Organizmning markaziy nerv sistemasi orqali ichki yoki tashqi muhit omillari


Download 61.43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.10.2023
Hajmi61.43 Kb.
#1717300
Bog'liq
Reflekslar - Vikipediya



Reflekslar
Reflekslar — organizmning markaziy nerv sistemasi orqali ichki yoki tashqi muhit omillari
taʼsiridan retseptorlar qoʻzgʻalishiga javob reaksiyasi. R.ning tuzilish mexanizmi reflektor yoydan
iborat. Bunda retseptorlar taʼsirotni qabul qilib, sezuvchi (afferent) nervlarga, ular miya
markaziga, markaziy nerv sistemasi qoʻzgʻalishi miyadan harakat organlariga uzatuvchi
(efferent) nervlarga, ulardan effektorlar — muskullar, bezlar hamda ichki aʼzolarga oʻtkazadi. R.
aʼzolar ishini va ularning oʻzaro taʼsirini tartibga keltirishda (qarang 
Gomeostaz
), organizm bir
butunligini sak,lash hamda yashash sharoitiga moslanishda katta ahamiyatga ega.
R. haqidagi dastlabki tasavvurlarni fransuz filosofi va tabiatshunosi R. Dekart ilgari surgan. 18-
asrda R. va reflektor apparat toʻgʻrisidagi taʼlimotga shveysariyalik A. Galler, chex Y. Proxaska,
shotland Ch. Bell, fransuz F. Majandi va boshqa oʻz hissasini qoʻshdi. 19-asrning 2-yarmiga kelib,
reflektor (avtomatik, ixtiyorsiz), shuningdek, ixtiyoriy harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
toʻplandi. I. M. Sechenov oʻz asarlarida "hayotdagi barcha ongli va ongsiz aktlar butun mohiyati
bilan R.dir" degan edi. Bu tushunchani I. P. Pavlov oliy nerv faoliyati toʻgʻrisidagi taʼlimotda
rivojlantirdi. I. P. Pavlov barcha R.ning kelib chiqishi, mexanizmi va biologik ahamiyatini hisobga
olib, tugʻma R.ni shartsiz reflekslar va hayot davomida orttirilgan R.ni shartli reflekslarta ajratdi.
R. turiga qarab, millisekunddan bir necha sekundgacha davom etadi. Qoʻzgʻalish reflektor yoyda
faqat bir yoʻnalishda — afferent neyrondan efferentga tomon oʻtkaziladi. Bu xususiyat
neyronlararo qoʻzgʻalishni uzatish paytida ajralib, sinaptik tutashishni vujudga keltiruvchi
kimyoviy moddalar (mediatorlar)ta bogʻliq. R. aloxidaalohida kechmasdan, maʼlum funksional
hamda biologik ahamiyatga ega boʻlgan murakkab reflektor aktlarga birlashadi (Mas, ogʻriqni
sezish natijasida hosil boʻladigan reflektor R. da bir muskul qisqarsa, ikkinchisi boʻshashadi,
nafas hamda yurak faoliyati oʻzgaradi va h.k.). Ichki aʼzolar kasalliklari natijasida patologik R. roʻy
berishi mumkin. Mas, oʻpka arteriyasi ichki pardasining maʼlum kiyem iga yot tana taʼsirida yurak
ishi toʻxtaydi (shartsiz patologik R.), obhavo yomon paytda toqqa koʻtarilayotganda yurak toj


tomirlarida spazm roʻy beradi, xuddi shu holat obhavo yaxshi vaqtda ham xuddi oʻsha joyda
takrorlanishi mumkin (shartli patologik R.). Shartli patologik R. takror taʼsirot bilan
mustahkamlanmasada, uzoq vaqtgacha saqlanadi.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Refleks
lar&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Reflekslar&oldid=2388643

dan olindi
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 6 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi

Download 61.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling