Организмда эндокрин тизим фаолиятини ўрганиш. Вазиятли масалалар


Download 17.19 Kb.
Sana07.05.2020
Hajmi17.19 Kb.
#103967
Bog'liq
Fiziologiya 26- javob


Амалий машғулот 26. ОРГАНИЗМДА ЭНДОКРИН ТИЗИМ ФАОЛИЯТИНИ ЎРГАНИШ.

Вазиятли масалалар

1. Касал сийдигида қанд топилган, унинг суткалик миқдори 200 г. Кўрсатилган ходиса қандай номланади ва унинг сабаби нимада? Қандай қилиб организмнинг қанд йўқотишини бартараф қилиш мумкин?

Javob: Kasal siydigida qandning bo’lishi – glyukozuriya deb ataladi. Bunday holat bo’lishiga sabab insulinning kam yoki umuman ishlab chiqarilmasligidir. Buning natijasida hujayra membranalarida glyukoza va aminokislotalar o’tkazuvchanligi pasayadi va glyukoza qonda ko’payib ketadi. Keyin siydik orqali chiqa boshlaydi. Bu jarayonni normallashtirish uchun organizmga insulin berishimiz lozim. Shunda hujayra membranalarida glyukozaning o’tkazuvchanligi ortib, ko’pgina patologik holatlardan vaqtincha qutilishi mumkin.

2. Жинсий безлар гормонлари иккиламчи жинсий безларни ривожланишида қатнашади. Бу қандай тушунтирилади?

Javob: Bu jarayonni erkaklarda ko’rsatadigan bo’lsak, testosterone – jinsiy a’zo va moyaklarni kattalashtiradi, soqol, past ovoz, qorinning o’rta chizig’I bo’ylab jun paydo bo’lishini ta’minlaydi. Testosteronning ta’sir mexanizmi quyidagicha bo’ladi: Testosteron hujayra ichiga kiradi va faollashadi. Shunda u degidrotestosteronga aylanadi. Keyin yadro va organellalar bilan bog’lanadi. Bu bog’lanish oqsil va nuklein kislota sintezini o’zgartiradi. Keyin ikkilamchi belgilar namoyon bo’ladi.

3. Воситасили калорометрия усулида аниқланганда текширилувчини асосий алмашинуви кераклигидан 40% пастроқ чиқди. Қандай эндокрин безининг функцияси бузилган деб ўйлайсиз?

Javob: Bu holatda qalqonsimon bez faoliyati buzilgan. Ayni shu holat miksedema deyilib, asosiy almashinuv 30-40% ga kamayib ketgan. Buning natijasida organizmda yog’ to’qimalarida yog’ning ortishi, hujayralararo bo’shliqlarda albumin va mutsinning to’planishi, onkotik bosim oshishi hisobiga teri ostida suv to’planish holatlari yuzaga chiqadi.

4. Жинсий балоғатга етганда организм жинсий безларининг инкретор функцияси бошланади. Жинсий безларнинг структура – функционал балоғат даврида бирламчи ва иккиламчи жинсий белгиларнинг ривожланаши тўғри келади. Буни қандай тушунтириш мумкин?

Javob: Androgen o’g’il bolalarda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlantiradi. Lekin 10-11 yoshgacha urug’donda androgenlar ishlab chiqaruvchi faol glandulotsitlar bo’lmaydi. Lekin glandulotsitlardan testosterone gormoni homiladorlik davrida va tug’ilgandan so’ng 1 necha hafta davomida ishlab chiqariladi. Bu gormon yo’ldosh tomonidan ishlab chiqarilgan gonadotropin ta’sirida yuzaga chiqadi.

5. Ҳомиладорлик вақтида аёлнинг ташқи кўринишида вақтинчалик ўзгаришлар кузатилади, улар орасида юзнинг диспропорцияси ва унинг ўткирлашиши, панжа ва товонларнинг катталашиши. Буни қандай тушунтирасиз?

Javob: Homiladorlik davrida ayolning yo’ldoshi ham gormon sintezlaydi. U ishlab chiqargan gormon gipofiz va tuxumdonlardan chiqadigan gormonlarning o’rnini bosa oladi. Shunday ekan gipofiz bezi funksiyasi katta yoshli odamda kuchaysa akromegaliya bo’lar edi. Huddi shunday holatda, yo’ldosh + gipofiz gormonlari= qisman akromegaliya.

6. Трансплантологияда органларни бир организмдан иккинчи организмга ўтказилганда (юрак, буйраклар, тери) гормонотерапия курси мажбурий хисобланади. Қандай гормонлар керак бўлади?

Javob: organizmga biror organ ko’chirib o’tkazilganda organism u organni “BEGONA” deb qabul qilib, yo’q qilishga harakat qiladi va har tomondan immunitet jangchilari tashlanadi. Shu immunitetni pasaytirish uchun va organning adaptatsiyasini ta’minlash uchun glyukokortikoid gormonini to’g’ri taqsimlab berish lozim. Bu gormon antitelolar hosil bo’lishini, fagotsitoz jarayonini pasaytiradi. Qonda limfotsitlarni kamaytiradi.

7. Ҳомиладорликни аниқланганда қатор текширишларда аёлнинг сийдигидан фойдаланилади. Бу нимага асосланган?

Javob: Homiladorlikda yo’ldosh – estrogen, progesterone va xorion gonadotropin ishlab chiqaradi. Shularning ichida gonadotropin gormoni siydik orqali ko’p chiqib turadi. Mana shu gormon orqali homiladorlik testini o’tkazish mumkin bo’ladi.
Download 17.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling