Organik kimyo
Download 151.63 Kb.
|
1-KITOB 2020 (2)
ORGANIK KIMYO MAVZULASHTRILGAN TESTLAR TO`PLAMI OLIY O`QUV YURTLARIGA KIRUVCHILAR UCHUN 1-QISM
Organik kimyoga kirish. 1. Qaysi moddalardan qadimda organik bo’yoq sifatida foydalangan. 1)neylon 2) purpur 3) lavsan 4) indigo 5) kapron 6) alizarin 7) azelain A)2,4 B)1,3,5 C)2,4,6 D)1,3,5,7 2. Quyidagi moddalardan o’simlik(a),inson va hayvon(b) tanasida uchraydigan moddalardi juftlab toping. 1) oksalat 2) mochevina A)a-2;b-1,2 B)a-1;b-2 C)a-1;b-1 D)a-2;b-1 3. 1824-yilda F.Vyoler oksalat kislotani qanday moddadan sintez qilib oldi? A) ammoniy sianatdan B) ditsiandan C) chumoli kislotadan D) atsetilendan 4. 1828-yilda qaysi olim ammoniy sianatdan mochevinani sintez qilgan? A) F.Vyoler B) M.Bertole C) A.M.Butlerov D) N.N.Zinin 5. Organik birikmalar yondirilganda qanday moddalar hosil bo‘ladi? A) vodorod va kislorod B) karbonat angidrid va suv C) karbonat angidrid va vodorod D) is gazi va suv 6. 1861-yili rus olimi A.M.Butlerov qanday moddadan shakarsimon moddani oldi? A) chumoli kislotadan B) chumoli aldegiddan C) benzoldan D) sirka kislotadan 7. 1842-yilda rus olimi N.N.Zinin benzoldan qanday moddani sintez qilgan?
A) anilinni B) nitrobenzolni C) xlorbenzolni D) fenolni 8. Quyidagi keltirilgan fikrni davom ettiring: Organik birikmalarning suyuqlanish va parchalanish harorati anorganik birikmalarga nisbatan …. A) yuqori B) past C) farq qilmaydi D) ayrimlari past, ayrimlari yuqoridir 9. Quyidagi keltirilgan fikrni davom ettiring: Organik reaksiyalar anorganik moddalar orasidagi reaksiyalarga nisbatan sekin boradi. Chunki organik birikma …. bo‘g‘lar orqali bog‘langan. A) ion B) vodorod C) kovalent D) metall 10. Qaysi olimlar sirka kislotani sintez qilishgan? A) M.Bertole va A.M.Butlerov B) Franklend va A.V.Kolbe C) F.Vyoler va N.N.Zinin D) Kekule va Kuper 11. 1854-yili fransuz kimyogari M. Bertlo qaysi moddani olgan? A) karbon kislotani B) yog‘ni C) murakkab efirni D) spirtni 12. Organik birikmalarda C; O; H atomlari qanday valentliklarni namoyon qiladi?
A)2,2,1 B) 4,3, 1 C) 4,2,1 D) 3,2,1 13. C2H5OH ning suvli eritmasiga lakmus qog`oz tushurilganda uning rangi qanday o`zgaradi? NaOH eritmasiga tushirilgandachi? A) o’zgarmaydi; qizil B) o’zgarmaydi; ko’k C) qizil; ko’k D) sariq; qizil 14. Probirkaga 10ml sirka kislotasi solinib, unga metil zarg`aldog`i indikatoridan tomizilganda suyuqlik rangi qanday o`zgaradi? A) qizil B) ko’k C) to’q sariq D) sariq 15. 1 mol natriy etilat tarkibidagi atomlar sonini toping. A)7 B)8 C)9 D)10 16. Etan (C2H6) tarkibidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajasi yig`indisini toping. A)-2 B)-4 C)-6 D)0 17. Butan (C4H10) tarkibidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajasi yig`indisini toping. A)-12 B)-8 C)-4 D)-10 18. Sirka kislotadagi uglerod atomlarining oksidlanish darajasi yig`indisini toping. A)-2 B)+3 C)-3 D)0 19. Metilamin (CH3NH2) tarkibidagi uglerod va azot atomlarining oksidlanish darajalarini mos ravishda toping. A)-2; -3 B)+3;-3 C)-3;-2 D)0;+3 20. Tetraxlor metan (CCl4) tarkibidagi uglerod atomining oksidlanish darajasini toping. A)-2 B)+4 C)-3 D)0 21. Izomeriya tusuhunchasi kimyo faniga kim tomonidan kiritilgan? A) A.M Butlerov B) I.Berselius C) F.Vyoller D) N.N.Zinnin 22. A.M Butlerov formulasi C5H12 bo‘lgan pentanni o‘rganib, shu tarkibga to‘g‘ri keladigan necha xil modda bo‘lishi mumkinliginini aniqladi? A) 2 B) 3 C) 9 D) 7 23. Molekuladagi atomlar soni ortib borishi bilan…? A)izomerlar soni kamayib boradi B)izomerlar soni ortib boradi C)izomerlar soni o‘zgarmaydi D)izomerlar kuzatilmaydi 24. Uglerod atomlari bir-birlari bilan bog‘lanib tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan zanjirlarni hosil qilishi qaysi izomeriya turiga xos? A) holat izomeriyasi B) geometrik izomeriya C) tuzilish yoki zanjir izomeriyasi D) sinflararo izomeriya 25. Funksional guruhning asosiy uglerod zanjiridagi boshqa uglerod atomiga bog‘lanib kelishi bilan bog‘liq izomeriya qanday nomlanadi? A) holat izomeriyasi C) tuzilish yoki zanjir izomeriyasi D) sinflararo izomeriya 26. Geometrik (sis-trans) izomeriya hosil qilishda qaysi bog‘ qatnashadi? A) Uglerod va ugerod atomlari o‘rtasidagi π bog‘ B) Uglerod va voforod atomlari o‘rtasidagi σ bog‘ C) Uglerod va uglerod atomlari orasidagi σ bog‘ D) Uglerod va vodorod atomlari orasidagi π bog‘ 27. Uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping. 1) alkanlar 2) spirtlar 3) alkadiyenlar 4) alkinlar 5) yog`lar 6) sikloalkanlar A) 1,2,3,4 B) 1,2,4,6 C) 1,3,4,6 D) 2,3,4,5 28. To`yinmagan uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping. 1) alkanlar 2) spirtlar 3) alkadiyenlar 4) alkinlar 5) aldegidlar 6) aminlar 7) alkenlar 8) yog`lar A) 1,6,8 B) 2,3,5 C) 1,3,4 D) 3,4,7 29. To`yingan uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping. A) alkanlar; alkenlar B) alkenlar; alkadiyenlar C) alkanlar; sikloalkanlar D) alkanlar; aminlar 30. Tarkibida –COOH guruhi bor bo`lgan moddalar….deyiladi? A)karbon kislotalar B)ketonlar C)aldegidlar D)spirtlar 31. Ochiq zanjirli uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping. A)alkanlar; sikloalkan B)alken; aromatik uglevodorodlar C)alkenlar; alkanlar D)aminlar; fenollar 32. Tarkibida –CO– guruhi bor bo`lgan birikmalar qanday nomlanadi? A)nitrobirikmalar B)yog`lar C)oksobirikmalar D)spirtlar 33. Azot saqlovchi organik birikmalar keltirilgan qatorni toping. 1) alkanlar 2) aminlar 3) alkenlar 4) sikloalkanlar 5) monosaxaridlar 6) oqsillar 7) alkadiyenlar 8) nitrobirikmalar A)1,3,6 B)2,6,8 C)1,4,5 D)2,4,7 34. Metilamin tarkibidagi uglerod atomining oksidlanish darajasini toping. A)0 B)-2 C)+3 D)-3 35. Metiletilamin molekulasidagi σ bog`lar sonini toping. A)13 B)12 C)10 D)9 36. Faqat organik birikmalar uchun xos bo`lgan reaksiya turlarini belgilang. A) birikish; ajralish C) polimerlanish; polikondensatlanish B) polimerlanish; almashinish D) birikish; polimerlanish. 37. Agar kimyoviy reaksiyalarda yangi bog’lanish hosil qilish uchun reagent elektron juft bermasa, bunday reagent …(a) deyiladi va bunday reagentlarga quyidagi …(b) lar misol bo’laoladi. I-elektrofil; II-nukleofil; 1) H3O+; 2) OH-; 3) NO2+; 4) BF3; A) a-1; b-1,3 B) a-I, b-2,4 C) a-II, b-2,4 D) a-I, b-1,3,4 38. Agar kimyoviy reaksiyalarda yangi bog’lanish hosil qilish uchun reagent elektron juft bersa, bunday reagent …(a) deyiladi va bunday reagentlarga quyidagi …(b) lar misol bo’laoladi. I-elektrofil; II-nukleofil; 1) H3O+; 2) OH-; 3) NO2+; 4) BF3; A) a-1; b-1,3 B) a-I, b-2,4 C) a-II, b-2 D) a-I, b-1,3,4 39. IX asrda arb alkimyogarlari tamonidan olingan moddalarni ko’rsating. A)sirkadan sirka kislotani, musallas ichimligidan etil spirtni B) etil spirtiga sulfat kislota bilan ishlov berish natijasida etil efir C) oksalat kislotani ditsiandan D) mochevinani ammoniy sianatdan 40. … organik kimyo organik moddalarni tashkil qiluvchi uglerod birikmalarining kimyosini o‘rgatuvchi fan sifatida vujudga keldi. A) XX asrning oxirida B) XX asrning boshlarida C) XIX asrning oxirida D) XIX asrning boshlarida 41. Quyidagi olimlarni ular tamonidan amalga oshirilgan ishlar bo’yicha juftlab ko’rsating. 1) N. N. Zinin; 2) S. V. Lebedev a) sanoatda benzoldan anilin oldi; b) asetilen, allen va diyen uglevodorodlarining kimyosini o‘rgandi; c) sanoatda sintetik kauchukni oldi; d) to‘yingan va to‘yinmagan siklik birikmalar kimyosi va ularni sintez qildi A) 1,a; 2,c; B) 1,a; 2,b; C) 1,c; 2,a; D) 1,a; 2,d; 42. Nukleofil reagentga xos xususiyatlarni belgilang. 1) yangi bog’ hosil bo’lishida elektron juftini beradi; 2) yangi bog’ hosil bo’lishida elektron juftini bermaydi; 3) manfiy zaryadlangan ionlardir; 4) musbat zaryadlangan ionlardir; A) 1,3 B) 2,3 C) 1,4 D) 2,4 43, Elektrofil reagentga xos xususiyatlarni belgilang. 1) yangi bog’ hosil bo’lishida elektron juftini beradi; 2) yangi bog’ hosil bo’lishida elektron juftini bermaydi; 3) manfiy zaryadlangan ionlardir; 4) musbat zaryadlangan ionlardir; A) 1,3 B) 2,3 C) 1,4 D) 2,4 44. Izomeriya tushunchasi kimyo faniga . . . tomonidan kiritilgan. A) 1864yil A. M. Butlerov B) XIX asrning 30-yillarida I. Berselius C) 1864yil I. Berselius D) XIX asr-ning 30-yillarida A. M. Butlerov 45. Valentlik tushunchasi qachon va kim tamonidan fanga kiritilgan? A) E. Frankland tomonidan 1852 yil B)F. Kekule va A. Kolbe tomonidan 1857yil C) E. Frankland tomonidan 1857yil D) A.M. Butlerov tomonidan 1852 yil 46. Organik birikmalarda uglerodning doimo 4 valentli bo‘lishi aniqlandi . . . A) E. Frankland tomonidan 1852 yil B) F. Kekule va A. Kolbe tomonidan1857yil C) F. Kekule va A. Kuper tomonidan 1858 D) A.M. Butlerov tomonidan 1861 yil 47. Uglerod atomlari o‘zaro birikib uzun C—C bog‘ hosil qilishi aniqlanadi . . . A) E. Frankland tomonidan 1852 yil B) F. Kekule va A. Kolbe tomonidan 1857 yil C) F. Kekule va A. Kuper tomonidan 1858 yil. D) A. M. Butlerov tomonidan 1861 yil 48. A. M. Butlerov . . . amalga oshirish orqali yuqori molekular birikmalar sinteziga asos soldi. A) izobutilenni polimerlanish reaksiyasini B) izobutilenni sintezini C) organik moddalar tuzilish nazariyasini D) Izomeriya hodisasini 49. Organik moddalarning tuzilish nazariyasining 1-qoidasini ko’rsating. A) Molekulada atomlar tartibsiz joylashgan emas, balki ular bir-biri bilan valentliklariga muvofiq ravishda ma’lum izchillikda birikkan. Molekulada atomlarning bunday izchillikda birikishi kimyoviy tuzilish deyiladi. B) Moddalarning xossalari uning molekulasi tarkibida qanday atomlar va qancha miqdorda bo‘lishigagina emas, balki ularning kimyoviy tuzilishiga ham bog‘liqdir. C) Berilgan moddaning xossalarini o‘rganish natijasida uning molekular tuzilishini aniqlash, molekulasining tuzilishidan esa uning xossalarini oldindan aytib berish mumkin. D) Modda molekulasidagi atomlar va atomlar gruppasi o‘zaro bir-biriga ta’sir etadi. 50. Organik moddalarning tuzilish nazariyasining 4 - qoidasini ko’rsating. A) Moddalarning xossalari uning molekulasi tarkibida qanday atomlar va qancha miqdorda bo‘lishigagina emas, balki ularning kimyoviy tuzilishiga ham bog‘liqdir. B) Molekulada atomlar tartibsiz joylashgan emas, balki ular bir-biri bilan valentliklariga muvofiq ravishda ma’lum izchillikda birikkan. Molekulada atomlarning bunday izchillikda birikishi kimyoviy tuzilish deyiladi. C) Modda molekulasidagi atomlar va atomlar gruppasi o‘zaro bir-biriga ta’sir etadi. D) Berilgan moddaning xossalarini o‘rganish natijasida uning molekular tuzilishini aniqlash, molekulasining tuzilishidan esa uning xossalarini oldindan aytib berish mumkin. 51. Organik moddalarning tuzilish nazariyasining 2 - qoidasini ko’rsating. A) Moddalarning xossalari uning molekulasi tarkibida qanday atomlar va qancha miqdorda bo‘lishigagina emas, balki ularning kimyoviy tuzilishiga ham bog‘liqdir. B) Molekulada atomlar tartibsiz joylashgan emas, balki ular bir-biri bilan valentliklariga muvofiq ravishda ma’lum izchillikda birikkan. Molekulada atomlarning bunday izchillikda birikishi kimyoviy tuzilish deyiladi. C) Modda molekulasidagi atomlar va atomlar gruppasi o‘zaro bir-biriga ta’sir etadi. D) Berilgan moddaning xossalarini o‘rganish natijasida uning molekular tuzilishini aniqlash, molekulasining tuzilishidan esa uning xossalarini oldindan aytib berish mumkin. 52. Organik moddalarning tuzilish nazariyasining 3 - qoidasini ko’rsating. A) Moddalarning xossalari uning molekulasi tarkibida qanday atomlar va qancha miqdorda bo‘lishigagina emas, balki ularning kimyoviy tuzilishiga ham bog‘liqdir. B) Molekulada atomlar tartibsiz joylashgan emas, balki ular bir-biri bilan valentliklariga muvofiq ravishda ma’lum izchillikda birikkan. Molekulada atomlarning bunday izchillikda birikishi kimyoviy tuzilish deyiladi. C) Modda molekulasidagi atomlar va atomlar gruppasi o‘zaro bir-biriga ta’sir etadi. D) Berilgan moddaning xossalarini o‘rganish natijasida uning molekular tuzilishini aniqlash, molekulasining tuzilishidan esa uning xossalarini oldindan aytib berish mumkin. 53. Organik moddalarning tuzilish nazariyasining 5 - qoidasini ko’rsating. A) Moddalarning xossalari uning molekulasi tarkibida qanday atomlar va qancha miqdorda bo‘lishigagina emas, balki ularning kimyoviy tuzilishiga ham bog‘liqdir. B) Molekulada atomlar tartibsiz joylashgan emas, balki ular bir-biri bilan valentliklariga muvofiq ravishda ma’lum izchillikda birikkan. Molekulada atomlarning bunday izchillikda birikishi kimyoviy tuzilish deyiladi. C) Kimyoviy reaksiyalarda modda molekulasini tashkil etgan barcha atomlargina emas, balki ayrim atomlar yoki atomlar gruppasi ham ishtirok etadi. D) Berilgan moddaning xossalarini o‘rganish natijasida uning molekular tuzilishini aniqlash, molekulasining tuzilishidan esa uning xossalarini oldindan aytib berish mumkin. 54. Tuzilish nazariyasining qaysi qoidasi, organik moddalarda uchraydigan izomeriya hodisasining mohiyatini tushuntirib beradi. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 55. Kovalent bog‘lanishning yo‘naluv-chanligi uning qanday xususiyatiga bog‘liq. A) atom radiusiga B) bog‘lanishlar puxtaligiga C) bog‘lanish orasidagi burchakga D) molekulalarning geometriyasiga 56. Quyidagi reagentlar orasidan nukleofil reagentlarni ko‘rsating. 1) OH−; 2) H3O+; 3) RO−; 4) NO+2 ; 5) RS−; 6) R3C+; 7) Hal− A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 3, 5 D) 2, 3, 5, 7 57. Organik kimyoni rivijlanishini nechta davrga bo’lib o’rganiladi. A)4 B)2 C)3 D)5 58. Anorganik moddalardan organik moddalarni birinchi marta sintez qilgan olim kim,nechanchi yilda qanday moddadan,qaysi moddani sintez qilgan. 1)Zinin 2)ditsiandan 3)Butlerov 4)mochevina 5)Vyoller 6)anilin 7)nitrobenzoldan 8)ammoniy sianatdan 9)Libix 10)oksalat 11)1842-yil 12)1828-yil 13)1815-yil 14)1824-yil A)1,11,7,6 B)5,1,2,14 C)5,12,8,4 D)13,9,2,10 59. Butlerov 1861-yilda shakarsimon moddani qaysi moddadan sintez qiladi. A)etanal B)nitrobenzol C)metanol D)chumoli aldegid. 60. Organik moddalrning asosiy manbalarini ko’rsating. 1)neft 2)o’rmon va qishloq xo’jalik maxsulotlari 3)toshko’mir 4)tabiy gaz 5)bo’yoqlar. A)1,3,4 B)1,2,3,4 C)1,2,3,5 B)3,4,5 61. “Organik kimyoni to’liq o’rganishga kirish” degan kitobni muallifi qaysi nazariyani yaratgan. A)vitalistik B)radikallar C)tuzilish D)tiplar 62. Organik moddalarda uglerodning oksidlanish darajalari nechigacha bo’lishi mumkin. A)-3,0,+4 B)0,+4 C)-4,0,+4 D)-2,0,+4 63. Organik moddalarning juda ko’p bo’lishiga sabab nima. 1)C-C bilan bog’lanib uzun uglerod zanjiri xosil qilishi 2)organik moddalarda uglerodning doimo 4 valentli bo’lishi 3) izomeriya xodisasi 4)oksidlanish darajasi turlicha bo’lishi A) 2 B)2,4 C)1,2,4 D1,3 64. Etan malekulasini hosil qilishda necha juft elektron qatnashadi. A)14 B)7 C) 6 D)12 65. Qadimgi olimlar moddalarning nimasiga qarab sinflarga ajratgan A) Tuzilishiga B)Tashqi ko’rinishiga C) Xossasiga D) Atom massasiga 66. Organik moddalardan qaysilarni tuzlar sinfiga kiritgan 1)metan kislota 2)vino kislota 3)etanol 4)qahrabo kislota 5)shovul kislota A) 1, 3 B) 2, 4, 3 C) 2, 4 D) 2, 4, 5 67. Butlerov tuzilish nazariyasi qoidasining nechanchisida izomeriya hodisasini tushuntirib bergan? A) 5 B) 2 C) 1 D) 4 68. . Izomeriya bu - … A) Massasi bir xil, lekin tuzilishi va formulasi xar xil bo`lgan moddalar B) Xossasi va formulasi bir xil, lekin tuzilishi bilan farq qiladigan moddalar C) Atom massasi va formulasi bir xil, lekin tuzilishi bilan farq qiladigan moddalar D) Atom massasi, formulasi va tuzilishi bir xil bo`lgan moddalar 69. Butlerov nazariyasining nechanchi qoidasida moddani tuzilishini tushuntirib bergan? A) 2 B) 4 C) 5 D) 1 70. Organik moddalar qanday reaksiyalarga kirishadi? A) birikish, o`rin olish, almashinish, ajralish B) o`rin olish, birikish, ajralish, polimerlanish C) neytrallanish, ajralish, almashinish, o`rin olish D) ajralish, almashinish, o`rin olish 71. Organik moddalarda nech xil gibridlanish uchraydi? A) 4 B) 2 C) 5 D) 3 72. Sun’iy yog'simon modda (a) va shakarsimon modda (b) sintezini dastlab amalga oshirgan olimlarni moslab ko‘rsating. A) a – Bertlo; b – Butlerov B) a – Vyoller; b – Bertlo C) a – Kolbe; b – Vyoller D) a – Kolbe; b – Zinin 73. Quydagi moddalar necha xil sinfga mansub? Asetaldegid; butadiyen–1,3; butandiol–1,2; butanol–1; gilitsin; izopren; metilamin; proponal; 2–aminopentan; etil spirt; etilenglikol. A) 7 B) 6 C) 5 D) 8 ___________________________________________________ Download 151.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling