13-мавзу: NERV SISTEMASINING UMUMIY TUZILISHI VA FIZIOLOGIYASI.
MARKAZIY NERV SISTEMASINING TUZILISHI, FIZIOLOGIYASI VA YOSHGA
OID XUSUSIYATLARI.
Reja:
1. Nerv
sistemasining umumiy tuzilishi
2. Fiziologiyasi
3. Markaziynervsistemasiningyoshgaoidxususiyatlari
Tayanch sо„zlar: periferik, nerv, bosh, orqa, xujayraSkelet, Idrok Mielin.
Nerv sistemasi asosan tashqi mupitdan ichki organlardan keladigan turli axborotlarning
kabul kiladi va ularni markaziy nerv sistemasiga yetkazib beradi.
Nerv sistemasi organizmdagi barcha organlarni bir-biri bilan bog‗lab organizmning bir
butunligini taminlaydi. Organizmni tashqi muhit bilan bog‗laydi xamda uni tashqi muhitga
moslashtiradi. Nerv sistemasi yordamida atrof muhitdan turli signallar qabul qilinadi ular analiz
va sintez kilinib, turli reaksiyalar bilan javob qaytariladi.
Nerv sistemasi ichki sikretsiya bezlarida ishlab chikariladigan turli gormonlarning qon orkali
organizmga kо‗rsatadigan tasirini va moddalar almashinuvini boshkarib turadi, о‗sish,
rivojlanishga tasir etadi. Bundan tashqari nerv sistemasining oliy bо‗limlarida ruxiy funksiyalar
amalga oshiriladi. Idrok etish, fikrlash nutk va Yokazolar oliy nerv faoliyati bilan boshkarib
turiladi.
Nerv sistemasi markaziy (bosh va orqa miya), periferik (chetda joylashgan) nervlar, ularning
oxirgi apparatlaridan tashkil topgan qisimlarga bо‗linadi. Markaziy nerv sistemasida nerv
xujayralari (neyron tanalarining periferik qismi asosan nervlardan, ya‘ni tolalar boglamidai
iborat bо‗lib, bu tolalarning tanasi (nerv xujayrasi) nerv sistemasining markaziy qismida
joylashgan.
Nerv sistemasi shartli ravishda ikkita simpatik va vagetativ nerv sistemasiga bо‗linadi. Skelet
muskullarini va ba‘zi ichki organlarini (til, hiqildoq, xalkum va hokazolarni) ta‘minlab turadigan
nervlar somatik nervlar sistemasi, bо‗lib asosan organizmni tashqi muhit bilan bog‗laydi va
skelet muskullari harakatini boshqaradi.
Vegetativ nerv sisgemasi ichki organlarni (me‘da, ichaklar, nafas olish, siydik-tanosil
organlarini, ichki sekretsiya bezlari, teri, yurak va kon gomirlarini) nerv bilan ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: