1.106. Tarkibida bariy gidroksid bo‘lgan eritma orqali 11,2 l karbonat angidrid o‘tkazilganda 93,58 g bariy karbonat cho‘kmasi hosil bo‘lgan bo‘+lsa, shu reaksiyaning unumi qanday bo‘ladi? (Javob: 95 %).
1.107. Tarkibida 5 % begona jinslar bo‘lgan 50 g texnik oltingugurtni yondirishda hosil bo‘lgan oltingugurt (IV) oksid natriy gidroksid eritmasi orqali o‘tkazilganda qancha massa natriy gidrosulfit hosil bo‘ladi? (Javob: 154,4 g).
1.108. Tarkibida 98 % kalsiy karbonat bo‘lgan marmartoshning 150 kg massasini kuydirganda qancha hajm (n.sh.) karbonat angidrid va qancha massa kalsiy oksidi hosil bo‘ladi? (Javob: 33 m3; 82,32 kg).
1.109. Tarkibida 7,8 g bariy xlorid bo‘lgan eritmaga, tarkibida 6,6 g natriy sulfat bo‘lgan eritma qo‘shilganda qancha massa bariy sulfat cho‘kmasi hosil bo‘ladi? (Javob: 8,74 g).
1.110. Tarkibida mis va rux bo‘lgan 56 g massali qotishmaga suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan yetarli miqdorda qo’shilganda 11,2 l vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, qotishma tarkibidagi misning massa ulushi qanday bo‘lgan?
Yechish: Mis suyultirilgan sulfat kislota bilan ta’sirlashmaydi, rux esa ta’sirlashadi. Ushbu o‘zaro ta’sir reaksiyasining tenglamasini yozamiz:
Zn+H2SO4=ZnSO4+H2.
Ajralib chiqqan vodorodning modda miqdori:
Tenglama bo‘yicha vodorodning miqdori ruxning miqdoriga teng. Demak, shuncha miqdor rux kislota bilan ta’sirlashgan, uning massasi mZn=0,5·65=32,5 g bo‘ladi. Misning massasi massalar farqiga teng: mCu=56-32,5=23,5 g.
Bundan
Do'stlaringiz bilan baham: |