1. Ona qornida rivojlanish davri. Ushbu davr, homila ovqatlanish, nafas
olish, harorati va boshqa omillari masalalarida ona organizmi bilan to'liq bog'liqdir.
Bu davrda homilaning o'sishi va rivojlanishi tez sodir bo'ladi.
2. Yanga tug'ilgan davri. Bu davr 2 - 3 xaftani tashkil qiladi. Ushbu davr
tug'ilish momentidan boshlanib, to 2,5 — 3,5 haftagacha davom etadi va
organizmni tashqi muxit sharoitiga moslashuvi bilan tavsiflanadi. Yangi
tug'ilgan bolada ilk bor o'pka orqali nafas olish sodir bo'ladi va o'pkada qon
aylanish funktsiyasi boshlanadi. Ona organizmi orqali ovqatlanish o'rniga bolashga
shaxsiy ovqat hazm qilish trakti funktsiyasi orqali ovqatlanishi amalga oshadi,
analizatorlar ham organizm faoliyatida faol ishtirok etadi. Ushbu davrda
homilani oziqlanishini ta'minlaydigan tizimning uzilib tushishi va kindik
yarasini tuzalishi sodir bo'ladi, tana og'irligini oldin kamayishi so'ngra esa,
tiklanishi va ortishi boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |