Orayopma va tomlarni remont qilish ishlari. Umumiy ma’lumotlar. Umumiy qoidalar


Download 79.92 Kb.
bet1/5
Sana18.09.2023
Hajmi79.92 Kb.
#1680895
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-Mavzu


8-Amaliy. ORAYOPMA VA TOMLARNI REMONT QILISH ISHLARI. UMUMIY MA’LUMOTLAR.
1. Umumiy qoidalar

G’isht binolarni kompleks kapital ta’mirlash paytida yaroqsiz holga kelib qolgan to’sinli orayopmalar o’rniga yig’ma temir-beton to’shamalar (natsil) montaj qilinadi. Orayopmalarni almashtirish ishlari barcha devorlar, fundament, ba’zida esa asosning mustahkamligini tiklash ishlari bilan birgalikda olib boriiishi lozim.


Orayopmaning yig’ma temir-beton orayopma bilan almashtirilishi shunday konstruktiv mustahkamlilik darajasini ta’minlaydiki, bu binodan yana bir me’yoriy xizmat davri davomida foydalanish imkonini beradi. Binolar rekonstruktsiyasida orayopmalarni almashtirish ko’p mehnat va sarf-xarajat talab qiladigan ishlar qatoriga kiradi. Qavatlararo orayopmalarni almashtirish bilan bog’liq ta’mirlash-qurilish ishlarining smeta qiymati rekonstruktsiya qilinayotgan binolarning konstruktiv sxemalari, texnik holati hamda qabul qilingan arxitektura-konstruktiv yechimlar bilan bog’liq holda umumiy xarajatlarning taxminan 20% ni tashkil qiladi.
Hozirgi paytda quyidagi konstruktiv yechimlar batafsil ishlab chiqilgan:

  1. Yig’ma temir-beton orayopmalar.

  2. Yig’ma yaxlit quyma temir-beton orayopmalar.

  3. Yaxlit quyma temir-beton orayopmalar.

Ba’zi hollarda rekonstruktsiya paytida qavatlararo orayopmalarning ayrim uchastkalarini almashtirish, alohida konstruktiv elementlarni almashtirish yoki kuchaytirish bilan cheklaniladi.
Yig’ma temir-beton orayopmalar katta o’lchamdagi panellardan tarkib topib, ularning bir tomonida 500 mm uzunlikda qovurg’alar mavjud. Bu qovurg’alar yuk ko’taruvchi ichki devorlarning uyalariga mahkamlanadi. To’shamaning silliq tomoni tashqi devorlarda maxsus o’yib ochiladigan ariqchalarga yoki tosh termaning bo’rtiqlariga tayanadi.
Uyasimon avtoklavli betondan ishlangan katta o’lchamdagi orayopma plitalar konstruktsiyalari ham ishlab chiqilgan. Bunday konstruktsiyalarda yuk ko’taruvchi elementlar vazifasini shvellersimon kesimli temir-beton to’sinlar bajaradi, uyasimon beton esa to’ldiruvchi bo’lib xizmat qiladi. To’sinlar alohida tayyorlanadi, keyin plitalar qolipda tayyorlanib avtoklav ishlovidan o’tkaziladi.
Turar joy binolarini rekonstruktsiya qilishda o’rtacha o’lchamli qavatlararo orayopmalarning turli ko’rinishlari qo’llanadi (kesimi «tavrosimon» to’sinlar bo’ylab, to’shama to’sinlardan, bo’shliqli to’sinlardan iborat va h.k.).
Orasiga qitsirmalar qo’yib ketilgan shveller kesimli juftlangan to’sinlar ham keng qo’llanadi.
SHunday qilib, ta’mirlash jarayonida orayopmalarni o’rnatishda jami 380 nomdagi yig’ma temir-beton mahsulotlari qo’llanadiki, bu konstruktiv yechimlarning nihoyatda turli-tumanligi, orayopmalarni ta’mirlashda yagona texnik, texnologik rejaning mavjud emasligidan dalolat beradi. SHuning bilan birga amaliyotda qavatlararo orayopmalarni asosan to’liq temir-betonga almashtirish usuli qo’llanadiki, bu qator hollarda na texnik va na iqtisodiy nuqtai nazardan o’zini oqlamaydi. Masalan, Germaniyada kapital ta’mirlash paytida qavatlararo orayopmalarning yog’och konstruktsiyalarini maksimal ravishda saqlab qolishga, zarurat tug’ilganda ularni ta’mirlash va kuchaytirishga intiladilar.



Download 79.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling