Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar


Download 3.65 Mb.
bet8/33
Sana10.11.2023
Hajmi3.65 Mb.
#1761521
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
MARUZA

Ekosistemalarning tuzilishi. Ekosistemalarning asosiy xususiyatlaridan biri- bu yer usti muhiti, chuchuk suv, dengiz yoki sun’iy ekosistemalarda uchraydigan avtotrof va geterotrof organizmlar o’rtasidagi munosabatlardir. Ekosistemalar trofik (oziqlanish) tuzilishi bo’yicha quyidagi pog’nalarga bo’linadi:

1.Yuqori avtotrof (mustaqil ovqatlanuvchi) pog’ona yoki “yashil pog’ona” bu pog’onali o’simliklar yoki ularning qismlari tashkil qiladi. Ular o’z tanalarida organic moddalar to’playdi

2. Pastki geterotrop pog’ona (boshqalar bilan ovqatlanish)da tuproqda to’plangan turli qoldiq (barg, shox, ildiz)lar namlik yurdamida chiriydi, moddalar bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga otadi. Va murakkab birikmalar hosil bo’ladi.

Biologik nuqtai nazaridan ekosistema tarkibida quyidagi komponentlarni ajratish mumkin, ya’ni:

1. Neorganik moddalar (C, N2, H2O, CO2) 2. Organik moddalar Biotik va abiotik qismlarini birlashtiradi

3. Havo, suv va substrak muhitlar bo’lib,ular iqlimning hamma fizikaviy omillarini o’z ichiga oladi.

4. yashil o’simliklar 5. Geterotrof organizmlar- makro va mikro konsumentlar, fagotroflar, tayyor birlamchi mahsulotlar hisobiga yashaydigan hayvonlar, saprotroflardan- chirindilar holatiga o’tkazadigan organizmlar majmualariga –redutsentlar yoki destruktorlar kirib, ularni bakteriyalar, zamburug’lar, soda tuzilgan va o’lik organic moddalar bilan oziqlanadigan organizmlar tashkil qiladi. Trofik tuzilishdagi qonuniyatlar ikki kategoriyaga bo’linadi: 1. biofaklar- tirik organic moddalar bilan oziqlanuvchilarva saprofaklar- o’lik organic moddalar bilan oziqlanuvchilar. Biofaklar ichida fitofaklar- o’txo’r hayvonlar, insonlar, parazitlik birlamchi konsumentlar, yirtqichlar, ikkilamchi, uchlamchi konsumentlar uchraydi.

Ekosistemalarda biogeoximik sikllar va xillari. Ekosistemalarda materiyaning bir formadan ikkinchi formaga o’tishi, kimyoviy moddalarning biosferada aylanishi, ya’ni tashqi muhitdan organizmga va undan tashqariga o’tishi elementlarni doimiy sirkulyatsiya qilishi natijasida vujudga keladi. Bu holatlar katta yoki kichik berk aylanma harakati bo’lib, u biogeoximik deb ataladi. Hayotga kerakli elementlar, moddalar va neorganik birikmalar harakati ozuqa elementlaining aylanishi deyiladi. Har bir moddaning aylanishida 2 holat ajratiladi:

1. Rezerf fondi-nobiologik komponentlaridan hosil bo’lgan, sekin harakat qiluvchi moddalarning ko’p massasi

2. Harakatchan yoki almashinadigan fondi-bu kichik, lekin aktiv modda, uning uchun organizmlar o’rtasida va ularni o’rab turganmuhitda tez almashish xarakterlidir. Biosferada o’tadigan biogeoximik, sikllari 2 asosiy turga bo’lish mumkin.

1. Atmosfera yoki gidrosfera (okean)da rezerf fondli gazsimon moddalarning aylanishi

2. Yer qobig’i rezerv fondli cho’kmasi

Tabiatda uchraydigan90 dan ortiq elementlarni 30-40 tasi tirik organizmlar uchun kerak va shu moddalar organizmlar protoplazmasida bioximik sintez jarayoni uchu zarurdir.

Ular ichida eng kerakli- C, N2, H2, O2, P kabilar bo’lib, boshqalari uncha ko’p bo’lmagan holda talab chilinadigan Ca, Fe, K, Mg elementlaridir. Bu elementlar vaqti- vaqti bilan tirik materiyadan noorganik materiyaga o’tib, ma’lum darajada bioximik sikllar qatnashadi.


Download 3.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling