O’rganish
Download 366.51 Kb. Pdf ko'rish
|
6-tajriba ishi 1411eddc749e6c6e15939913a1936d9c
Reykadan sanoq olish.
Nivelirlashda reykalar ezilmaydigan qattiq joy yoki yerga mustahkam qoqilgan yog‘och yoki temir qoziqlar ustiga vertikal holda qo‘yiladi. Nivelir yo‘lini punktlarga bog‘lashda yerga qoziq qoqilmay, ko‘tarib yurib kerakli joyga qo‘yiladigan maxsus moslama (bashmak) (6.1-rasm j, z) ustidagi bo‘rtmaga qo‘yiladi. Yumshoq joylarda nivelirlashda yerga kostil deyiladigan muvaqqat temir qoziq qoqiladi (6.1-rasm, i). Texnikaviy nivelirlashda reyka bo‘laklaridan sanoq to‘rning o‘rta ipidan millimetr aniqligida olinadi. Bunda ko‘rish maydonining tepasidan pastga tomon o‘rta ipgacha avval yozuvli metr va desimetr, keyin yozuvsiz santimetr bo‘laklarining soni aniqlanadi, oxirda santimetrning undan biri ko‘zda chamalab olinadi. Shakl buyicha tt 1 dagi sanoq 1770 mm. Reykani tebratish. Sanoq olishda, reyka vertikal holatda turishi kerak Shuning uchun aniq nivelirlashda reyka yoniga maxsus doiraviy adilak o‘rnatiladi, ana shu adilak vositasida reyka vertikal ushlanadi. Texnikaviy nivelirlashda reykada adilak bo‘lmaydi, undan vertikal holatda sanoq olish uchun reyka qoziq ustida ketinga va oldinga sekin, bir tekisda tebratiladi (6.2-rasm). Tebratishda trubadan qaralganda sanoq bir oshib, bir kamayadi, eng kichik sanoq reykaning vertikal holatiga to‘g‘ri keladi va shu sanoq olinadi. Shaklda Vm reykaning vertikal holati. Vertikal holatda olingan p sanoq reyka og‘gandagi n 1 , n 2 sanoqlardan kichik, ya’ni p 1 , p 2 bo‘ladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling