O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
G‘oyalar haqiqatga aylanadi
Download 233.03 Kb. Pdf ko'rish
|
4PHf1VyjrKh5MnWNzPAaVa29E0q0rmtwLpEPVGpU
G‘oyalar haqiqatga aylanadi
Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bu bilimlarni o‘rgatish va ishlatish bo‘lsa, demak, STEAM yondashuvi olingan bilimlarni haqiqiy hayotga mahorat bilan qo‘llashni o‘rgatishdir. Bu maktab o‘quvchilariga faqatgina ba’zi g‘oyalarga ega bo‘lishni emas, balki ularni haqiqatda ishlatish va amalga oshirish imkonini beradi. Haqiqatda ishlatilishi mumkin bo‘lgan bilimlar haqiqatda qimmatlidir. STEAM yondashuvining eng mashhur namunasi Massachusets Texnologiyalar Instituti (MIT). Bu mashhur universitetining shiori “Mind and hand” – “Aql va qo‘l” dir. Massachusets Texnologiya instituti STEAM kurslarini ishlab chiqdi va hatto ba’zi o‘quv yurtlarida STEAM ta’lim markazlari yaratildi. 1 Xulosa qilib aytmoqchimanki, o‘rta maktabda STEAM yondashuvi bolalarga tajribalar o‘tkazish, dizayn modellarini yaratish, mustaqil musiqa va kino yaratish, o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirish va yakuniy mahsulotni yaratishni rag‘batlantiradi. Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga nazariy va amaliy ko‘nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va oliy ta’limda o‘qishni yanada osonlashtiradi. 10-sinf uchun uglevodlar xossalari mavzusini o‘rganish jarayonida bu mavzuni o‘quvchi uchun qanday ahamiyati borligini oddiy loyiha orqali o‘quvchilarga yetkazish mumkin. Maqsad Odamlar orasida qizil olmalar yashil olmalardan ko‘ra shirinroq.degan gap yuradi. Shu rostmi? Loyihaning maqsadlari orasida qizil va yashil olmalarning pH ni aniqlash va olma pH qiymatini ularning shirinliklariga bog‘lash kiradi. pH qog‘ozi yashil olma qizil olma sariq olma Moddaning rH – ko‘rsatkichi deganda uning tarkibidagi vodorod ionlari kontsentratsiyasini bildiradi. Vodorod ionlaring miqdori ortishi bilan moddaning kislotalik xossalari ortadi. Kislotali moddalar kislotaliligi kam bo‘lgan moddadardan ko‘ra shirinroq bo‘ladi. Moddalarning rH- ko‘rsatkichi 1dan 14 gacha oraliqda bo‘ladi. pH- ko‘rsatkich 1 – 7 bo‘lgan moddadar kislotali, pH- ko‘rsatkich 7– 14 bo‘lanlari esa asosli xossaga ega bo‘ladi. Bu tajribada olmaning pH-ko‘rsatkichi miqdorining katta va kichiklagi uning shirinligiga bog‘liqligi kuzatiladi. Meva va sabzavotlar qanday organik moddalardan tashkil topgan bo‘ladi? Qizil va yashil olmani yeganingizda qanday farqni sezasiz? Olmani nima shirin qiladi? Olmaning shirinligini qanday o‘lchash mumkin? Olmada rN-ko‘rsatkichi shkalasi qanday? Gidroksoniy ionlari miqdori qanday? kislotali ishqoriy Kamida 5 ta har xil rangdagi: och yashil, to‘q yashil, qizil, to‘q qizil, targ‘il rangli olmalarni tanlab oling. Ularni tajribada tao‘o‘oslash uchun juftlab ajrating. Bo‘laklarga bo‘ling. Olmaning po‘sti orqali uning muhitini aniqlab bo‘lmagani uchun rN- qog‘ozni olmaning qirqilgan suvli qismiga yopishtiring. rN- qog‘ozda olmalarda kuzatilgan rang o‘zgarishini daftaringizga yozib oling. Olmaning rangi, rN-ko‘rsatkichini jadvalda ifodalang. Hamma olmalar bilan xuddi Shu tarzda tajribani davom ettiring. Qanday xulosaga keldingiz? Download 233.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling