Организмнинг улғайишидаги ўзгаришлари ва даврлари
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinfda oqiyotgan qiz bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi korsatkichlari
Umurtqa pog'onasi. Umurtqa asosan alohida – alohida umurtqa suyaklarning
umurtqalararo tog'ayli disk qavati yordamida ustma –ust joylashuvidan hosil bo'ladi. Umurtqa pog'onasi skelet o'qi va tayansi hisoblanadi. Tana uzunligining 40 % ini tashkil etadi. Yosh kattalashgan sari disklarning balandligi pasayadi, umurtqa ustunining o'sishi 1-2 yosh davrida jadal sur'atda sodir bo'ladi. Hayotning birinchi 1,5 yilida uning turli qismlarini o'sishi bir tekis bo'lib, keyinchalik 3 yoshgacha bo'yin va yuqori ko'krak pog'onalarini o'sishi susayadi va bel pog'onalarining o'sishi kuchayadi. Bu jarayon umurtqa pog'onasining keyinchalik o'sishi davrida ham davom etadi. Umurtqaning o'sish tempini kuchayishi 7-9 yoshda va jinsiy balog'atga yetish davrida kuzatiladi. Keyinchalik bo'yiga qo'shilishi juda kam bo'ladi. Suyaklarning qotish jarayoni xomila davridayoq boshlanadi va bolalik davrining barcha yoshlarida davom etadi. Bola 14 yoshga to'lgunga qadar umurtqaning o'rta qismlari suyaklari qotadi. Jinsiy balog'atga yetish davrida plastinkalar ko'rinishidagi yangi nuqtalar paydo bo'ladi, ular 20 yoshga kelib umurtqa tanasi bilan qo'shiladi. Suyaklarning qotish jarayoni 21-23 yoshga kelib yakunlanadi. Umurtqa pog'onasi kanali ichida orqa miya joylashgan, uni tashqi ta'sirlardan saqlab turadi. Umurtqa pog'onasi yuqorigi va pastki kamar og'irligini yengillashtiradi, umurtqa yoylari va tanalaridan hosil bo'lgan teshiklar tutashib, umurtqa kanalini hosil qiladi. Umurtqa pog'onasini yonida umurtqalararo teshiklar bo'lib, bu teshiklardan orqa miya nervlari va qon tomirlar o'tadi. Umurtqa pog'onasi 33 – 34 umurtqadan tashkil topgan bo'lib, besh qismdan bo'yin – 7 ta,
31
ko'krak – 12 ta, bel – 5 ta, dumg'aza – 5 ta, dum – 4 -5 ta umurtqalardan iborat bo'ladi. Katta odamning umurtqa pog'onasida 4 ta egrilik bo'ladi. Birinchi egrilik bo'yin qismida bo'ladi va oldinga qarab bo'rtib chiqadi. Ikkinchisi ko'krak qismida, uchinchisi bel qismida, to'rtinchi egrilik dumg'aza va dum umurtqalarida hosil bo'lib, orqaga qaragan bo'ladi. Bu egriliklar bola yurganda bilinadi, yotganda ular yoziladi. O'smirlik davrida bel egriligi vujudga keladi. Umurtqa pog'onasining suyaklari tez o'sish jarayoni o'g'il bolalarda qiz bolalarga nisbatan kechroq tugaydi. SHuning uchun bolalarda parta stollarda qiyshiq o'tirganda turli qiyshayish xollari kuzatiladi. Bu bola qaddi qomatini buzilishi bilan ba'zan umurtqa pog'onasining bir tomonga qiyshayib qolishiga skalioz va boshqalarga sabab bo'ladi. Umurtqa pog'onasining bo'yin va bel qismi juda harakatchan. Umurtqa pog'onasi bukiladi va yoziladi, o'ng va chapga egiladi, shuningdek, ko'ndalang o'q atrofida buriladi. Uning harakatchanligi kattalarga qaraganda bolalarda ancha ortiq bo'ladi. Katta yoshdagi erkaklarda umurtqa pog'onasining uzunligi 75 sm, ayollarda 68 sm bo'ladi.
Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling