Geliogen tezlashish nazariyasi - muallifi doktor Kox (1935 y), u amaliyotga
«akseleratsiya» tushunchasini kiritgan, uning nazariyasiga ko'ra, o'sishni
tezlashishini chaqiruvchi birlamchi qo'zg'atgich quyosh hisoblanadi. Yaxshi
turmush sharoitlari va yoritilganlik, ochiq havoda uzoq muddat bo'lish, kaloriyali
ovqatlanish, bola organizmini D vitamini bilan ta'minlanganligi va jadal
insolyatsiya — akseleratsiya sodir bo'lishiga yordam beruvchi omillar hisoblanadi.
Lekin, ushbu nazariya, shahar va qishloq bolalari, yaxshi va kam ta'minlangan
oilalardagi bolalar o'rtasidagi. rivojlanish tezligi darajasidagi farqlanishni tushintira
olmaydi.
Lents bildirgan fikrga ko'ra, oxirgi 100 yil davomida AQSH va Yevropa
mamlakatlarida go'sht va yog'ni iste'mol qilishning ortishi rivojlanishni
tezlashishiga olib kelgan asosiy sababdir. Oqsil va yog'larining akseleratsiyani
chaqiruvchi ta'siri Lentsning fikricha gipofiz va qalqonsimon bezning ishtirokida
amalga oshiriladi. Lekin, tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, antropometrik
ko'rsatkichlarning kattalashishi ushbu mahsulotlarni iste'mol qilishga nisbatan
ortiqdir.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |