Organik oʻgʻitlar tarkibida oʻsimlik yoki hayvon organik birikmalari shaklida oziq moddalari boʻlgan oʻgʻitlar. O. oʻ


Download 15.75 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi15.75 Kb.
#1700821
Bog'liq
makroelementlar


Organik oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimlik yoki hayvon organik birikmalari shaklida oziq moddalari boʻlgan oʻgʻitlar. O.oʻ.ga koʻpgina mahalliy oʻgʻitlar, yashil oʻgʻit, shahar kommunal xoʻjaligi chiqindilari (axlat va ularning kompostlari, oqindi suvlar choʻkindilari, najas), oziq-ovqat, koʻn va boshqa sanoat tarmoqlari chiqindilari hamda sapropel (choʻkma loyqa), poxol va boshqa kiradi. O.oʻ. tuprokda biologik jarayonlarni kuchaytirib, uning fizik va kimyoviy xossalarini yaxshilaydi, oziq moddalar miqdorini oshiradi, tuproqning muhim agronomik xususiyatlariga har tomonlama taʼsir etadi va toʻgʻri qoʻllanilganda barcha ekinlar hosildorligini keskin oshiradi. Tup-roq mikroorganizmlari hayot faoliya-ti natijasida O.oʻ. parchalanganda oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan mineral birikmalar va chirindi hosil boʻladi. Mac, tuproqqa goʻng orqali oʻsimliklar uchun kerakli barcha oziq moddalar (makro- va mikroelementlar) tushadi. Bunday oʻgʻitlar toʻliq oʻgʻitlar deb ataladi. O.oʻ. tuproqqa solingan yilida-gina emas, balki bir necha yil taʼsir etadi. O.oʻ. faqat oʻsimliklar uchun mineral oziq moddalar manbai boʻlib qolmasdan, SO2 manbai hamdir. O.oʻ. tuproq mikroorganizmlari uchun energetik material va oziq manbai boʻlib xizmat qiladi. Bundan tashqari, goʻng va najasning oʻzi mikrofloraga boy boʻladi. Shuning uchun O.oʻ.ning solinishi tuprokda azot toʻplovchi bakteriyalar, ammonifikatorlar, nitrifikatorlar va boshqa foydali mikroorganizmlar guruxlari faoliyatini kuchaytiradi. Mas, tipik soz tuproq yerlardagi gʻoʻzaga uzoq yillar davomida goʻng solinib turilganda tuproqning suv oʻtkazuvchanligi ancha yaxshilanadi. Egatlarga birinchi bor suv taralganda tuprok,ning bir soatda suv ichishi oʻgʻitlan-magan dalada gektariga 117 m3 ni, har yili goʻng solinadigan dalada esa 195 m3 ni tashkil etdi.
O.oʻ. gektariga 15—20 t va undan ortiq normada haydash vaqtida asosiy oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Ular gʻoʻza-bedagʻalla almashlab ekishda bedapoya haydalgandan keyin 5—6-yillari solinadi. O.oʻ. oʻsimliklarni oziqlantirishda mineral oʻgʻitlar bilan birgalikda ham qoʻllaniladi.
Bir so'z bor: biz nima emoqmiz. Lekin, albatta, agar siz do'stlaringizdan oxirgi marta, masalan, oltingugurt yoki xlordan iste'mol qilishni so'rasangiz, buning o'rniga ajablanmaslik mumkin emas. Shu bilan birga, inson organizmida deyarli 60 kimyoviy elementlari "yashaydi", zahiralari, biz ba'zan buni sezmay turib, ovqatdan to'ldiramiz. 96 foiz atrofida, har birimiz makronutriyentlar guruhini ifodalaydigan barcha 4 kimyoviy nomlardan iborat. Bu esa:
kislorod (har bir inson tanasida 65% mavjud);
uglerod (18%);
vodorod (10%);
azot (3%).
Qolgan 4 foizlari davriy jadvaldagi boshqa moddalardir. To'g'ri, ular juda kichik va ular boshqa foydali moddalar guruhini ifodalaydi - mikroelementlar.
Eng keng tarqalgan kimyoviy elementlar uchun - makronutriyentlar uchun lotin (karbon, vodorod, kislorod, azot) lug'atida uglerod, vodorod, kislorod va azot bo'lgan so'zlarning bosh harflaridan tashkil topgan CHON termini ishlatish odatiy holdir.
Download 15.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling