) 3-5 m
D) 1m gacha
63. Gidromorf rejim necha xil bo’ladi?
A) 2
B) 3
C) 4
D) 5
64. Meliorativ gidrogeologiya predmeti o‘quv fani sifatida nechanchi yil Toshkentda o’qitila boshlandi?
A) 1953-yil
B) 1954-yil
C) 1955-yil
D) 1966-yil
65. Meliorativ gidrogeologiya predmeti o‘quv fani sifatida nechanchi yil Moskvada o’qitila boshlandi?
A) 1953-yil
B) 1954-yil
C) 1955-yil
D) 1966-yil
66. MDH hududida meliorativ gidrogeologiyaning rivojlanishini necha davrga bo‘lib o‘rganish mumkin?
A) 6
B) 5
C) 4
D) 3
67. Nima ortib borishi bilan suv yig‘uvchi quduqning ish sharoiti va vertikal zovurning samaradorligi yaxshilanib boradi.
A) yog’in miqdori
B) muzliklar erishi
C) suv o’tkazuvchanlik
D) sizot suvlari sathi
68.Aeratsiya mintaqasining qalinligi qanday?
A) 100-200 m
B) 0 dan 100 m gacha
C) 0 -10 m
D) 5 m gacha
69.Zax qochirish yerlarda aeratsiya mintaqasini qalinligi qanday?
A) 0-10 sm
B) 0 dan 100 m gacha
C) 0 -10 m
D) 5 m gacha
70.Zax qochirish aeratsiya mintaqasiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
A) qalinligi kamayadi
B) qalinligi oshadi
C) yemiradi
D) ta’sir qilmaydi
71. Tabiiy gidrokimyoviy sharoitni murakkablashtiradigan yoki o‘zgartiradigan bir yoki bir necha lokal omillar bo‘lishi mumkin. Bu omillarga qaysilar kiradi?
A) ) tog‘ jinslari va sizot suvlarining hozirgi vaqtda sho‘rlanganligi va qoldiq dengiz sho‘rlanishi
B) tarkibida tuz bo‘lgan tub tog‘ jinslari, denudatsiya jarayonlari (parchalanishi, buzilishi, tashilishi, yotqizilishi) va uning maxsulotlarini to‘planishi
C) tuproqlarni soda bilan sho‘rlanishiga olib keladigan sizot suvlarining yuqori ishqoriyligi
D) barcha javoblar to’g’ri
72. Gidrogeologik-meliorativ tumanlashtirish nima asosida bajariladi?
A) Tajriba filtratsion ishlar,yer osti suvi rejimi va balansini o’rganish
B) Filtratsiyani matematik modellashtirish
C) Statistik ma’lumotlar
D) barcha javob to’g’ri
73.Qaysi yotqiziqlar tarkibida mayda va yirik shag’alli jinslar bo’lmaydi?
A) to’rtlamchi
B) regional
C) mintaqaviy
D) paleozoy davri
74. Sizot suvlarini birinchi o’rgangan olim kim?
A) Vernadskiy
B) D.M.Kats
C) O.K.Lange
D) Zamarin
75.Kuchli drenalangan yerlarda gidrogeologik sarf qanday?
A) 5000 m3/yil*ga
B)3000-5000 m3/yil*ga
C) 1500-3000 m3/yil*ga
D) 500-1500 m3/yil*ga
76. Drenalangan yerlarda gidrogeologik sarf qanday?
A) 5000 m3/yil*ga
B)3000-5000 m3/yil*ga
C) 1500-3000 m3/yil*ga
D) 500-1500 m3/yil*ga
77.Kuchsiz drenalangan yerlarda gidrogeologik sarf qanday?
A) 5000 m3/yil*ga
B)3000-5000 m3/yil*ga
C) 1500-3000 m3/yil*ga
D) 500-1500 m3/yil*ga
78.O’ta kuchsiz drenalangan yerlarda gidrogeologik sarf qanday?
A) 5000 m3/yil*ga
B)3000-5000 m3/yil*ga
C) 1500-3000 m3/yil*ga
D) 500-1500 m3/yil*ga
79. Oqimsiz yerlarda gidrogeologik sarf qanday?
A) 5000 m3/yil*ga
B)3000-5000 m3/yil*ga
C) 1500-3000 m3/yil*ga
D) 500 dan kichik
80. O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlari ostida qancha irrigatsion-sizot suvlari zaxiralari mavjud?
A) 24,32 km3
B) 0,6234 km3
C) 15,93 km3
D) 4,4 km3
81. O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlari ostida minerallashganligi 0-1,0g/l bo’lgan qancha irrigatsion-sizot suvlari zaxiralari mavjud?
A) 24,32 km3
B) 0,6234 km3
C) 15,93 km3
D) 4,4 km3
82. O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlari ostida minerallashganligi 1-3,0g/l bo’lgan qancha irrigatsion-sizot suvlari zaxiralari mavjud?
A) 24,32 km3
B) 0,6234 km3
C) 15,93 km3
D) 4,4 km3
83. O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlari ostida minerallashganligi 3-5,0g/l bo’lgan qancha irrigatsion-sizot suvlari zaxiralari mavjud?
A) 24,32 km3
B) 0,6234 km3
C) 15,93 km3
D) 4,4 km3
84.O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlari ostida minerallashganligi 5-10g/l bo’lgan qancha irrigatsion-sizot suvlari zaxiralari mavjud?
A) 24,32 km3
B) 2,8 km3
C) 15,93 km3
D) 4,4 km3
85. O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlari ostida minerallashganligi 10-20g/l bo’lgan qancha irrigatsion-sizot suvlari zaxiralari mavjud?
A) 24,32 km3
B) 0,6234 km3
C) 0,6 km3
D) 4,4 km3
86.Beda qancha chuqurlikdagi sizot suvidan ozuqa oladi?
A) 2-3 m
B) 3-5 m
C) 4-6 m
D) 7 m
87. Sizot suvlari minerallashuvi bilan tuproqni sho‘rlanish darajasi o‘rtasida bog‘lanishni aniqlagan olim kim?
A) V.V.Federov
B) D.M.Kats
C) M.M.Krilov
D) Zamarin
88. Qaysi olimning ma’lumotlariga ko‘ra gillarda maksimal kapillyar ko‘tarilish balandligi 8,0 metrlarga, lyosslarda 4,0 metrlarga (ikki yilda) ko‘tarilishi mumkin?
A) V.V.Federov
B) D.M.Kats
C) M.M.Krilov
D) P.S.Kossovich
89. Zarafshon daryosi tog‘dan chiqish yerlarida yer osti suvlaridan yillik sarfining qancha foizini oladi?
A) 28 %
B) 31 %
C) 33 %
D) 35 %
90. Angren daryosi tog‘dan chiqish yerlarida yer osti suvlaridan yillik sarfining qancha foizini oladi?
A) 28 %
B) 31 %
C) 33 %
D) 80 %
91. O’rta Osiyo tekisliklarida atmosfera yog’inlarining qancha foizi bug’lanishga sarf bo’ladi?
A) 28 %
B) 31 %
C) 33 %
D) 80 %
92.Sizot suvlaridan yerlarning meliorativ holatini ko’rsatuvchi asosiy omil sifatida birinchi marta foydalangan omil kim?
A) V.V.Federov
B) D.M.Kats
C) M.M.Krilov
D) ) M.A.Shmidt
93.Birinchi marta sug’oriladigan yerlarni gidrogeologik- meliorativ toifalarga bo’lgan olim kim?
A) ) M.A.Shmidt
B) D.M.Kats
C) M.M.Krilov
D) P.S.Kossovich
94.M.A. Shmidt nechanchi yilda birinchi marta sug’oriladigan yerlarni gidrogeologik- meliorativ toifalarga bo’lgan ?
A) 1935
B) 1936
C) 1937
D) 1938
95. M.A.Shmidt tasniflari nechta?
A) 5 ta
B) 4 ta
C) 2ta
D) 6 ta
96. Sizot suvlarini sug’oriladigan dehqonchilik talablariga javob beradigan tarzda tumanlarga bo’lish nima deyiladi?
A) Relyefli tumanlar
B) Antisiklinar tumanlar
C) Meliorativ-gidrogeologik tumanlar
D) to’g’ri javob yo’q
97. Zovurlar ta’sirida, sizot suvlarining pasayishi tezligi gorizontal zovurlar
atrofida qanchani tashkil qiladi?
A)5-7 sm/kun
B)15- 20 sm/kun
C) 2-3 sm/kun
D) 7- 9 sm/kun
98. Zovurlar ta’sirida, sizot suvlarining pasayishi tezligi vertikal zovurlar
atrofida qanchani tashkil qiladi?
A)5-7 sm/kun
B)15- 20 sm/kun
C) 2-3 sm/kun
D) 7- 9 sm/kun
99. Zovurlar ta’sirida, sizot suvlarining pasayishi tezligi zovurlarsiz yerlarda
atrofida qanchani tashkil qiladi?
A)5-7 sm/kun
B)15- 20 sm/kun
C) 2-3 sm/kun
D) 7- 9 sm/kun
100.Sizot suvlari minerallashuvi bilan tuproqni sho‘rlanish
darajasi o ‘rtasida bog‘lanishni aniqlagan.olim kim?
A) V.V.Federov
B) D.M.Kats
C) M.M.Krilov
D) P.S.Kossovich
Download 18.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling