O’rganilayotgan hududga mos keluvchi savollar ro’yxat; Qishloq haqida qisqacha ma’lumot


Download 8.88 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi8.88 Kb.
#1600965
Bog'liq
mehrinisio.


O’rganilayotgan hududga mos keluvchi savollar ro’yxat;
1.Qishloq haqida qisqacha ma’lumot.
2.Qishloq qachon tashkil topgan, qanday qilib tashkil etilgan.
3.Qishloq nomining kelib chiqishi va u haqida afsonalar.
4.Qishloqda qanday urug’lar yashaydi.
5.Amaliyot o’talayotgan hududda tarihiy joylar haqida ma’lumot hamda
nomi?
6.Amaliyot o’talayotgan hududda arxeologik o’lkalar haqida ma’lumotlar berish.
7.Amaliyotga chiqqan hududda me’moriy yodgorliklar haqida ma’lumot berish.
8.Amaliyot chiqilgan hudud aholisining etnografik ma’lumotlarini berish.
9.O’rganilayotgan hududdagi muzeylar haqida ma’lumot berish.
10.Hududda joylashgan qishloq nomlari va joy nomlari haqida toponomik ma’lumot berish.
11.O’rganilayotgan hududni yozma manbalarda qayd etilishi haqida ma’lumot berish.
12.Buyuk ipak yo’lining xalqaro aloqalardagi o’rganayotgan hudud uchun muhim ahamiyati.
13.O’rganilayotgan hududning turar joy va binolari haqida ma’lumot.
14.O’rganilayotgan hududning kiyim-kechak poyavzal, taqinchoqlarini o’rganish.
15.O’rganilayotgan hududning uy-ro’zg’or buyumlari haqida.
16.O’rganilayotgan hududning sotsial munosabatlar iqtisodiy va maishiy turmush.
17.O’rganilayotgan hududning ijtimoiy hayotini tashkil qilishi bilan bog’liq urf-odat va qoidalari.
18.Oilaviy marosimlar, to’ylar, xalq og’izaki ijodiyoti haqida ma’lumot berish.

Surxon-Sherobod vohasi topografik tuproq tuzulishi, gidro-geologik-meliorativ xolati va xo’jalik iqtisodiy jixatidan O’zbekistonning to’la o’zlashtirilgan massavilaridan biridir. Surxon-Sherobod vohasi o’zbekistonning eng janubida, shimoliy kenglik va sharqiy uzunlik oralig’ida joylashgan. Bu hudud Sheroboddaryo va Surxandaryo daryolari oqadigan meridional yo’nalishda cho’zilgan to’lar aro vohadan iborat. Voha sharqdan Tojikiston, g’arb va shimoliy g’arbdan Turkmaniston va Qashqadaryo viloyati bilan janubdan esa Amudaryo bo’ylab Afg’oniston bilan chegaradosh.


Surxan-Sherobod vohasida tekisliklar, quruq cho’llar va tog’ oldi zonalari mavjud bo’lib, vohaning boyliklari juda kata va turli-tuman. Vohaning umumiy maydoni O’zbekiston hududining 4,6 foizini yoki 20,1 ming kilomtir kvadratini tashkil etib, respublikada beshinchi o’rinni egallaydi. Surxon-Sherobod vohasi bir biridan kattaligi, joylashishi bilan farq qiladigan Surxon va Sherobod daryolarining xavzasini egallagan.

Sherobod shaxri buyuk ipak yo’li ustida. Sherobod daryosi yaqinida, savdo-sotiq uchun qulay makonda joylashgan. Tarixiy asarlarda yozilishicha Sherobod shaxrining yoshini to’rt va to’rt yarim ming yij deb taxmin qilmoqdalar. Buning uchun ko’p tarixiy asoslar bor.


Birinchi tarixiy asos Sherobod daryosidir.
Sherobod daryosining yoshi bir necha ming yoki undan ham bir necha barobar ko’p yillarga borib taqaladi. Sherobod shahrining shimolidagi adirlar, qirlar va tog’larning Yoshi qanchaga borsa daryoning Yoshi ham shunchaga boradi. Sherobod daryosining uzunligi 177 kilometr daryoning boshlanishi Hisor tog’ining g’arbiy tomonidan boshlansada u joyda qor kam. Yozda Sherobod daryosining suvi kamayib qoladi. Sherobod daryosi Amudaryoga borib qo’shilguncha o’z o’zanini bir necha bor o’zgartiradi.
Sherobod daryosining o’ng sohilida ‘’Qishloqbozor,, qishlog’ joylashgan. ‘’Qishloqbozor,, qishlog’i qadimdan juda katt aqishloq bo’lgan. Bu qishloqning yoshi Sherobod shahrining yoshidan ham kattadir.
Download 8.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling