Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar
Download 3.65 Mb.
|
MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fotoperiodizm
- Harorat va organizm
Fotoperiodlik. Yerning quyosh atrofida aylanishi natijasida unga tushayotgan yorug'lik davrlar bo'yicha o'zgaradi. Buning natijasida fasllar, kun va tunning uzun yoki qisqaligi kelib chiqadi. Yorug'likning ta'sir qilish tezligiga qarab o'simliklar o'zlarining hayot-faoliyatini o'zgartiradi. Yorug' kunning uzunligi va haroratning o'zgarishiga qarab organizmlar «vaqtni aniqlaydi», yorug'lik parametrlari miqdorini belgilaydi. Organizmlarning kunduz bilan tunni farqlay olishi, shunga qarab ularning o'zgarish xislatlari fotoperiodizm deyiladi.
Fotoperiodizmning mohiyati kunduz va tunning almashishi ta'sirida organizmlarda yuzaga keladigan morfologik, biokimyoviy fiziologik xususiyatlar va funksiyalarning almashishi, uzun va qisqaligi qat'iyan geofizik qonunlar asosida o'tadi va hech qachon o'zgarish chizig'idan chiqmaydi. Fotoperiodizm - asosiy turtki (signal) omili bo'lib, organizmlarning hayot-faoliyatini kun va fasllar davomidagi maromlarini boshqarib turadi. O'simliklarning o'sish, ko'payish va rivojlanishiga bog'liq hamma jarayonlar fotoperiodizm nazorati ostida o'tadi. O'simliklardagi fotoperiodik effekt, ularning aktiv sintez davrida gullashi va urug'lanishi, mevasining pishishi bilan yuzaga keladi. Shunday qilib, yorug'lik o'simliklar uchun fotosintez jarayonini o'tab, biosferada energiya va organik modda hosil qilish uchun kerak bo'lib, hayvonlar uchun esa muhit va undagi boshqa jonzotlar bilan munosabatda boiishda informator rolini o'ynaydi. Harorat va organizm Yer yuzida organizmlarning o'sishi, kq'payishi, rivojlanishi va tarqalishi asosiy ekologik omillardan biri bo'lmish harorat, uning issiqlik miqdori, turli tabiiy mintaqalarda vaqtning o'zgarib turishiga bog'liqdir. Koinotda harorat juda katta darajada o'zgarib turadi. Masalan, Antarktikaning muzli cho'llarida harorat -88°C ga pasaysa, Yer yuzining suvsiz cho'llarida soyada +58°C ga ko'tariladi. Hattoki Markaziy Ovro'paning ixotazorlar o'rtalarida yozning issiq kunlari kun o'rtasida harorat 40°C gacha ko'tarilsa, O'rta Osiyoda soyada 40-44°C, janubiy tumanlarda 50-54°C ga yetadi. Bir yashash sharoitida qishki va yozgi harorat o'rtasidagi ekstremal harorat 80°C ni tashkil qilishi mumkin. O'rta Osiyoda 60-70°C, Sahroi Kabirda haroratning kunlik tebranishi 50°C ga boradi. Ekvator chizig'idagi Galapagos orollarida har qanday oyning o'rtacha harorati 27°C ga teng. Yer yuzasida uchraydigan tirik jonzotlar -200°C dan + 100°C gacha bo'lgan haroratda uchraydi, lekin ko'pchilik turlarning hayot-faoliyati ma'lum doirada o'tadi. Issiqlik omilining mohiyati, atrof-muhit harorati ta'sirida organizmlarning tana harorati o'zgaradi. Harorat organizmlaming o'sish, ko'payish, ular tanasida bo'lib o'tadigan kimyoviy jarayonlar va modda almashinishiga ta'sir qiladi. Shu jarayonlarning o'tish tezligi ham haroratga bog'liqdir, ya'ni haroratning 10°C ga ko'tarilishi bilan ma'lum chegaraga organizm tanasidagi reaksiya 2-3 marta tezlashadi. Buni Vant-Goff qonuni deb ham aytiladi. Harorat ta'sirida tiriklikning chegarasi 0° dan 50°C gacha deb belgilanadi va shu chegarada oqsil ferment, vitamin va boshqa moddalarning tuzilishi hamda funksiyasi buzilmaydi. Lekin Yer yuzasida uchraydigan tirik organizmlarning hayotchanligi chegarasi ancha keng, ya'ni: HARORAT, °C
Download 3.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling