Orfografiya 1
Download 21.06 Kb.
|
ORFOGRAFIYA-1 30 TALIK
Orfografiya 1 K va q undoshlari bilan tugagan so’zlarga qanday qo’shimcha qo’shilgan paytda k undoshi g ga, q undoshi g’ ga almashadi?A)kelishik qo’shimchasi B)egalik qo’shimchasi C)shaxs-son qo’shimchasi D)A va B I unlisi bilan tugagan fe’llarga qanday qo’shimcha qo’shilganda i tovushi u kabi aytiladi va shunday yoziladi? A)-v,-qi,-q B) – k,-q C)-q, -v D)-uv,-uq In’om va san’at so’zlarida tutuq belgisining qo’yilish sababi qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A)undosh tovushdan keyin pauza qilish uchun B)unli tovushni cho’zib talaffuz qilish uchun C)unlini undoshdan ajratib talaffuz qilish uchun D)tutuq belgisi qo’yilmaydi Quyidagi qo’shma so’zlardan qaysilari qo’shib yoziladi? 1.ish yoqmas 2.och sariq 3.bir oz 4.tok qaychi 5.achchiq tosh 6.miq etmoq A)2,4,6 B)1,2,3,4 C)2,3,5,6 D)1,3,4,5 Imlo qoidasiga ko’ra to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini toping.A)yaxshi-yu yomon, ko’cha –ma ko’cha B)darbadar,rangbarang C)uyma-uy, keldi-ku D)senchi,dam –badam Narsaning biror maqsad, ish uchun mo’ljallanganligini bildiruvchi qo’shma otlar berilgan javobni aniqlang. A)tokqaychi,tog’olcha B)kirsovun,qiymataxta C)nosqovoq,otquloq D)qirg’iyko’z,suvilon Noto’g’ri hukmni belgilang. A)Izofali birikmalar doimo qo’shib yoziladi B)juft va takror so’zlar doimo chiziqcha bilan yoziladi C)Marosim va afsona kabilarni bildiruvchi qo’shma otlar qo’shib yoziladi D)barchasi to’g’ri Men,sen olmoshlariga qanday qo’shimcha qo’shilsa, qo’shimcha tarkibidagi bitta tovush tushirib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi? 1.-ga 2.-ning 3.-ni 4.-dan 5.-niki 6.-da A)1,4,6 B)1,2,6 C)2,3,5 D)1,2,3,4 E unlisi qaysi so’zlarda I ga yaqin talaffuz qilinadi?A)ekran,eksport B)e’lon,ne’mat C)okean, teatr D)kecha,behi Har bir so’zi bosh harf bilan yoziladigan so’zlarni toping? A)oliy tashkilotlar va oliy faxriy unvonlar B)bayramlar va tarixiy kunni ifodalovchi birikmalar C)orden va medallar nomi D)hammasi to’g’ri To’g’ri yozilgan so’zlarni aniqlang. A)tiloldi, jiqqa ho’l B) taklifnoma, liqto’la C)umumjahon,ko’pdan ko’p D)harkun, to’g’ridan-to’g’ri kilogramm so’ziga qanday qo’shimcha qo’shilsa, oxirgi undosh tushiriladi? A)unli tovush bilan boshlanuvchi qo’shimcha qo’shilsa B)undosh bilan boshlanuvchi qo’shimcha qo’shilsa C)s undoshi bilan boshlanuvchi qo’shimcha qo’shilsa D)har qanday qo’shimcha qo’shilsa Bosh harflar imlosi noto’g’ri berilgan qatorni toping. A)Fanlar Akademiyasi,Oliy Majlis Raisi B)Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Jahon tinchlik kengashi C)Davlat test markazi O’zbekiston Qahramoni D)Oltin Yulduz,Mudofaa vaziri B undoshi qaysi so’zlarda o’zining jarangsiz jufti kabi talffuz qilinadi?A) bahor,zarb,bir B)savob,kitob,borib C)bol,murabbo,mansab D)buyuk,majbur,bebaho “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ning tuzilishi qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A)6 bo’lim,82 band B)5 bo’lim,83 band C)7 bo’lim,82 band D)7 bo’lim,84 band Qaysi qatorda chiziqcha bilan yozish qoidasi buzilgan? A)kecha-yu kunduz B)2018-yil C)hay-haylamoq D)keldi – ketdi Qaysi so’zlar tarkibida kelgan I unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinadi? A)silliq,qiliq,minora B)bilan,sira,biroq C)qiyin,vino,xiyonat D)sir,kitob,fil Qaysi so’zlarda qo’sh unlilar noto’g’ri yozilgan? A)manfaat,badiiy B)taasischi, manbaa C)inshoot,vakuum D)taassuf,shuur Quyidagi qaysi so’zlarda I harfi cho’zib talaffuz qilinadi?1.til 2.badiiy 3.bilim 4.ommaviy 5.Lutfiy 6.qism 7.ilmiy A)2,3,4,5,6 B)1,2,3,4 C)2,4,5,7 D)1,3,6,7 1.o’glimga 2.quvonchim 3.sarg’aymoq 4.o’rnatmoq 5.chanqoqni.Quyidagi so’zlarning qaysilari fonetik yozuv asosida yozilgan? A)1,3 B)1,2,5 C)1,2,3,4 D)1,3,4,5 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidalariga ko’ra qaysi so’z to’g’ri yozilgan? A)tilakga B)boqgan C)yurakga D)bog’ga Quyidagi qo’shma so’zlardan qaysi biri ajratib yoziladi? A)besh//kokil B)xom//semiz C)bir//zum D)umum//davlat Imlo qoidalarining bo’limlarini to’g’ri joylashtiring. 1.Bosh harflar imlosi 2.Ajratib yozish 3.Chiziqcha bilan yozish 4.Asos va qo’shimchalar imlosi 5.Harflar imlosi 6.Ko’chirish qoidalari 7.Qo’shib yozish A)2,3,1,4,5,6,7 B)5,4,7,3,2,1,6 C)4,2,3,1,5,7,6 D)1,2,3,4,5,6,7 Qaysi qatorda bo’g’in ko’chirish qoidasiga amal qilingan? A)mudofa-a,matba-a B)silind-rik,kont-rakt C)kon-gress,mai-shat D)a-badiy,e-shik U harfi qaysi so’zlarda I ga yaqin talaffuz qilinadi ammo U yoziladi? A)sovuq,butun,yutuq B)but,nuroniy,munosabat C)buyuk,sunray, tulki D)mulk,xursand,sovun Qaysi so’zdagi tutuq belgisi unlining cho’zib aytilishi uchun qo’yilgan? A)mas’ul,in’om B) ta’lim, e’lon C)matba’a,mudofa’a D)san’at,a’lo Kamtar bo’l barchani etgil bahramand,Sening ham martabang bo’lg’usi baland,Urug’ aralashib avval tuproqqa,So’ngra bo’y cho’zadi osmon-falakka.Ushbu she’riy parchada fonetik tamoyil asosida yozilgan so’zlar soni nechta? A)4ta B)5ta C)3ta D)2ta Qaysi qatorda imloviy xatoga yo’l qo’yilgan? A)Tilshunoslik instituti B)Xotira kuni C)Yozuvchilar uyushmasi D)9- may – Xotira va Qadrlash kuni Qaysi so’zda qo’sh undosh noto’g’ri qo’llangan? A)himmatli,muqarrar B)mukammal,uddaburon C)shittirlamoq,hiqqichoq D)muallif, zarralar Talaffuzida y tovush orttiriladigan so’zlar qatorini aniqlang. 1.material 2.maorif 3.ukrain 4.teatr 5.inshoot 6.milliard 7.okean A)1,3,4,5,7 B)1,3,4,6 C)1,3,6,7 D)1,3,4,6,7 Download 21.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling