Fenantren
Izomeriyasi. Fenantrenning monoalmashingan hosilalari beshta (1-, 2 -, 3-, 4 - va 9 -) izomer holida uchraydi.
Olinishi. Antratsenga izomer bo’lgan fenantren toshko’mir smolasidan ajratib olinadi. Difenil bilan etilen aralashmasi cho’g‘langan nay orqali o’tkazilganda fenantren hosil bo’ladi.
Fenantren va uning gomologlari o,o- dialkildifenillar yoki 1,2 difeniletan hosilalarini degidrotsikllash bilan ham sintez qilinadi:
Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Fenantren va uning go- mologlari rangsiz kristall moddalardir. Fenantren antratsenga nisbatan yaxshi eruvchan va u past harorat (100°C) da suyuqlanadi. Fenantren ham yassi tuzilishga ega bolib, uning mezomeriya energiyasi 92 kkal/molga teng.
Fenantren molekulasi antratsen molekulasiga nisbatan birmuncha barqaror, reaksiyaga kirishish qobiliyati esa kuchsizroq. Fenantren elektrofil reagentlar bilan reaksiyaga oson kirishadi. Uning 9- va 10- holatlari almashinish va birikish reaksi- yalariga faol:
Masalan fenantren brom bilan ham katalizator ishtirokida, ham katalizaorsiz reaksiyaga kirishadi bunda quyidagicha mahsulotlar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |