O’rganish


Download 366.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi366.51 Kb.
#224559
1   2   3
Bog'liq
6-tajriba ishi 1411eddc749e6c6e15939913a1936d9c

Reykadan sanoq olish. 

Nivelirlashda reykalar ezilmaydigan qattiq joy yoki yerga mustahkam qoqilgan 

yog‘och  yoki  temir  qoziqlar  ustiga  vertikal  holda  qo‘yiladi.  Nivelir  yo‘lini 

punktlarga  bog‘lashda  yerga  qoziq  qoqilmay,  ko‘tarib  yurib  kerakli  joyga 

qo‘yiladigan  maxsus  moslama  (bashmak)  (6.1-rasm  j,  z)  ustidagi  bo‘rtmaga 

qo‘yiladi. Yumshoq joylarda nivelirlashda yerga kostil deyiladigan muvaqqat temir 

qoziq qoqiladi (6.1-rasm, i). 

Texnikaviy  nivelirlashda  reyka  bo‘laklaridan  sanoq  to‘rning  o‘rta  ipidan 

millimetr  aniqligida  olinadi.  Bunda  ko‘rish  maydonining  tepasidan  pastga  tomon 

o‘rta  ipgacha  avval  yozuvli  metr  va  desimetr,  keyin  yozuvsiz  santimetr 

bo‘laklarining  soni  aniqlanadi,  oxirda  santimetrning  undan  biri  ko‘zda  chamalab 

olinadi. Shakl buyicha tt



1

 dagi sanoq 1770 mm. 

Reykani  tebratish.  Sanoq  olishda,  reyka  vertikal  holatda  turishi  kerak 

Shuning uchun aniq nivelirlashda reyka yoniga maxsus doiraviy adilak o‘rnatiladi, 

ana  shu  adilak  vositasida  reyka  vertikal  ushlanadi.  Texnikaviy  nivelirlashda 

reykada  adilak  bo‘lmaydi,  undan  vertikal  holatda  sanoq  olish  uchun  reyka  qoziq 

ustida  ketinga  va  oldinga  sekin,  bir  tekisda  tebratiladi  (6.2-rasm).  Tebratishda 

trubadan  qaralganda  sanoq  bir  oshib,  bir  kamayadi,  eng  kichik  sanoq  reykaning 

vertikal holatiga to‘g‘ri keladi va shu sanoq olinadi. Shaklda Vm reykaning vertikal 

holati.  Vertikal  holatda  olingan  p  sanoq  reyka  og‘gandagi  n



1

,  n

2

  sanoqlardan 

kichik, ya’ni p




1

, p


2

 bo‘ladi. 


 

6.2-rasm. 


Download 366.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling