Orfografiya (imlo qoidalari) bo`limimi yuzasidan oraliq nazorat testlari e harfi qaysi so`zda I


ng tovushi bo`lgan so`zlarni bo`g`inlarga ajratish haqidagi qaysi fikr to`g`ri? A) ng


Download 19.63 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi19.63 Kb.
#1159850
1   2
Bog'liq
Orfografiya 1

ng tovushi bo`lgan so`zlarni bo`g`inlarga ajratish haqidagi qaysi fikr to`g`ri?
A) ng tovushi har doim oldingi bo`g`inda qolib, keying bo`ginga qo`shilmaydi B) ng tovushidan oldin unli, undan keyin undosh kelsa, ng ikkinchi bo`g`inda qoladi C) ng ikki unli o`rtasida kelgan bo`lsa, ng ikkinchi unli bilan birga bo`g`inga ajratiladi D) ng ikki unli o`rtasida kelgan bo`lsa, u birinchi yoki ikkinchi unli bilan bo`gin hosil qilishi mumkin
24. Qaysi qatorda narsaning biror ish, maqsad uchun mo`ljallanganligini bildiruvchi qo`shma otlar berilgan?
A) tokqaychi, nosqovoq, achchiqtosh B) kirsovun, qiymataxta, bodomqovoq C) tokqaychi, ko`zoynak, kirsovun D) qiymataxta, oshrayhon, oybolta
25. Imlo qoidasiga ko`ra qaysi so`z ajratib yoziladi?
A) alla qachon B) shirin so`z C) jigar rang D) tarjimayi hol
26. Quyida berilgan qo`shma so`zlardan qaysi biri ajratib yoziladi?
A) xom//semiz B) besh//kokil C) bir//zum D) umum//davlat
27. Ajratib yozish haqidagi noto`g`ri hukmni toping.
A) qo`shma fe`llar har doim ajratib yoziladi B) izofali birikmalar ajratib yoziladi C) ko`makchilar o`zi bog`langan so`zga qo`shib yoki ulardan ajratib yoziladi D) qo`shma sonlar ajratib yoziladi
28. Qaysi so`zlar yordamida yasalgan qo`shma so`zlar ajratib yoziladi?
A) poya, bop, baxsh B) xona, noma, umum C) har, hech, hamma D) rang, mijoz, sifat, talab
29. Qaysi javobda imloviy xatoga yo`l qo`yilgan?
A) Sog`liqni saqlash vazirligi B) Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi C) 9-may – Xotira va Qadrlash kuni D) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
30. Qaysi qatorda bosh harflar imlosi bilan bog`liq xato mavjud?
A) Dehqonlar yerni shudgor qilishdi. B) Quyosh atrofida yer bir yil mobaynida bir marta aylanib chiqadi. C) Navro`z bayrami keng nishonlandi. D) “O`zbekiston ovozi” gazetasida chiqqan maqola ko`pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi.
31. Qaysi javobda keltirilgan so`zlar to`g`ri yozilgan?
A) oinai jahon, tarjimai hol, nuqtai nazar B) oinayi jahon, tarjimayi hol, nuqtai nazar C) oinayi jahon, tarjimayi hol, nuqtayi nazar D) oinayi jahon, tarjimai hol, nuqtai nazar
32. Qaysi javobda nom to`g`ri yozilgan?
A) Osiyo Taraqqiyot Banki B) Osiyo taraqqiyot banki C) “Osiyo” taraqqiyot banki D) Osiyo taraqqiyot banki
33. Imlo qoidasiga ko`ra to`g`ri yozilgan so`zlar qatorini belgilang.
A) terakka, bilakka, so`roqqa, sog`ga B) uzoqqa, toqqa, buloqqa, chokga C) yurakka, uloqqa, tuzog`ga, o`chog`ga D) so`roqqa, ishtirokka, tokga, chokga
34. Qaysi javobdagi barcha so`zlarda nuqtalar o`rnida o unlisi yoziladi?
A) t…bora, mabod…, insho…t B) taq…zo, udd…buron, saxov…t C) munos…bat, muom…la, isloh…t D) muloq…t, mutl…q, muhok…ma
35. Berilgan so`zlardan qaysi biri chiziqcha bilan yoziladi?
A) tomdan tomga B) ko`pdan ko`p C) qizigandan qizidi D) hammasi chiziqchasiz ajratib yoziladi
36. Qaysi qatorda juft sifatlar yangi imlo qoidasiga ko`ra to`g`ri yozilgan?
A) balandu past B) kattayu-kichik C) oqu-qora D) yaxshi-yu yomon
37. Qaysi qatordagi so`zlar chiziqcha bilan yoziladi?
A) bodom//qovoq, to`q//qizil, kecha//kunduz B) orom//baxsh, qiyma//taxta, ur//to`qmoq C) uyma//uy, kiyim//kechak, dam//badam D) gul//chechak, bordi//keldi, och//sariq
38. Qaysi so`zlar imlo qoidasiga ko`ra noto`g`ri yozilgan?
A) tarjimayi hol, nuqtayi nazar B) bug`doyrang, maymunsifat, ertapishar C) bir zum, hamma vaqt, sen-chun D) foto-apparat, yildan-yilga, tele-tanlov
39. 1995-yil qabul qilingan yangi imlo qoidalariga ko`ra xato yozilgan qo`shma so`zlarni toping.
A) jiqqaho`l, ochyashil B) achchiqtosh, kelintushdi C) oybolta, qirg`iyg`iyko`z D) so`zboshi, tokqaychi
40. Qaysi javobdagi so`zlar qatorida tutuq belgisi qo`yilmaydi?
A) taqiqlamoq, madaniyat, istehzo B) dafatan, inom, etiroz C) masud, memor, mezon D) vada, madan, bemor


Download 19.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling