O‘rganish obyekti


Download 19.05 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi19.05 Kb.
#213382
1   2
Bog'liq
Hayitov abror

yasi, shaharlar geografi yasi (geourbanistika), siyosiy geografi ya (jahon

siyosiy xaritasi, davlat chegaralari, siyosiy munosabat va jarayonlarni

o‘rganuvchi fan), sanoat geografi yasi, qishloq xo‘jaligi geografi yasi,

transport geografi yasi, turizm geografi yasi, xizmat ko‘rsatish sohasi

geografi yasi, etnogeografi ya (xalqlar geografi yasi), din geografi yasi va

boshqa geografi k fanlar vujudga kelgan. Shu bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy

geografi k fanlar ichida jahon iqtisodiyoti va xalqaro mehnat taqsimotini

o‘rganuvchi jahon xo‘jaligi geografi yasi hamda dunyo mamlakatlarini

har tomonlama tadqiq etadigan mamlakatshunoslik kabi keng qamrovli fanlar ham rivojlanmoqda.

Yuqoridagilardan xulosa chiqarib aytish mumkinki, geografi ya hozirgi

davrda maqsad va vazifalari, o‘rganish obyekti va predmeti o‘zaro

bog‘liq bo‘lgan bir nechta fanlardan iborat bo‘lgan fanlar tizimiga

aylandi. Bu fanlar tizimi tarkibida tabiiy geografi k va ijtimoiy (ya’ni,

jamiyatni o‘rganuvchi) geografi k fan guruhlari ajralib turadi. Shuningdek,

jamiyat va tabiatning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish chog‘ida

qator umumgeografi k mazmun-mohiyatga ega fanlar ham tarkib topgan,

masalan, tabiiy resurslar va tabiatdan foydalanish geografi yasi,

tibbiy geografi ya (turli hududlarda yashovchi aholining salomatligi va

kasallanishi, unga ta’sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillarni o‘rganadi).

Geografi k fanlar tizimida geografi k xaritalarni tuzish va ular bilan ishlashni

o‘rganadigan kartografi ya fani alohida o‘rin va ahamiyatga ega.

Geografi k fanlar turkumiga kiruvchi barcha fanlar o‘zaro bog‘liq

bo‘lib, umumiy ilmiy va amaliy maqsadlarni ko‘zlagan holda rivojlanmoqda.

Turli geografi k fanlar uyg‘unligida Yer yuzi va alohida hududlar

haqida yaxlit tasavvur shakllanadi, mamlakat va hududlar rivojlanishining

muammo va istiqbollari aniqlanadi, tabiatni muhofaza qilish

va undan oqilona foydalanish, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush

darajasini yuksaltirishga xizmat qiluvchi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab

chiqiladi.

Geografi yani o‘rgana boshlagan paytda bu fanning nomi qadimgi

yunon tilida “Yerning tasviri” degan lug‘aviy ma’no berishini bilib

olgansiz. Lekin hozirgi davr geografl ari turli joylar tabiati, aholisi va

xo‘jaligini tasvirlash va tavsifl ash bilan cheklanib qolmasdan, turli tabiiy

va ijtimoiy hodisalarning vujudga kelish va hududiy tarqalish

qo nuniyatlarini o‘rganadilar, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat

va ziddiyatlarni atrofl icha tahlil qiladilar, dolzarb ahamiyatli

ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni hududlarning o‘ziga

xos sharoit va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yechish yo‘llarini

ishlab chiqadilar. Zamonaviy geografi ya an’anaviy tasvirlovchi mohiyatdagi

Nima? Qayerda? Qancha?” savollariga javob beruvchi fandan

Nima? Qayerda? Qancha? Nima sababdan? Qanday foydalanish kerak?



Yaxshilash uchun nima qilish kerak?” degan savollarga javob

topuvchi keng qamrovli nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan



fanlar tizimiga aylandi.

Geografi ya fanining vazifasi fan va jamiyatning rivojlanishi bilan o‘zgarib bordi. Bugungi kunda zamonaviy geografi yaning oldi ga qo‘ygan vazifalari bir qancha bo‘lib, eng asosiy vazifasi tabiat va jamiyat o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirishdir.



Geografi ya fanlarida turli ilmiy-amaliy masalalarni o‘rganish jarayonida qator tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Bulardan eng muhimlari – ekspeditsiya, tasviriy, kartografi ya, statistik, qiyosiy geografi k, rayonlashtirish usullari. Shuningdek, borgan sari geografi k tadqiqotlarda matematik va kompyuter modellashtirish, aerokosmik, geokimyoviy va geofi zik kabi zamonaviy tadqiqot usullarining ahamiyati hamda qo‘llanilish qamrovi kengayib bormoqda.
Download 19.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling