1. Somatometrik kuzatishlar
Bo'y uzunligini o'lchash. Maxsus bo'y o'lchagich (rostomer)
yaxshilab o'rnatilib, sinaluvchini uning platformasiga chiqariladi. O'quvchi
rostomer platformasiga chiqqan vaqtida ichki kiyimigacha yechilgan, qo'li pastga
tushirilgan, oyoq kiyimsiz bo'lishi kerak. SHuningdek, rostomerning
santimetrlarga bo'lingan ustiniga gavdaning uchta nuqtasi, boshini ensa qismi,
ko'raklar oralig'i va oyoq tovonlari juft holatda tegib turishi zarur. Rostomer
ustunidagi surguchini boshning yuqori qismiga yaxshi tekkuncha surib kelinadi.
Bunda ko'zlarning chekka burchaklari quloq suprasining yuqori qismi bilan bir
tekislikda yotishi kerak. Surgich ko'rsatgan shkala sinaluvchining bo'y uzunligi
bo'lib xisoblanadi. O'lchash aniqligi 0,5 sm.
Do'stlaringiz bilan baham: |