Organik sintezning xom ashyosi va tipik kimyoviy texnologik jarayenlar
Download 119.84 Kb.
|
Organik sintezning xom ashyosi va tipik kimyoviy texnologik jarayenlar
U =dх/dt = K·ΔC
Jarayonning xarakatlantiruvchi kuchi ΔC reaksiya tartibini ko‘rsatuvchi kinetik tenglamaga asosan, reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyalari ko‘paytmasiga teng. Tezlik konstantasi esa Arrenius tenglamasiga bo‘ysinadi. Organik sintez jarayenida bir vaqtning o‘zida bir qancha parallel va ketmag‘ket reaksiyalar boradi. Ketma-ket reaksiyalarda ko‘pchilik hollarda ulardan biri jarayen tezligini limitlaydi, belgilaydi. Jarayenning umumiy tezlik kontantasi K elementlar reaksiyalar tezligining murakkab funksiyalari bilan ifodalanish mumkin. Maqsadli maxsulot bo‘yicha (olinishi maqsad qilib qo‘yilgan maxsulot) jarayenning selektivligi, asosiy va qo‘shimcha reaksiyalar tezlik konstantalarining nisbatlaribilan aniqlanadi. Shu sababli organik sintez jarayeni intensizlashtirish uchun faqat asosiy reaksiyani tezlashtiradigan yoki ketma-ket boruvchi reaktivlarning meyorli bosqichlarini tezlashtiruvchi selektiv katalizatorlardan foydalaniladi. Organik sintezda kimyoviy-texnologik jarayenlarni intensivlash metodlarini qo‘llashda ko‘pchilik hollarda dastlabki, oxirgi yoki oraliq birikmalarini barqarorlashtirish bilan chegaralanadi, chunki ular termik parchalanadilar yoki qo‘shimcha maxsulotlarga aylanib qoladi. Bunday xollarda jarayenning tezlik konstantasini oshirish uchun katalizator bilan bir qatordaturli ion yoki radikal xarakterdagi, fotosintez, radiaksion nurlantirish, lazerli nurlantirish,elektrosintez kabi turli initsiatorlardan foydalaniladi. Masalan, ko‘pgina monomerlarni polimerlash uchun turli xildagi peroksidlardan foydalaniladi, yuvish vositasining tarkibiy qismlaridan birini olish uchun ultrabinavsha nurlar bilan nurlantirib, sulfoxlorlanadi, polimerlarni “tiqish” va kauchukni vulkanlashda ratsion nurlantirishdan foydalaniladi. Organik sintez sanoatning muhim ahamiyatlardan biri yaqin yillar ichida sovun,olif, surkov moylari, spirt kabi o‘nlab maxsulotlar ishlab chiqarish uchun katta miqdorda oziq-ovqat maxsulotlari ishlatilishiga chek qo‘yish, ya’ni bu maqsad uchun oziq-ovqat maxsulotlarini nozik maxsulotlarga aylantirishdan iboratdir. Xozirgi zamon organik sintez sanoati korxonalari xar turli texnologik sexlarning birlashtirilgan kompleksidan iboratdir. U nafaqat maqsadli maxsulotlar ishlab chiqaradi, balki ko‘pgina qo‘shimcha maxsulotlarni ushlab qolish va qayta ishlash qurilmalarini ham o‘z ichiga oladi. Organik sintez o‘z taraqqiytining boshlang‘ich etaplarida oxirgi asosiy mahsulot bilan oraliq yarim mahsulotlar (alkenlar, genogenlik hosilalar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, fenollar, aminlar va boshqalar) ishlab chiqarishni qo‘shib olib bordi. Keyinchalik organik sintezdan bir qancha o‘ziga xos ishlab chiqarishlar: plastmassalar, sintetik kauchuklar, kimyoviy tolalar, bo‘yoqlar, dori-darmonlar texnologiyalari ajralib chiqdi. Xozir zamon organik sintez sanoati ikki muxim maqsadga qaratilgan. 1) keng ko‘lamli ishlab chiqarish, bunda (o‘n va yuz ming tonnalab ishlab chiqariladi.) Sanoatning boshqa tarmoqlari uchun yarim maxsulotlar (masalan, yuqori molekulyar birikmalar uchun monomerlar) ishlab chiqariladi. 2) bir qancha tayyor maxsulot (yuvish vositalari, kimyoviy zaxarli birikmalar, erituvchilar va boshqalar) ishlab chiqarish. Bugungi kunda organik sintez maxsulotlaridan u yoki bu darajada foydalanmaydigan xalq xo‘jaligining biror tarmog‘i yo‘q. Buni 122-rasmda yaqqol ko‘rish mumkin. Download 119.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling