Органик мева узум махсулотлари ҳақида маълумотлар


Download 40.5 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1702381
Bog'liq
Amaliy


Органик мева узум махсулотлари ҳақида маълумотлар

Organik oziq-ovqatlar ko'pincha antioksidantlar kabi foydali ozuqaviy moddalarga ega bo'lib, ularning an'anaviy o'stirilgan турларига qaraganda ko'proq va oziq-ovqat, kimyoviy moddalar yoki konservantlarga allergiyasi bo'lgan odamlar faqat organik ovqatlarni iste'mol qilganda, ularning alomatlari kamayishi yoki yo'qolishi mumkin. Organik mahsulotlarda kamroq pestitsidlar mavjud.


Organik oziq-ovqat, ekologik oziq-ovqat yoki biologik oziq-ovqat - bu organik dehqonchilik standartlariga mos keladigan usullar bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va ichimliklar. Standartlar butun dunyo bo'ylab farq qiladi, ammo organik dehqonchilik resurslarni aylantiruvchi, ekologik muvozanatni rag'batlantiradigan va biologik xilma-xillikni saqlaydigan amaliyotlarni o'z ichiga oladi. Organik mahsulotlarni tartibga soluvchi tashkilotlar bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan qishloq xo'jaligi usullarida ba'zi pestitsidlar va o'g'itlardan foydalanishni cheklashlari mumkin. Organik oziq-ovqatlar odatda nurlanish, sanoat erituvchilar yoki sintetik oziq-ovqat qo'shimchalari yordamida qayta ishlanmaydi.
Organik mahsulotlarni yetishtiruvchi agroklaster va fermer xo‘jaliklariga ishni boshlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi”, “AKIS” markazlariga va boshqa xususiy yo‘nalish bo‘yicha maslahat hizmati ko‘rsatuvchi kompaniyalarga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. Markazlar shartnoma asosida ishlab chiqaruvchilarga zarur barcha maslahatlarni berib boradi.
Jumladan:
qaysi mahsulotni ishlab chiqarish;
organik muvofiqlik sertifikatini olish yuzasidan qaysi muvofiqlikni baholash organiga ariza bilan murojaat qilish kerakligi;
organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashtirishga o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzish;
organik ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, muvofiqlikni baholash usullari va tartib-qoida hujjatlarini yuritish;
ishlab chiqaruvchining mahsulotlarini qaysi davlatga eksport qilish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish shartlari
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish shartlari quyidagilardan iborat:
-organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va muvofiqlikni baholash organi bilan organik mahsulotlarning muvofiqligini baholash to‘g‘risida shartnoma tuzish;
-mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini organik mahsulotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bilan muvofiqlashtirish;
-organik mahsulotlarni ishlab chiqarish organik mahsulotlar toifasiga kirmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan alohida tarzda amalga oshiriladi;
-o‘tish davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni “o‘tish davridagi organik mahsulotlar” sifatida tamg‘alash va realizatsiya qilish.
Organik mahsulotlar toifasiga kirmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish chog‘ida o‘tish davri belgilanib, mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan bu davr ichida organik mahsulotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining bajarilishi taʼminlanadi.
Standartlar va sertifikatlangan mahsulotlar turlari
Respublikasmizda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan sifat menejmenti talablari asosida 2020-yildan bugungi kungacha jami 34 ta “Organic” sertifikati olingan. Bu yetishtirilayotgan mahsulotlar turlari quyidagicha:
paxta, loviya, bug‘doy, pomidor, qayta ishlangan paxta (tekstil mahsulotlari), turli xil sellyuloza qog‘ozlari, dorivor o‘simliklar, kovul, quritilgan uzum, quritilgan gilos, uzum, bodom yog‘i, bodom, o‘rik, o‘rik yog‘i, qora mayiz, quritilgan mayda kesilgan o‘rik, quritilgan butun o‘rik, “Sulton” mayizlari, “Tompson” mayizlari, uzum, oddiy mayiz va boshqa mahsulotlar.
Respublikasmizda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan sifat menejmenti talablari asosida 2020-yildan bugungi kungacha jami 239 ta “Global G.A.P.” sertifikati olingan. Ularda yetishtirilayotgan mahsulotlar turlari quyidagicha:
uzum, sarimsoqpiyoz, olma, gilos, pomidor, mosh, kapers, qalampir, ukrop, qovun, tarvuz, limon, muzlatilgan meva-sabzavot mahsulotlari, nektarin, nok, shaftoli, olxo‘ri, anor, bodring, piyoz, bulg‘or qalampiri, baqlajon, brokkoli karami, gulkaram, salat bargi, o‘rik, malina va boshqalar.



Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling