Organik bog‘lovchilar asosidagi materiallar reja


Download 29.03 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi29.03 Kb.
#1506242
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ORGANIK BOG‘LOVCHILAR VA ULAR ASOSIDA TAYYORLANADIGAN MATERIALLAR

Qatronli bog‘lovchilar. Qatronli bog‘lovchilar kimyo zavodlarida qattiq yoqilg‘i (toshkо‘mir, qо‘ng‘ir kо‘mir, yonuvchi slanetslar va boshqalar) ni qayta ishlashda qо‘shimcha maxsulot sifatida olinadi.
Organik bog‘lovchilarning bu guruxidan qurilishda kо‘pincha toshkо‘mir qatroni va toshkо‘mir peki (gollandcha pek-smola) ishlatiladi.
Toshkо‘mir qatroni – о‘ziga xos fenol va naftalin xidli, rangi qora yoki qо‘ng‘ir moysimon qovushqoq suyuqlikdan iborat.
Toshkо‘mir qatronini xom holatda qurilishda ishlatib bо‘lmaydi, chunki tarkibida suv va uchuvchi fraksiyalar bо‘ladi. Qizdirish yо‘li bilan xom qatrondan suv chiqarib yuboriladi, sо‘ngra yengil va о‘rtacha moylar ajratib olinadi, buning natijasida xaydalgan qatron olinadi, uni qurilishda ishlatish mumkin.
Toshkо‘mir peki – qora rangli qattiq modda bо‘lib, toshkо‘mir smolasidagi moylarni xaydash tugagandan keyin hosil bо‘ladi. Pek suvda mutlaqo erimaydi, lekin organik erituvchilarda eriydi, kislotalar va tuz eritmalari ta’siriga chidamli. Toshkо‘mir peki –zaxarli modda, shu sababli uni ishlatishda xavfsizlik texnikasining maxsus qoidalariga rioya qilish zarur.
Pek mastikalarda bog‘lovchi modda sifatida ishlatiladi. Pekni xaydalgan qatron bilan birga eritib, qurilish uchun yaroqli tarkibli qatron olish mumkin. Bu aralashmalar yuqori darajada yelimlash xossalariga ega. Pek va qatron nisbatini о‘zgartirib yumshash xarorati va qovushqoqligi turlicha bо‘lgan tarkiblar tayyorlanadi: aralashmada pek qancha kо‘p bо‘lsa, aralashmaga ishlov berish xarorati va mо‘rtligi shunchalik yuqori bо‘ladi. Xaydalgan va tarkibli qatronlar yо‘llar qurishda va tombop materiallarni tayyorlashda keng qо‘llaniladi.
Qatronli materiallarning yog‘in-sochin va kuyosh nuriga chidamliligi bitumli materiallarnikiga qaraganda pastroq bо‘ladi. Qovushqoqligi, atmosfera ta’siri va xaroratga chidamliligini oshirish uchun tarkibiy qatronlarga mayda tuyilgan materiallar (oxaktosh, dolomit) aralashtiriladi va tо‘ldirilgan qatron olinadi.
Qatron temir yо‘l sisternalari yoki avtotsisternalarda, pek esa yopiq vagonlarda sochma xolda yoki termotsisternalar va maxsus avtomabillarda tashiladi. Yopiq omborlar yoki ayvonlarda saqlanadi.

Download 29.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling