Organik bog‘lovchilar asosidagi materiallar reja


Download 29.03 Kb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi29.03 Kb.
#1506242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ORGANIK BOG‘LOVCHILAR VA ULAR ASOSIDA TAYYORLANADIGAN MATERIALLAR

Pergamin – neft bitumlari ishlatiladigan karton asosida tayyorlanadigan tombop о‘ramli materaldir. Pergaminning ruberioddan farqi shundaki, u qoplama bitum qatlami va sepmaga ega bо‘lmaydi.
Pergamin polotnosining eni ruberoidniki singari bо‘lib, u о‘ram yuzasi 20 yoki 40 m2. pergamin ruberoid kaynok mastikalarga yotqizilganda uning ostiga kuyiladigan taglik material sifatida, shuningdek bugdan izolyatsiyalash uchun ishlatiladi.
Tombop qatronli materiallar – tombop kartonni toshkо‘mir yoki slanets qatronlari bilan shimdirib va qoplab bir yoki sepib tayyorlanadi.sepiladigan materialning turiga va vazifasiga qarab tombop qatronli matreriallar yirik donador sepmali tolga, qum sepmali tol va gidroizolyatsion tolga bо‘linadi .
Tolning eni 1000, 1025 va 1050 mm, yuzasi 10 m2 о‘ramlarda ishlab chiqariladi.Yirik donador sepmali tol nishab tomlarga yopiladigan gilam shaklli tolning ustki qatlamini qaynoq qatronli mastikalarda ishlash yо‘li bilan qо‘llaniladi. Tol polotnasining ikkala tomonida qiyin eriydigan qatronli maxsulotlarning qatlami bо‘lishi kerak, bundan tashqari, bir tomonida yirik donador sepma, ikkinchi tomonida esa mayda tuyilgan mineral modda sepilagan bо‘lishi kerak.
Qum sepmali tol uzoq chidamliligi tufayli vaqtinchalik inshootlarning tomini yopish uchun mо‘ljallangan. Tayyorlanayotganda polotnoning ikkala tomoniga singdiriladigan tarkibli qoplama parda kvars qum qatlami yuritiladi.
Qoplama pardali gidroizolyatsion tol qurilish konstruksiyalari va tomga yopiladigan gilam shaklli yopmaning pastki qatlamlarini suv va bugdan izolyatsiyalash uchun ishlatiladi. Bu tol tombop kartonni toshkо‘mir yoki slanets qatronli materiallar bilan singdirib, keyin esa ikkala tomoniga mayda donador mineral sepib tayyorlanadi.
Qatron-bitumli о‘ramli materiallar – tombop kartonni qatron maxsulotlariga shimdirib va keyin ikkala tomoniga neft bitumi qoplab tayyorlanadi. Qatron bitumli materiallar о‘ramining umumiy yuzasi 20 m2 ga teng. Gudro-kamli materiallar tombop kartonni ikkala tomondan shimdirib va gudrokam (toshkо‘mir moylari va neft gidronining birgalikda oksidlanish maxsuloti) qoplash yо‘li bilan olinadi. Qatron bitumli va gidrokamli materiallar kо‘p qatlamli yassi tomlar va yopishtirma gidroizolyatsiya uchun ishlatiladi.

Download 29.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling