Ordeni sovrindori (1998), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2009). „Ofarin
Download 63.23 Kb.
|
1 2
Bog'liqDilorom
Bastakorlik faoliyati
Dilorom 1990—1993-yillarni konservatoriyada „Bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi“da oʻqituvchi boʻlib ishlay boshladi. Omonullayevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qoʻshiqchilik sanʼati ustuvor turadi. U zamondosh shoirlardan U. Azimov, Z. Obidov, J. Jabborov, Y. Mirzo, P. Moʻmin, U. Oʻtamov, M. Omon, B. Rajab, N. Narzullayev, Y. Suyunov, E. Madraximov, Z. Moʻminova va H. Xudoyberdiyeva va boshqalarning soʻzlariga, turli mavzularda 100 dan ortiq qoʻshiqlar yaratgan. Ular orasida „Men seni hech kimga bermayman“, „Yomgʻr yogʻdi“, „Saraton“, „Siz yoqqansiz menga hamisha“, „Ikki daraxt“, „Sen qaydasan“, „Azizim“, „Baxtiyorim“, „Yashnayver Oʻzbekiston“, „Qora atlas“, „Armon boʻlmasin“, „Koʻnglim qushi qoʻlingda“, „Yigʻlama“, „Yolgʻon dunyo“, „Otash zamon“, „Bilsang edi“ va boshqa shu kabi bastalangan asarlari estrada xonandalari K. Razzoqova, K. Qayumov, M. Oynaqulova, A. Rahimova, R. Bo’ronova, aka-uka Saidoripovlar ijrolarida mashhur boʻldi. Omonullayevaning bolalar uchun ham yaratgan qoʻshiqlari bor. Jumladan 1985-yilda „Gul qoʻshigi“ multfilmi uchun musiqa bastalagan[3]. Dilorom 1997-yilda „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivali madhiyasiga musiqa bastalagan. 2001-yilda Oʻzbek milliy teatri ochilishiga U. Azimov sheʼriga „Milliy teatr madhiyasi“ni yaratdi. 1988-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi madhiyasini N. Komilov sheʼri bilan yaratdi. Vatanparvarlik mavzusida 30 ga yaqin qoʻshiqlar jumladan, „Zarralari zar vatan“, „Tugʻilgan kuning muborak boʻlsin“, „Sen mening Vatanim“, „Toʻylaring muborak“, „Azizi boʻston-Oʻzbekiston“, „Humo qushim“, „Oʻzbekiston vatanim manim“ kabi koʻplab qoʻshiqlar yaratdi. Yosh mutaxassis yo’llanma bilan guliston san'at bilim yurtida 1984-86 yillarda musiqa fanlaridan dars bera boshladi. 1985 yilning iyul oyida Moskvada o’tgan XII xalqaro yoshlar festivalida kompozitorlarning fleyta va fortepiano uchun yozgan “Pomir eskizlari” pyesasi ijro etildi. 1986-90 yillarda D. Omonullayeva konservatoriyada professor T.Qurbonov sinfida assistent - stajyor sifatida saboq oldi, 1990-93 yillarni konservatoriyada “Bastakorlik va cholg’ulashtirish kafedrasi”da o’qituvchi bo’lib ishladi. D. Omonullayevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qo’shiqchilik san'ati ustuvor turadi. U zamondosh shoirlardan U.Azimov, Z.Obidov, J.Jabborov, Yo,Mirzo, P.Mo’min, U.O’tamov, M.Omon, B.Rajab, N.Narzullayev, Yu.Suyunov, E.Madraximov, Z.Mo’minova va H.Xudoyberdiyeva va boshqalarning so’zlariga, turli mavzularda 100 dan ortiq qo’shiqlar yaratdi. Ular orasida “Men seni hech kimga bermayman”, Yomg’r yog’di”, “Saraton”, “Siz yoqqansiz menga hamisha”, “Ikki daraxt”, “Sen qaydasan”, “Azizim”, “Baxtiyorim”, “Yashnayver O’zbekiston”, “Qora atlas”, “Armon bo’lmasin”, “Ko’nglim qushi qo’lingda”, “Yig’lama”, “Yolg’on dunyo”, “Otash zamon”, “Bilsang edi” va boshqalar, estrada xonandalari K.Razzoqova, K.Qayumov, M.Oynaqulova, A.Rahimova, R. Bo’ronova, aka-uka Saidoripovlar ijrolarida mashhur bo’ldi. Uning qo’shiqlari teleradio to’lqinlarida doimo yangrab kelmoqda. U 1997 yilda U Azimov she'riga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali madhiyasiga musiqa bastalagan. O’zbek milliy teatri ochilishiga “Milliy teatr madhiyasi”-U.Azimov she'ri, 2001 yil; Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi madhiyasi (N. Komilov she'ri) 1988 yil; Vatanparvarlik mavzuida 30ga yaqin qo’shiq; jumladan, “Zarralari zar vatan”, “Tug’ilgan kuning muborak bo’lsin”, Bir-biringni asra, O’zbegim!” “Sen mening Vatanim”, “To’ylaring muborak”, “Azizi bo’ston-O’zbekiston”,”Humo qushim”, “O’zbekiston vatanim manim”. Dilorom Darvinovna Omolullayeva 1998 yili “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlangan. U O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “Ofarin” mukofoti sohibi, “O’zbekiston-Vatanim manim” va boshqa tanlovlar sovrindori. Talabalik davridagi ilk asarlari Dilorom Omonullayeva 1978yili maktabni muvaffaqiyatli bitirib, Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga professor B.I.Zeytman sinfida o’qishni davom ettirdi. Talabalik davrida yozgan asarlari orasida Hamza xotirasiga bag’ishlangan fortepiano uchun “Sonata №1”(1978 yil); “Samarqand manzaralari” besh qismli syuita (1980 y); Sonata №2 (1983 y); B.Boyqobulovning she’rlariga 1981 yili bir necha romanslar va uch qismli torli kvartet (1982 y), fleyta va fortepiano uchun “pomir eskizlari” polifonik pyessasi bor. Bolalar uchun yozgan qo’shiqlari 1985–1993 yillarda “Kichkintoylar uchun musiqa” bolalar bog’chalari uchun 20 qo’shiq va 30 raqs kuylari kiritilgan to’plam; 1992 yili “Topishmoq aytishuv” 6ta qo’shiqdan iborat turkum, shoir Po’lat Mo’min she’rlariga bog’cha bolalari uchun va xuddi shunday “Topishmoq qo’shiqlar” 10ta qo’shiqdan iborat turkum ; 1994 yili “Alifbo qo’shiqlari” 1-sinf uchun lotin alifbosining har bir harfiga 30 ta qo’shiq to’plami Po’lat Mo’min she’rlariga yozilgan. Zikr qilingan asarlarni O’zbekiston telekompaniyasining “Bulbulcha” xor jamoasi simfonik – estrada orkestri jo’rligida ijro etib keladi. Shu bilan birga ularning klavirlari nashr etilgan. Zag’izg’on qo’shig’i Diloromning qo’shig’i O’quvchilar bilan ovoz ishlash jarayoni Yozgan madhiyalari “Sharq taronalari” - xalqaro musiqa festivali Madhiyasi U. Azimov she’ri, 1997 yil. “Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Madhiyasi” H. Komilov she’ri, 1998 yil O’zbek milliy teatri ochilishiga “Milliy teatr Madhiyasi” U. Azimov she’ri, 2001 yil. “Toshkent Madhiyasi” I.Jiyanov she’ri 2002yil “Kurash assosiasiyasi Madhiyasi” I.Jiyanov she’ri 2002yil. “Baynalminal madaniyat markazi Madhiyasi” N.Narzullayev she’ri 2004yil. “TASANNO” yosh laureatlarning Madhiyasi N.Narzullayev she’ri 2004yil Yutuqlari Dilorom Darvinovna Omolullayeva 1998 yili „Doʻstlik ordeni“ bilan taqdirlangan. U 2009-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni, „Ofarin mukofoti“ sohibasi, „Oʻzbekiston-Vatanim manim“ va boshqa tanlovlar sovrindori boʻlgan. Manbalar „АМАНУЛЛАЕВА ДИЛОРОМ“ (Ruscha). Commus.uz. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil. „O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Dilorom Omonullayeva tug’ilgan kun“ (O'zbekcha). Taqvim.uz. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil. „Амануллаева Дилором“ (Ruscha). Vs-composer.narod.ru/. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil. Download 63.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling