Organik kartoshka(Solanum tuberosum) yetishtirish texnologiyasining maxsulot dorivorlik xususiyatlariga ta’siri
Download 32.02 Kb.
|
maqola111
Key words: Solanum tuberosum L, grassland gray soils, mid-early ripening "SANTE" variety, organic fertilizers, phenological, biometric, medicinal composition.
Kirish Kartoshka (lotincha: Solanum tuberosum L.) -Solanaceae oilasiga mansub tugunak mevali ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo‘lganbir tillik oziq-ovqat, texnika, dorivor maxsulotlar olishda va chorvachilikda ozuqa tyorlashda maqsadlarida ekib o‘stiriladi. Vatani- Janubiy Amerika . 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksaryat Janubiy va Markaziy Amerikada o‘sadi. Amerikada 1400 ming yildan buyon ekib kelinmoqda. Yevropaga 1565-yilda olib kelingan. Rossiyada 18-asr boshlaridan ekila boshlangan.O‘zbekistonga 19-asrning 70-yillaridan ko‘chib kelgan ruslar va tatarlar tomonidan olib kelingan. Yer sharining o‘simliklar ekladigan maydoni jixatidan Bug‘doy, Makkajo‘xori va Sholidan keyingi o‘rinni egallaydi, axamyati jixatidan esa Bug‘doydan keyingi ikkinchi o‘rinni egallamoqda. O‘tgan 2022 yil hisobida jami 11 ming 167 gektar ekin maydonlariga kartoshkaning sifatli va mo‘l hosilli navlari ekilib 39 ming 461 tonna hosil olishga erishilgan. Kartoshka oziq – ovqat, yem – xashak, texnika va dorivor maxsulot sifatida ham foydalanish mumkin bo‘lgan universal ekindir. Tuganak biokimyoviy tarkibi: 75% suv va 25% quruq moddadan iborat. Quriq moddaning 70-80% qismi kiraxmal bo‘lib, tuganakda uning miqdori 13-20%, oqsil-2-3%, kletchatka-1%, moy-0,2-0,3%, shakar-1%, kul-0,8-1% ni va ko‘p miqdorda kaliy (100gr.xom tuganakda 568mg), fosfor(50mg), kaltsiy va temir moddalari tashkil etadi. Kartoshka tuganagi tarkibida turli xildagi vitaminlar (100 g xom massasiga nisbatan g da) PP-0,04-2,0, B1-0,05-0,12, B2-0,01, B6-0,08-0,22, P-1,3, pantoten kislotasi -0,2-0,3, karotin(provitamin A)-0,05 va oz miqdorda K,I,D,E vitaminlari mavjud. Tuganak tarkibida vitamin C -10-30 mg foizni tashkil etib va ayrim xollarda 50mg ga yetishi mumkin. Ayniqsa yetilmagan yosh tuganaklarda vitamin C ning miqdori yuqori bo‘ladi. Tarkibida kaliy ko‘p bo‘lganligi uchun kartoshka organizmdan ortiqcha tuz va suvni haydaydi, bu esa moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Shuning uchun ham kartoshka parxez payti juda foydali, lekin meyyorini unutmaslik lozim. Chunki juda kaloreyali maxsuloy bo‘lganligi sababli semizlikga moil insonlarga kamroq istemol qilish tavsiya etiladi. Kartoshka sharbatini sabzi,selderey ildizi sharbati bilan birgalikda tabiiy xolatda ichilsa, ovqat xazm qilish yaxshilanadi va asabiy taranglik yo‘qoladi. Yurak faoiyati izdan chiqqanda kuniga uch maxal och qoringa 100 ml kartoshka sharbatini istemol qilsangiz (uch hafta davomida),so‘ng 1 hafta tanaffus qilib yana shu davolash kursini takrorlasangiz, bu dartdan forix bo‘lasiz. Har kuni quyuq kartoshka qaynatmasidan ichib turish turish orqali eng kuchli zamburug‘li kasalliklarni ham yengish mumkin. Shuni takidlash kerakki tuproq yuzasiga chiqib qolgan yoki saqlash davomida ko‘k tusga kirgan kartoshkada solanin zaxarli moddasi miqdori ko‘p to‘planganligi sababli istemol qilish kuchli zaxarlanishga olib keladi. Biz olib borgan tajribamiz natijasida kartoshkaning “SANTE” navi tarkibida mavjud bo‘lgan foydali birikmalar miqdorining o‘zgarishiga tasir ko‘rsatadigan,tajribaning yagona omili hisoblangan organik oziqa miqdorlarining turli varyantlardan olingan hosilning dorivorlik tarkibiga samarali tasir ko‘rsatganligi aniqlandi. Download 32.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling