Oraliq nazorati topshirish yuzasidan yo‘riqnoma


Download 18.98 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi18.98 Kb.
#1746562
Bog'liq
instruktaj


Oraliq nazorati topshirish yuzasidan yo‘riqnoma.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizomda keltirilgan quyidagi bandlar asosida nazorat ishlari olinadi.
Yuridik texnikum o‘quvchilari bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi – yuqori malakali, raqobatbardosh, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash hamda o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishini ta’minlash, shuningdek modullarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Oraliq nazorat semestr davomida modul o‘quv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugaganidan keyin o‘quvchining o‘zlashtirgan bilim va amaliy ko‘nikmasi darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi.
Nazorat turlari, qoida tariqasida, 2 soat (120 daqiqa) mobaynida o‘tkaziladi
Nazorat turlarini o‘tkazish vaqti boshlangandan so‘ng kelgan o‘quvchilar tegishli nazoratda ishtirok etishga qo‘yilmaydi.
Nazorat turlarini o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarning auditoriyadan chiqishi, bir-biri bilan gaplashishi, o‘zga o‘quvchining ishini ko‘chirishi, o‘zi bilan darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar va boshqa adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar, konspektlar, elektron va qog‘oz shakldagi shpargalkalar, kalkulyatorlar, aloqa vositalari (shu jumladan uyali aloqa vositasi), audio-, foto- va video-yozuv qurilmalari hamda boshqa axborot-kommunikatsiya vositalarini olib kirishi va ulardan foydalanishi taqiqlanadi. Shaxsiy buyumlar auditoriyadagi alohida stolga qo‘yilishi kerak.
Nazorat turlari bo‘yicha belgilangan vaqt tugagach o‘quvchi auditoriyani darhol tark etishi lozim.
Mazkur talablarni buzgan o‘quvchilar nazorat turidan chetlashtiriladi va dalolatnoma tuziladi hamda o‘quvchilarning nazorat ishi bekor qilinib, unga nol reyting balli qo‘yiladi.
Nazorat turlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng, o‘quvchi o‘z nazorat ishini auditoriya kuzatuvchisiga topshiradi. Nazorat ishlari soni auditoriya kuzatuvchisi tomonidan qayta sanaladi, nazorat ishi varaqlari uning imzosi bilan tasdiqlanadi va nazoratda qatnashgan o‘quvchilar ro‘yxati hamda auditoriyadan chetlashtirish to‘g‘risidagi dalolatnomalar (agar mavjud bo‘lsa) bilan birgalikda O‘quv-metodik bo‘limga topshiriladi.
Nazorat turlari bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan yozilgan nazorat ishlarining xolisligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida uning belgilangan qismiga O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i tomonidan tegishli belgi va raqamlar yoki elektron ta’lim platformasi tomonidan avtomatik ravishda identifikatsiya kodlari berish yo‘li bilan shifrlanadi. Shunday qilib nazorat ishni tekshiruvchi ishni qaysi o‘quvchi tomonidan yozilganini bilmaydi.
Pedagog xodim tomonidan nazorat ishlari baholash mezonlari asosida tekshiriladi va nazorat ishining birinchi varag‘i ustiga ball qo‘yiladi. Shifrlangan nazorat ishini baholashning xolisligi va shaffofligiga ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda, shu jumladan so‘zning ustiga yoki tagiga chizish yoxud atrofini chizib qo‘yish, ishda tekshiruvchi shaxs nomiga murojaatning mavjud bo‘lishi, matnning turli qismlariga (shu jumladan, ochiq qoldirilgan joylariga) grafik belgilar qo‘yish, ish matnida o‘quvchining familiyasi, ismi, otasining ismini ko‘rsatish holatlari mavjud bo‘lganda, nazorat ishi uchun nol reyting ball qo‘yiladi.
O‘quvchi tomonidan nazorat ishini bajarishda akademik halollik talablarining buzilishiga, jumladan mualliflikni o‘zlashtirish (plagiat)ga yo‘l qo‘yilmaydi. Nazorat ishida qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda nashr qilingan o‘zga matndan olingan manbaga hech qanday havola qilmagan holda ishlatish yoki olingan manbaga havola qilingan bo‘lsada, lekin o‘zlashtirishlarning hajmi va xarakteri o‘quvchining nazorat ishini yoki uning asosiy qismini mustaqil yozilganligiga shubha uyg‘otadigan darajada o‘zlashtirilgan bo‘lsa, plagiat deb topiladi. Plagiat ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: o‘zga matnni so‘zma-so‘z bayon qilish; parafraza – o‘zlashtirilgan o‘zga matnning mazmunini o‘zgartirmasdan so‘z va iboralarni almashtirib bayon qilish. Nazorat ishi matnidagi o‘zganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini ko‘rsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Nazorat ishini tekshirishda mualliflikni o‘zlashtirish (plagiat) holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg‘otadigan darajada o‘xshash bo‘lishi ushbu barcha o‘xshash nazorat ishlariga, shu jumladan baholangan o‘xshash nazorat ishiga (ishlariga) ham nol reyting ball qo‘yishga asos bo‘ladi.
Nazorat ishlari to‘q ko‘k sharikli ruchkada yoziladi.
Ushbu instruktajni o‘qib xabardor bo‘lganingiz yuzasidan izox qoldiring
Download 18.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling