Organik dehqonchilik


Download 15.72 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.72 Kb.
#1591395
Bog'liq
Organik maqola . namuna varyanti


ORGANIK DEHQONCHILIK
(Mineral o`g`itlarsiz mahsulot yaratish)

So‘nggi paytlarda butun dunyoda organik mahsulotlar, organik dehqonchilik kabi atamalar ommalashib bormoqda. Organik qishloq xo‘jaligi deganda o‘zi nima nazarda tutiladi ,Organik meva-sabzavotlarni yetishtirish agrotexnologiyasi, amalda keng qo‘llanilayotgan anʼanaviy agrotexnologiyadan foydalanib, yetishtirilgan mahsulotlardan nimasi bilan farq qiladi.
Organik dehqonchilik - bu tuproq, ekotizim va odamlar salomatligini qo'llab-quvvatlovchi ishlab chiqarish tizimi. Ayni paytda har qanday mamlakat aholisining 80-90 foizida salomatlik ko‘rsatkichlari buzulgan. Buning muhim sabablaridan biri yuzaga kelgan ovqatlanish tizimi hisoblanadi. Aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamiga mansub, shuningdek sog‘lom ovqatlanish tarziga rioya qilmaydigan insonlarda ko‘plab vitaminlar, mineral tuzlar, antioksidantlar va boshqa biologik faol moddalar yetishmasligi aniqlanmoqda. Hozirgi kunda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari reklama qilinganida "Ekologik toza mahsulot" jumlasi qulog'imizga tez-tez chalinib qolayapti. Shu o'rinda o'z-o'zidan savol tug'iladi. Ekologik toza mahsulot nima-yu, toza bo'lmagani qanaqa. Ularni iste'molchi bir-biridan qanday ajratib olishi mumkin, ekologik toza mahsulotning afzalligi nimada.
Ekologik toza mahsulotning ilmiy sinonimi organik mahsulot, deb ataladi. Organik mahsulotlar deyilganda organik so'zi "cheklangan" ma'nosini anglatib, qo'shimcha mineral o'g'itlarsiz, zaharli kimyoviy moddalarsiz va boshqa texnogen ta'sirlarsiz mahsulot yetishtirish yoki tabiiy toza xomashyolardan olingan, zamonaviy texnologiyalar asosida yetishtirilgan mahsulotlardir
Organik qishloq xo’jaligi nima, Organik qishloq xo'jaligi - bu agro ekotizim, shu jumladan biologik xilma-xillik, biologik sikllar va tuproqning biologik faolligini rivojlantirishga yordam beradigan ishlab chiqarishni boshqarish tizimidir.
Bu tabiiy resurslardan (ya'ni mahsulotlar va o'simlik mahsulotlari) dan foydalanish va sintetik o'g'itlar va pestitsidlardan foydalanishni rad qilishdir.
Organik qishloq xo'jaligining vazifalari

  • Organik qishloq xo'jaligi tizimida biologik xilma-xillikni oshirish.

  • Tuproqning biologik faolligini oshirish.

  • Uzoq muddatli istiqbol uchun tuproq unumdorligini oshirish.

  • Qayta tiklanmaydigan resurslardan minimallashgan holda oziqaviy moddalarni tuproqqa qaytarish uchun o'simlik va hayvonlar chiqindilaridan qayta foydalanish.

  • Mahalliy qishloq xo'jaligida qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish.

  • Tuproqni, suvni va havoni muhofaza qilish, shuningdek qishloq xo'jaligining faoliyati natijasida ifloslanishning barcha shakllarini minimallashtirish.

  • Qishloq xo'jaligining mahsulotlarini organik yaxlitligini va hayotiy xususiyatlarini saqlab qolish uchun ehtiyotkorlik bilan qayta ishlashga ko'maklashish.

Dunyo aholisining ko'payishi hisobiga iste'molga talab oshgani haqiqatdir. Ayni paytda qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishga bo'lgan talabni qondirish uchun qishloq xo'jaligida kengayish kuzatilgan bo'lsa-da, ushbu uchastkadan ko'proq mahsulot sotib olish maqsad qilingan. Dehqonchilikda “Qaytarilish qonuni” degan tushuncha mavjud. Ya’ni, biz o’zlarimiz xohlaganimizcha tuproqdan o’simliklar tomonidan ozuqa moddalarni o’zlashtirib olmoqdamiz, lekin shu moddalarni tuproqni o’ziga qaytarib bermayapmiz. Shu bilan birga, ongsiz qishloq xo'jaligining faoliyati odam va hayvonlarning sog'lig'iga tahdid solishi, yer osti suvi zaxiralarining kamayishi yoki ifloslanishiga, tabiiy o'simlik va tuproq tuzilishining yomonlashishiga va biologik xilma-xillikka zarar yetkazishi ilmiy isbotlangan. Organik dehqonchilikning asosi, Organik dehqonchilik tirik organizmlarning tamoyillariga va mantiqlariga asoslanadi, unga ko'ra barcha elementlar (tuproq, o'simlik, chorva hayvonlari, hasharotlar, dehqonlar va mahalliy sharoitlar) bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Bunga iloji boricha tabiiy ekotizimdan namuna sifatida foydalaniladigan prinsiplarga muvofiq agrotexnik, biologik va mexanik usullarni qo'llash orqali erishiladi.
Biologik, ekologik va bio kabi turli xil so'zlar bilan ta'riflanadigan "Organik qishloq xo'jaligi" kimyoviy o'g'itlar va pestitsidlardan tobora ko'proq foydalanilishining qishloq xo'jaligiga va inson salomatligiga va tijorat muammolariga salbiy ta'sirini bartaraf etishning alternativ usuli sifatida paydo bo'ldi.
Organik qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi butun dunyoda rivojlanmoqda. Organik dehqonchilik dunyodagi 120 dan ortiq mamlakatlarda amalga oshiriladi. Organik mahsulotlar ishlab chiqarishda avvalo iqlim, tuproq, relyef sharoiti hamda suv taʼminoti singari omillar inobatga olinadi. Ekologik sharoitlarga bog‘liq ravishda toza mahsulot yetishtirish sug‘oriladigan, lalmi, sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan, sho‘rlangan, eroziyaga moyil yerlarda amalga oshiriladi.Organik mahsulot ishlab chiqarishda tuproq sog‘lom, uning tabiiy unumdorligi yuqori (ball bonniteti 60 dan ko‘p) bo‘lishi kerak, tuproq zichligi, g‘ovakligi, gumus, mikroorganizmlar, organik moddalar miqdori kabilarga qator talablar qo‘yiladi
Aslida , O‘zbekiston Respublikasi uchun organik qishloq xo‘jaligi g‘oyasi yangilik emas, balki u mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi amaliyoti tarixida o‘z o‘rniga ega, yaʼni O‘zbekistonda ko‘p asrlik anʼanaviy sabzavotchilik va bog‘dorchilik mahalliy o‘g‘itlardan foydalanishni ko‘zda tutadigan biologik dehqonchilik tamoyillariga asoslangan. Bu genlarni modifikatsiya qilish texnologiyalarini qo‘llamasdan, oziqaviy qiymati yuqori, o‘ziga xos taʼmga va isteʼmol xususiyatlariga ega bo‘lgan organik (ekologik toza) meva va sabzavotlar yetishtirish imkonini beradi. Shuningdek, ayni vaqtda respublikamizda organik qishloq xo‘jaligini tezkor tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagi qulay sharoyit va asoslar mavjud:

  • Zararlovchi moddalar bilan zararlanmagan ekin maydonlari;

  • Tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilgan organik mahsulotlarni eksport qilish natijasida aholi daromadini oshirish imkoniyati; Organik ishlab chiqarish bo‘yicha agroklaster, logistika va kooperatsiya tizimlarini rivojlatirish natijasida aholi bandligini oshirish imkoniyati;

  • Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi mavjud laboratoriyalar, nazorat va sertifikatlash tizimlarini takomillashtirish hisobiga zaruriy tahlillarni amalga oshirish imkoniyati;

Genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO)dan holi mintaqalar, qulay sharoyit va imkoniyatlar mavjudligiga qaramasdan, respublikamizda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yetarli darajada eʼtibor berilmayotganligi nafaqat atrof-muhitga, insonlar salomatligiga, yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga, balki hududlarining eksport salohiyatini oshirish va geografiyasini kengaytirishga ham salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki qishloq xo‘jaligida biologik dehqonchilik ishlarini qo‘llash, birinchidan, daromadning oshishiga katta yordam beradi. Chunki qimmat mineral o‘g‘itlar, stimulyatorlar o‘rniga arzon biologik o‘g‘itlar yoki biostimulyatorlardan foydalanish mumkin. Ikkinchidan, ekologik toza. Qishloq xo‘jaligida qo‘llanayotgan mineral o‘g‘itlar va agroximikatlar ro‘yxatiga bir qarasak, tasavvurimiz yana kengayadi. Biologik dehqonchilikka hozir hukumat darajasida e'tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ilmiy ishlanmalar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ana shunday ishlanmalarimizdan biri “Bioazot” bioo‘g‘itini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3855-sonli Qaroriga muvofiq ishlab chiqarish boshlandi. Kelajakda bizda ham biologik dehqonchilikka o‘tilishiga shubham yo‘q. Sababi, iqtisodiy va ekologik sharoitlar bizni shunga majbur qilmoqda.
Download 15.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling