Organizm immun sistemasi
Timusning yoshga qarab va ba’zi hollarda o’zgarishi
Download 35.31 Kb.
|
IMMUN TIZIMI
Timusning yoshga qarab va ba’zi hollarda o’zgarishi. Ayrisimon bez yosh bolalarda juda taraqqiy etgan bo’ladi. Tug’ilgandan to balog’at yoshiga yetguncha uning kattaligi va og’irligi ma’lum bir darajada saqlanib turadi. Jinsiy balog’at yoshiga kelib timusning og’irligi o’rtacha hisobda 37–40 g atrofida bo’ladi. 25–30 yoshdan keyin timusda aks taraqqiyot davri, ya’ni yoshga nisbatan kechadigan involutsiya boshlanadi. Bu jarayon ayniqsa timusning po’stloq zonasida yaqqol ifodalanadi. Bu zonada timotsitlar sononing kamayib borishi, retikuloepitelial hujayralar o’rnida yog’ hujayralarining paydo bo’lishi va makrofaglar sonining ko’payishi kuzatiladi. Involutsiya jarayoni mag’iz zonada ham sodir bo’ladi. Bu zonada ham yuqoridagidek timotsitlarning kamayishi, retikuloepitelial hujayralarning o’rnini yog’ to’qimasi eg’allashi ko’rinadi. Gassal tanachalari esa ancha paytgacha saqlanib qoladi. Shuni ta’kidlash kerakki, o’ta qarigan, ammo sog’ organizmda timusning faoliyati nisbatan sust saqlanib qoladi. 70–75 yoshlarga kelib timusning og’irligi faqat 5–6 g atrofida bo’ladi. Bunda bez parenximasining asosiy qismini yog’ to’qimasi tashkil etib, uning orasida juda kam miqdorda timotsitlar va retikuloepitelial hujayralar uchrashi mumkin. Kamdan-kam holatlardagina timusning yoshga nisbatan involutsiyasi bo’lmasligi mumkin. Bu holat “status thymicolymphaticus” deb atalib, timusda va boshqa periferik immun-himoya organlarida limfotsitlar sonining oshb ketishi bilan ifodaladi. Ko’pincha bu holat buyrak usti bezining po’stloq moddasi ishlaydigan glyukokortikoid gormonlarning yetishmovchiligi bilan birga kechadi. Garchi timusda limfotsitlar ko’p bo’lsada, ularning faoliyati to’liq bo’lmaydi, shuning uchun ham bunday odamlar mikroblar va zaharli moddalar ta’siriga juda chidamsiz bo’ladi.
Timusning yoshga nisbatan, asta-sekin kechadigan aks taraqqiyotidan tashqari, ba’zi bir holatlarda uning tez sodir bo’ladigan involusiyasi ham uchraydi. Bu jarayon aksidental (accidental – tasodifiy) involusiya deb atalib, turli xil o’ta kuchli salbiy ta’surotlar (og’ir jarohatlar, zaharlanish, haddan tashqari ochlik, radiatsiya, SPID virusi va hokazolar) natijasida ro’y berishi mumkin. Bunda timusda, ayniqsa uning po’stloq zonasida, timotsitlarning birdaniga ko’p miqdorda halok bo’lishi (timotsitoliz yoki limfotsitoliz) va ularning makrofaglar tomonidan fagotsitoz qilinishi kuzatiladi. Natijada, po’stloq va mag’iz zonalar orasida chegarani ajratib bo’lmaydi. Aksidental involutsiya davomida retikuloepitelial hujayralarda ham o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ularning sitoplazmasi shishadi va yirik pufaklar bilan to’ladi. Aksidental involyutsiya jarayonida yuqorida qayd etilgan glyukokortikoid gormonlarning ahamiyati kattadir. Chunki bu jarayon doimiy ravishda shu gormonlar miqdorining keskin oshishi bilan birga kuzatiladi.Shuni ta’kidlash lozimki, aksidental involutsiya o’zining qayta tiklanish imkoniyati bilan yoshga nisbatan kechadigan involutsiyadan keskin farqlanadi. Agar organizmga ko’rsatilgan salbiy ta’sirlar to’xtatilsa, timus o’zining oldingi holatiga qaytishi mumkin. Shu tufayli timusda bo’ladigan aksidental involutsiyani ko’ra bilish va uning oldini olish tibbiyot fani uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.Shunday qilib, timus (ayrisimon yoki buqoq bezi) qizil suyak ko’migi bilan birgalikda qon yaratuvchi va immun-himoya organlarining markaziy qismini tashkil qilib, u T-limfotsitlar ishlab chiqarishi bilan bir qatorda immunitet jarayonlarini boshqarishda ham ishtirok etadi. Bundan tashqari, timusda qator biologik aktiv moddalarning ishlanib chiqishi uning endokrin faoliyati ancha taraqqiy etganligidan dalolat beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Almatov K.T, Allamuratov SH.I , “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” Toshkent : O`zMU,2004.-580- bet. Pokrovskiy V.M, Korotko G.F. Fiziologiya cheloveka : uchebnik v dvux tomax.-M: Medisina ,2001 - 467s E.N.Nuritdinov “ Odam fiziologiyasi ”. T. 2005y P.X.Hayitov ,Z.T.Rajamurodov. “Hayvonlar fiziologiyasi”.T.2005y Z.T.Rajamurodov ,A.E.Rajabov, B.M. Bozorov. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” Toshkent. Fan.2009. Download 35.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling