Organizmlarning ko’payishi
Download 431.94 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5433971100818084363
Gomeostaz. Organizm doimo o‘zgarib turadigan muhit sharoitlarida yashaydi. Tashqi muhit omillari
ta’sirining o‘zgarishiga qaramay, tirik organizmlarning o‘zining morfologik, anatomik, fiziologik xususiyatlarini, kimyoviy tarkibini va ichki muhitini nisbatan doimiy saqlay olish xususiyati gomeostaz deyiladi. Gomeostazni ta’minlashda immunitetini ta’minlovchi tizimlar, regeneratsiya muhim ahamiyatga ega. Regeneratsiya deb organizmlarning hayot faoliyati davomida yoki biron ta’sir natijasida yashash muddati tugagan yoki shikastlangan hujayralar, to‘qimalar yoki a’zolarning qayta tiklanishiga aytiladi. Bioritmlar. Organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik ravishda, ya’ni kecha-kunduz, oy davomida hamda mavsumiy o‘zgarib turadi. Tirikorganizmlarning hayotiy faoliyati ritmik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lib, evolutsiya natijasida shakllanadi va bioritmlardeb ataladi. Bioritmlar – tabiiy tanlanishning natijasidir. Yashash uchun kurashda o‘z biologik jarayonlarini ritmik o‘zgarishlariga moslashtira olgan organizmlar saqlanib qoladi. Bir sutka davomida organizm fiziologik jarayonlarining ritmik o‘zgarishi kecha kunduzlik bioritmlar deyiladi. Odamning tana harorati, arterialbosimi, kecha kunduz davomida ritmik o‘zgarib turadi. Hujayralarning mitoz bo‘linishining tezligi, qon shaklli elementlarining miqdori ham kecha- kunduz davomida ritmik o‘zgaradi. Mavsumiy bioritmlarga fotoperiodizm misol bo‘ladi. Organizmlar yil davomida kun uzunliginingo‘zgarishiga moslashadi va ularda kechadigan fiziologik jarayonlar almashadi. Mavsumiy bioritmlar natijasida daraxtlarning gullashi, xazonrezgilik, hayvonlarning tullashi, qishki uyquga ketishi kabi hodisalar kuzatiladi. Anabioz. Hayotiy jarayonlarning davom etishi noqulay bo‘lgan muhit sharoitida organizm anabioz holatiga o‘tadi. Anabioz holatidagi organizmlarda moddalar almashinuvi sekinlashadi. Anabioz noqulay sharoitlarga organizmlarning muhim moslashish mexanizmlaridan biridir. Mikroorganizmlarning sporalari, o‘simliklar ning urug‘lari, hayvonlar sistalari, tuxumlari anabiozga misol bo‘ladi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling