Oraliq nazorat topshiriqlariga javobi


Miqdorlarni o’rganish bo’yicha darslarni tashkil etish rejasi


Download 157.66 Kb.
bet4/8
Sana07.02.2023
Hajmi157.66 Kb.
#1172881
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qurbanboyeva Sunbuloy Dilmurod qizi

Miqdorlarni o’rganish bo’yicha darslarni tashkil etish rejasi
Miqdorlarni o’rganish bo’yicha darsni tashkil etish rejasi taxminan bunday:
I bosqich. Narsaning ko’plab xossalari orasidan o’rganilayotgan xossani
aniqlash. Bu bosqichda o’rganilayotgan xossalarni taqqoslash usulidan
foydalaniladi. Har bir narsa yakkalab qo’yilmasdan, balki boshqa narsalar bilan
taqqoslagan holda beriladi.
Dastlab taqqoslanayotgan xossalar orasidagi farq keskin bo’lishi lozim.
Bolalar belgilar orasidagi farqni tushunib olganlaridan so’ng, farq kamaytirilishi
mumkin. Masalan, bunday taqqoslaymiz: kitoblar solingan portfel og’irroqmi yoki
daftarmi, dars uzunroqmi yoki tanaffusmi, sinf xonasi ko’p joyni egallaganmi yoki
sport zalimi?
II bosqich. Bir jinsli xossalarni taqqoslashni turli usullar bilan o’tkazish
mumkin: ko’z bilan ko’rib, hissiy yo’l bilan, ustiga qo’yish bilan, turli o’lchovlar
yordamida. O’lchovlar yordamida taqqoslash miqdorni beradi.
III bosqich. Atamani kiritish va miqdorning o’lchov birligi bilan tanishtirish.
IV bosqich. O’lchov asbobi bilan va unda foydalanish qoidalari bilan
tanishtirish.
Har bir miqdor ustida olib boriladigan ishni tahlil etamiz.
Uzunlik o’lchovlarini o’rganish. Bolalar uzunlik jismning davomiyligini,
narsaning o’lchamlarini tavsiflaydigan xossasi ekanligi haqidagi tasavvurlarni
maktabgacha bo’lgan davrdayoq hosil qilganlar. Bolalar. uzunroq-qisqaroq, kengtor,
baland-past, yo’g’on-ingichka munosabatlarini to’g’ri aniqlay oladilar.
O’qitishning navbatdagi vazifasi—o’lchash ishining moxiyatini ochib berish,
uzunlikning turli o’lchov birliklarining ahamiyatini ko’rsatish va o’lchov
asboblaridan foydalanishga o’rgatishdan iborat. Tayyorgarlik bosqichining birinchi
darslaridayoq o’qituvchi «miqdor» tushunchasini rivojlantirish imkoniyatiga ega.
«Miqdor» so’zining o’zi ko’pchilik bolalarga tushunarli emas, chunki bu so’zni
ular kam eshitadilar. O’qituvchining vazifasi narsalarning xossasi
taqqoslanayotganda bu taqqoslashni miqdor jihatdan ifodalash mumkinligini,
Miqdor haqida so’zlash mumkinligini har doim ko’rsatib borishdan iborat.
«Uzun. Qisqa» mavzusi bo’yicha dars parchasini keltiramiz.
Darsning maqsadi. Uzunlik tushunchasini jismning o’lchamlarini
tavsiflaydigan xossasi sifatida shakllantirish.
Ish narsalarning uzunliklarini ko’z bilan chamalab va ustiga qo’yish usuli
bilan taqqoslashdan boshlanadi.
Amaliy ish. Gorizontal tortilgan ipga eni bir xil, lekin rangi va uzunligi
turlicha bo’lgan lentalar ilingan. Bolalar qaysi lenta uzunroqligini, qisqaroqligini,
bir xil uzunlikda ekanligini ko’z bilan aniqlaydilar. Lentalarni ip ustida siljitib,
o’qituvchi ularni ustma-ust tushiradi. Bolalarning e’tiborini shunga qaratadi:
lentalarning uchlari ustma-ust tushgan bo’lsa, endi ularning oxirlariga qaraymiz va
qaysi holda «uzunroq», «qisqaroq», «bir xil uzunlikda» deb aytishimizni aniqlab
olamiz. Mustahkamlash uchun frontal amaliy ish o’tkaziladi.
Bolalarga uchtadan qog’oz tasmalar (polrskalar) tarqatiladi (ikkitasi bir xil,
uchinchi tasma esa uzunligi bo’yicha bu ikkitasiga teng emas). Bu qog’oz
tasmalarni uzunligi bo’yicha qanday taqqoslash mumkin?
Tasmalarni bir-birining ustiga shunday qo’yingki, qaysi tasmalar bir xil,
qaysi tasma esa uzunroq ekani ko’rinib tursin. Keyin tasmalarni ustma-ust tushirish
mumkin bo’lmagan holat yaratiladi. Buning uchun uzunligi turlicha bo’lgan ikkit
tasma doskaning turli qismlarida turli balandliklarda o’rnatiladi. Uchinchi tasmani o’qituvchi qo’lida ushlab turadi. Qaysi tasma uzunroq? Bolalar bilan birgalikda o’qituvchi bunday xulosaga keladi: uchinchi tasmani birinchi tasmaning ustiga qo’yish kerak, ular ustma-ust tushdi, demak, bu tasmalar teng. Keyin uchinchi tasmani ikkinchi tasmaning ustiga qo’yiladi, u uchinchi tasmadan uzunroq ekan. Qaysi tasma uzunroq, ikkinchi tasmami yoki birinchi tasmami?
Bunday xulosa chiqariladi: agar birinchi tasmaning uzunligi uchinchi tasmaning uzunligiga teng bo’lsa, ikkinchi tasmaning uzunligi esa uchinchi tasmaning uzunligidan katta bo’lsa, u holda birinchi tasmaning uzunligi ikkinchi tasmaning uzunligidan kichikdir. Shunga o’xshash ish va xulosani uzunligi bo’yicha bir hil, biroq rangi bo’yicha turlicha uchta cho’p ustida ham bajaramiz.
So’ngra frontal ish o’tkaziladi. Bolalarga bir nechta bir xil kanop kesmalari tarqatiladi (I variant —3 ta kesma, II variant—4 ta kesma). Bolalar kesmalarning uzunliklari bir xil ekaniga ishonch hosil qiladilar. Keyin kesmalar tugun qilib bog’lanadi. Bolalar hosil bo’lgan kesmaning uzunligi bog’langan kesmalar uzunliklari yig’indisiga teng ekanligini, II variantdagi kesma esa uzunroq ekanini payqaydilar, chunki bunda kalta kesmalar ko’proq edi. I va II variantdagi kesmalarni ustma-ust qo’yib, bu xulosa tekshiriladi.
Bolalar darslikdagi vagonlar ulangan poezd tasvirlangan mashq ustida ishlab shunga o’xshash xulosaga keldilar. O’qituvchi bolalarning e’tiborini vagonchalar bir xilligiga qaratadi. Shuning uchun vagonchalarni sanash va qaysi poezd uzunroqligini aytish kifoya.
Bu uquvlar sekin mustahkamlashishi sababli bunga o’xshash mashqlarni keyingi darslarga muntazam kiritib borish kerak. Masalan, keyingi darsda frontal amaliy ish o’tkaziladi. Bolalar ichiga turli uzunlikdagi 5—6 ta qog’oz tasma (cho’plar, lentalar) solingan konvertlar oladilar.
Topshiriq: eng uzun tasmani, keyin qisqaroq tasmani va eng qisqa tasmani toping.
Navbatdagi darslarda «uzunlik» tushunchasi kengaytiriladi. Bo’yi, eni, qalinligi, balandligi so’zlari kiritiladi.
O’qituvchi: Sinfimizdagi doskaga qarang. Bu doskaning (uzunligi) bo’yi (qo’li bilan chapdan o’ngga tomon ko’rsatadi). Doskaning o’lchamini yana qanday ko’rsatish mumkin? (Yuqoridan pastga.) Demak, doskaning o’lchamlarini ikki yo’nalishda ko’rsatish mumkin. Ularni chalkashtirmaslik uchun doskaning eni (kengligi) deb gapiriladi.
O’z ish o’rningizga qarang. Qo’lingiz bilan partaning uzunligini (bo’yini), partaning enini ko’rsating. Darslikning bo’yini, enini ko’rsating. Darslikning yana qanday o’lchamini ko’rsatish mumkin? O’qituvchi darslikni ikkita barmog’i bilan ushlab ko’tarib ko’rsatadi (qalinligini). Daftar va darsligingizni solishtiring. Qaysi biri qalin? Qaysi biri yupka?
Xulosa: narsalarning o’lchamlari haqida gapirilayotganda bu o’lchamlarni turli yo’nalishlarda ko’rsatish mumkin. Turli yo’nalishlardagi uzunlik turlicha ataladi: bo’yi, eni, balandligi, qalinligi. Bu so’zlar uchun qarama-qarshi ma’noli so’zlar bormi? «Teskarisiga» o’yinini o’ynaymiz. Men rasmlarni ko’rsataman va narsalarni bir so’z bilan taqqoslayman, siz esa bu taqqoslashni qarama-qarshi ma’noli so’z bilan aytasiz.

  1. Qizil qalam ko’k qalamdan uzun (narsalar ko’rsatiladi).

  2. Qayrag’och archadan baland




  1. Sharf kamardan keng (narsalar ko’rsatiladi).

  2. Kundalik daftar darslikdan yupqa (narsalar ko’rsatiladi).

  3. Daryo irmoqlardan keng.





  1. 6. Yo’l so’qmoqdan uzun va hokazo.

  2. Darslik bo’yicha ishlash bu tushunchalarni mustahkamlaydi. Atrofingizga qarang va xossalarini yangi so’zlar bilan taqqoslash mumkin bo’lgan narsalarni ayting.

  3. Yakunlab, o’qituvchi bunday deydi: «Biz bugun yangi tushuncha — miqdor bilan tanishdik. Narsalarning xossasini taqqoslash mumkin bo’lgan holda miqdor haqida gapiriladi. Narsalarning o’lchamlari haqida gapirilganda miqdorni turli so’zlar: bo’yi, eni, balandligi, qalinligi deb aytiladi. Agar narsaning bir yo’nalishdagi o’lchami haqida gapiriladigan bo’lsa, ko’pincha «bo’yi», uzunligi so’zini aytadilar.

yordamida o’lchash» darsida o’lchov tushunchasi kiritiladi. O’qituvchi doskaning turli qismlarida bir-biridan uzoqlikda uzunligi bo’yicha kam farq qiladigan ikkita kesma chizadi.

Qaysi kesma uzunligini qanday aniqlash mumkin? Kesmalarni biz bir-birining ustiga qo’ya olmaymiz. Hosil bo’lgan muammo ko’chirib yurish mumkin bo’lgan uchinchi kesmani kiritish bilan hal bo’ladi. O’lchovning zarurligi shunday kiritiladi. O’lchov — bu o’lchov vositasi sifatida kiritiladigan kesmadir, o’ziga xos o’lchov qurolidir. Qog’oz tasmalarni o’lchovlar yordamida taqqoslashga doir mashqlar darslikda bor. Turli rangli qogoz tasmalar bir xil to’g’ri to’rtburchaklarga bo’lingan. Qaysi tasma uzunroq?
O’lchovlarni sanash sonlarni beradi, biroq bu sonlar tasmalarning uzunliklarini taqqoslashga yordam beradi. Bu sonlar miqdorlardir. O’lchovlar bilan yana bajariladigan amaliy ishlar ushbu xulosaga olib kelishi kerak:

  1. Kesmalarni turli o’lchovlar bilan o’lchash mumkin, bunda har bir hol uchun qaysi o’lchov qulay ekanligini aniqlab olish kerak.

  2. Ikkita kesmaning uzunliklarini taqqoslash uchun ularni bitta o’lchov bilan o’lchash lozim.



Aytinglarchi, bolalar, murojaat qiladi o’qituvchi bolalarga,—bosh barmog’ingiz bilan kichik barmog’ingiz orasidagi eng katta masofa qancha? Siz bolalar, «Bu nega kerak», deb so’raysizmi. Bu juda kerak-da. Buni bilgan holda, Siz bolalar, u yoki bu narsaning bo’yini yoki enini oson aniqlay olasiz, u masalan, eshikdan sig’adimi, qancha joy egallaydi va hokazolarni bila olasiz. Shu maqsadda har bir kishi o’z bo’yini, tirsagidan o’rta barmog’ining uchigacha uzunligani bilishi kerak, bu esa unga kerak bo’lganda, o’lchashlar uchun foydalanishda zarurdir.
Bunday ma’lumotlar ham kerak bo’lib qolishi mumkin: bir, uch, besh tiyinlik tangalarning diametrlari, gugurt qutisining bo’yi va eni.
Mana yana bir o’yin. Stol atrofiga bir necha bolalarni o’tqazing va har biriga uncha katta bo’lmagan cho’p bering. O’yinchilarning ko’zlari bog’lanadi va har birining qarshisiga biror narsa: ko’zacha, choynak, konsYerva bankasi, quticha va hokazolar qo’yiladi. O’yinchilarning vazifasi o’zining oldida qanday narsa turganligini, u qanday materialdan qilinganligini va uning uzunligini sm hisobida taxminan baholashdir.

Download 157.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling