Органы мочевыделительной системы
Download 1.38 Mb.
|
Genetika fanidan taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- T2 bakteriofagining DNK orqali kopayishi
Transduktsiya hodisasi quyidagi maxsus tajribani amalga oshirish natijasida kashf etildi.Ular tajriba uchun sichqonlarda tif kasalining paydo bo'lishini ta'min etuvchi Salmonella typhimurium bakteriyasining har xil xususiyatga ega bo'lgan ikkita shtammini oldi. Ularning bittasi 22A shtamm deb atalib u sichqonlarda tif kasalini paydo qildi. 22A shtamm triptofan aminokislotasini sintez qilinishini to'xtatadigan gen mutatsiyasiga ega bo'lib uni T– belgisi bilan ifodalanadi. Shuning uchun bu shtamm bakteriyalar triptofanni sintez qila olmaydi. Ikkinchi shtamm esa 2A shtammi deb nomlangan bo'lib u mazkur aminokislotani sintez qila oladigan xususiyatga ega. Bu belgining geni T+ holatida ifodalandi. Demak, bakteriyaning bu ikki shtammi tekshirilayotgan belgilarining genlari bo'yicha o'zaro keskin farq qilgan.
T2 bakteriofagining DNK orqali ko'payishiSalmonella typhimurium bakteriyasida transduktsiya hodisasini ko'rsatuvchi tajriba sxemasi. 22A bakteriya shtammlari triptofanni sintez qila olmaydi (T-), 2A - triptofanni sintezlovchi (T+) shtamm.Tajriba uchun olingan bu ikki shtamm U-simon shisha idishga joylashtirilgan. Ularning aralashib ketmasligini ta'minlash uchun U- simon idish bakteriya hujayralari o'ta olmaydigan mayda teshikchalari bo'lgan filtrlovchi to'siq bilan ikkiga bo'lingan. Uning o'ng tomoniga 2A (T+) shtamm bakteriyalari, chap tomoniga esa 22A (T–) shtamm bakteriyalari joylashtirilgan. Tajriba uchun yana bitta biologik ob'ekt – shu bakteriyalar virusi – bakteriofag olinib uni idishning o'ng qismida joylashgan 2A (T+) shtamm bakteriyalar orasiga aralashtirib yuborildi. Shuni ta'kidlash kerakki idishdagi ikki shtamm bakteriyalarni ajratib turgan filtr teshiklari juda kichik bo'lib u orqali idishning ikki tomoniga joylashtirilgan ikkita har xil shtammga mansub bakteriyalar bir biri tomon o'ta olmas edi.
Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling