Organik kimyo fanidan
Glikogen yoki hayvon kraxmali
Download 25,19 Kb.
|
Majidov organika kurs ishi
Glikogen yoki hayvon kraxmali (C6H l0O5)n. Glikogen oziq modda zaxirasi sifatida hayvonlar organizmida muhim rol o‘ynaydi. Jigarda glikogen 20 % gacha bo‘ladi. U oq amorf modda bo‘lib, issiq suvda eriydi. Hosil boigan modda — kalloid eritma ozroq tuz ta’sirida kaogulatsiyalanadi. Glikogen eritmasi qutblanish tekisligini o ‘ngga buradi, uning solishtirma buruchanligi [a ]D +196° ga teng; ba’zi fermentlar va kislotalar ta’sirida gidrolizga uchrab maltoza hosil qiladi.
Inulin (C6H l0O5)n. Inulin kraxmal kabi o'simliklarning zaxira oziq moddasi hisoblanadi. Lekin u o ‘simliklar dunyosida kraxmal kabi ko‘p tarqalgan emas. U ba’zi o ‘simliklarning ildiz qismida ko‘p bo‘ladi. Inulin glikagen kabi suvda yaxshi eriydi va kalloid eritma hosil qiladi. Yod ta’sirida rangi o ‘zgarmaydi. Inulin kislotalar yoki enzimlar ta’sirida to‘liq gidrolizga uchratilsa, D-fruktoza hosil bo'ladi Selluloza(C6H l0O5)n. Selluloza ham tabiiy yuqori molekular polisaxarid bo‘lib, barcha o‘simliklar tarkibiga kiradi va ularda ho‘jayra qobiqlarini hosil qiladi. Uning nomi «sellula» — hujayra ana shundan kelib chiqqan. Selluloza odatda o‘simliklarda gemiselluzalignin va pektin moddalar bilan birga bo‘ladi. Eng toza tabiiy paxta tolasi tarkibida 92—96 % gacha, yog‘och tarkibida esa 4 0 -6 0 % gacha selluloza bo‘ladi. Eng toza selluloza paxtadan olinadi. Buning uchun paxta 1% li NaOH eritmasi bilan bir necha bor ishlanib, 99,85% li toza selluloza olinadi. Toza selluloza qog‘oz ishlab chiqarishda ko‘p ishlatiladi. Bu maqsadlarda ishlatiladigan sellulozalar, asosan, archa yog'ochidan olinadi. Sellulozani yog‘ochdan olishning bir necha usullari mavjud b o‘lib, bulardan sulfit usuli keng tarqalgandir. Bu usulda selluloza ishlab chiqarish uchun yog‘och qipiqlari kalsiy bisulfit C a (HS0 3)2, eritmasi bilan yuqori bosim ostida katta avtklavlarda qaynatiladi. Bunda yog‘och parchalanib, qisman eritmaga o‘tadi va eritma tarkibidagi selluloza tolasimon massaga aylanadi. Qaynash jarayoni tugagach, massa suzgichdan — tubi teshik rezervuarlardan, ya’ni elakdan o‘tkaziladi. Suzgichda selluloza eritmadan ajratiladi va bir necha bor suv bilan yuviladi. ajratib olingan selluloza presslanadi, quritiladi, so'ngra qog‘oz ishlab chiqarish uchun fabrikalarga jo‘natiladi. Selluloza bilan kraxmal o‘z tarkibiga ko‘ra bir xil molekular formula (C6H l0O5)n ga ega. Ammo bu birikmalar o‘z xossalari jihatidan bir-biridan tamoman farq qiladi. Buning sababi kraxmal molekulalari chiziqsimon (amiloza) hamda tarmoqlangan (amilopektin) staikturaga ega. Selluloza molekulalari chiziqsimon tuzilgan. Bundan tashqari kraxmal tarkibiga kiruvchi chiziqli tuzilishga ega bo‘lgan amiloza makromolekulalari a - glukoza qoldiqlaridan tuzilgan. Selluloza molekulalari esa ß- glukoza molekulasining qoldig‘idan tashkil topgan Shund av qlib sellulozada glukoza qoldiqlari ß -1,4 glukozid bog‘ hosil qiladi: Sellulozaning paxta, zig‘ir va kanop kabi materiallarni hosil qilishining sababi, uning chiziqli tuzilishidir. Selluloza molekulasida glukoza qoldiqlarining soni o ‘rtacha 120—3 0 0 0 b o‘lib, molekular massasi 21 000—520 000 ga teng. Sellulozadagi xar bir glukoza qoldig‘ida uchtadan erkin gidroksil guruh bo‘ladi Selluloza mazasiz, hidsiz, tolasimon oq modda. Suvda, efirda va spirtda erimaydi. U Shveysar reaktivi [C u (N H 3)4(O H )2]da va boshqa ba’zi konsentrlangan kislotalarda eriydi. Selluloza kislotalarda eritilganda qisman gidrolizlanadi. Bunda bosqichli gidroliz borib oxirida glukoza hosil bo‘ladi: (C6H l0O5)n + nH20— nC6H1206 Sanoatda sellulozani (yog'ochdan olingan) gidrolizlash va hosil bo‘lgan glukozani bijg‘itish yo‘li bilan etil spirt olinadi. Selluloza kislotalarga nisbatan ishqorlar ta’siriga eng chidamlidir. U ishqor bilan [(C6H90 4)0 N a ]n tarkibli birikma - selluloza alkogolyatini hosil qiladi. Hosil bo‘lgan birikmani ishqordan tozalash maqsadida spirt bilan yuviladi. Selluloza alkolyatli suv ta’sirida osongina parchalanib, selluloza gidratni hosil qiladi. Sellulozaning tuzilish formulasidan ko‘rinib turibdiki, uning har bir C6H1005 zenosida uchta gidroksil guruh bor. Ana shu gidroksil guruhlar hisobiga selluloza bir qator oddiy va murakkab efirlar hosil qiladi. Sellulozaning bunday hosilalaridan nitrat, sirka va ksantogen kislota efirlari katta ahamiyatga ega. Sellulozaning nitrat efirlar sellulozaga nitrat va sulfat kislota aralashmasini ta ’sir ettirib olinadi. Reaksiya uchun olingan kislotalarning miqdori va boshqa sharoitlarga qarab selluloza molekulasining har bir zvenosidagi bitta, ikkita va uchta gidroksil guruhning hammasi eterifikatsiya reaksiyasiga kirishadi. [(C6H70 2) (0 H )3]n+ n H 0 N 0 2— [(C6H70 2) ( 0 N 0 2)(0 H )2]n+nH20 [(C6H70 2) (0 H )3]n+ 2 n H 0 N 0 2- 5 i ^ [ ( C 6H70 2) ( 0 N 0 2)20H ]1+2nH20 [(C6H70 2)( 0 H ) 3]n+ 3 n H 0 N 0 2 — [(C6H70 2) ( 0 N 0 2)3]n+3nH20 mono- va dinitrosellulozalar aralashmasi kolloksilin deb ataladi Uning spirt va efir aralashmasidan tayyorlangan eritmasi tibbiyotda kollodiy nomi bilan ishlatiladi. Kolloksilinga kamfora va spirt aralashtirilib, plastik massa — selluloid hosil qilinadi. Selluloiddan kinolentalar, tez quriydigan, arzon va mustahkam emal ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ammo selluloid yonuvchan modda bo‘lgani uchun hozirgi vaqtda uning o ‘rniga yangi — yonmaydigan plastmassalar ishlatilmoqda. Trinitroselluloza piroksilin nomi bilan tutunsiz porox ishlab chiqarishda ishlatiladi. Selluloza sirka kislota bilan bir qator murakkab efirlar, ya’ni mono-, di- va triasetilsellulozalar hosil qiladi. Bular orasida di- va triasetilsellulozalar sun’iy ipak — asetat ipagi olish uchun ishlatiladi: [(C6H70 2) ( 0C0CH3)20 H ] n [(C6H70 2) (0C0CH3)3]n diasetilselluloza triasetilselluloza Asetat ipak olish uchun bu asetilsellulozalar asetonda eritiladi va hosil b o‘lgan eritma issiq fileralar (kichik teshikchalari bor metall qalpoqchalar)dan bosim ostida o‘tkazilsa, aseton uchib ketib, sun’iy ipak tolasi hosil bo‘ladi. Plastifikator qo‘shilgan selluloza asetatlari plastmassalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Sellulozaning yana bir hosilasi selluloza ksantogenati viskoza ipagi olishda katta ahamiyatga ega. Sellulozaning ishqor bilan ishlanishi natijasida hosil bo‘lgan selluloza alkogolyatiga uglerod sulfid ta'sir ettirilganda selluloza ksantagenati hosil bo‘ladi Asetat ipak olish uchun bu asetilsellulozalar asetonda eritiladi va hosil b o‘lgan eritma issiq fileralar (kichik teshikchalari bor metall qalpoqchalar)dan bosim ostida o‘tkazilsa, aseton uchib ketib, sun’iy ipak tolasi hosil bo‘ladi. Plastifikator qo‘shilgan selluloza asetatlari plastmassalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Sellulozaning yana bir hosilasi selluloza ksantogenati viskoza ipagi olishda katta ahamiyatga ega. Sellulozaning ishqor bilan ishlanishi natijasida hosil bo‘lgan selluloza alkogolyatiga uglerod sulfid ta'sir ettirilganda selluloza ksantagenati hosil bo‘ladi [C6H702(0CH 3)3]n [C6H702 (0C2H 5)3]n Gemiselluloza. 0 ‘simliklarning xo‘jayra tarkibida selluloza bilan bir qatorda gemisellulozalar ham b o‘lib, ular suyultirilgan ishqorlarda yaxshi eriydi. Gemisellulozaning m olekular massasi (= 30 000) sellulozaning molekular massasidan kichik. Gemiselluloza geteropolyar polisaxarid tipiga kiradi. Chunki uning makromolekulasi turli xil mannozalardan tuzilgan, asosan pentozalardan D- ksiloza, D - arabinoza ham da geksozalardan D- mannozava D- glukozalardan tuzilgan. Gemiselluloza gidrolizlanganda ana shu mannozalarga parchalanadi. Pektin moddalar ayrim o ‘simliklar: olm a, nok, limon, zemlyanika mevalarida hamda sabzi va lavlagida ko‘p bo'ladi. Tarkibida shakar bo‘lgan meva sharbatlari qaynatilib, so‘ngra sovitilsa, jelatinaga o‘xshash modda hosil bo‘ladi. Pektin moddalar ham selluloza kabi yuqori molekular polisaxaridlardir. Ularning makromolekulalari galaturon kislota qoldiqlaridan tashkil topgan bo‘lib, ular (galakturon kislota qoldiqlari) xuddi selluloza molekulasidagi glukoza qoldiqlari kabi birikkan Pektin moddalaming molekular massasi 20 000—200 000 oralig‘idadir Xitin selluloza tipidagi yuqori molekular gomopolisaxarid. U qisqichbaqasimon suv hayvonlarining mustahkam ustki qavati (qalqon)ning asosiy qismini tashkil etadi. Xitin suvda va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. Ishqorlar ta’siriga chidamli. Xitin molekulasi N - asetilglukozaamin qoldiqlaridan tashkil topgan Xitin kislotalar ta’sirida gidrolizlanib, glukozaaminga va sirka kislotaga parchalanadi Xulosa Polisaxasridlar - Ular juda yuqori molekulyar og'irlikdagi makromolekulalar - Ular asosan uglerod, vodorod va kislorod atomlaridan iborat - Ular tarkibiy va funktsional jihatdan juda xilma-xildir - Ular amalda er yuzidagi barcha tirik mavjudotlarda: o'simliklar, hayvonlar, bakteriyalar, protozoa va qo'ziqorinlarda mavjud - Ba'zi polisaxaridlar suvda yaxshi eriydi, boshqalari esa erimaydi, bu odatda ularning tarkibida shoxlar mavjudligiga bog'liq - Ular energiyani saqlashda, uyali aloqada, hujayralar va to'qimalarni strukturaviy qo'llab-quvvatlashda va boshqalarda ishlaydi. - Uning gidrolizi umuman alohida qoldiqlar (monosaxaridlar) chiqishiga olib keladi. - Ular murakkab glikoproteidlar, glikolipidlar va boshqalarning uglevod qismi kabi murakkab makromolekulalarning bir qismi sifatida topish mumkin. Dastlab muhokama qilganimizdek, polisakkaridlar glyukosidli bog'lanishlar orqali bir-biriga bog'langan 10 dan ortiq shakar yoki monosaxarid qoldiqlaridan iborat polimerlardir.Ular nihoyatda xilma-xil molekulalar bo'lishiga qaramay (mumkin bo'lgan strukturaviy turlarining cheksiz xilma-xilligi mavjud), polisaxarid tarkibida eng ko'p uchraydigan monosaxaridlar pentoza va geksoza shakarlari, ya'ni uglerod atomlarining navbati bilan 5 va 6 ta. Download 25,19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling