O`rgimchaklar haqida qiziqarli ma`lumotlar
Download 1.41 Mb.
|
orgimchak prezentatsiya
5. Ayrim o‘rgimchaklar uchishni yoqtiradi. Bu usulni, asosan yosh, vazni kichiklari qo‘llaydi. Uchish uslubi juda oddiy: ipiga osilib olib, o‘zini shamolning ixtiyoriga topshiradi-da, uchaveradi-uchaveradi. Uzoq masofalarga ketib qolishdan qo‘rqmaydi. Eng qizig‘i, o‘rgimchaklar uchishda Yerning magnit maydonidan ham foydalanishlari mumkin. Ajoyib-a?! Avstraliyaning ayrim hududlarida ommaviy ravishda uchayotgan o‘rgimchaklarni uchratish mumkin. Ularni yerdan kuzatib turilsa, xuddi osmondan tushib kelayotganga o‘xshaydi.
6. Diametri 30 santimetr keladigan taqsimchadek o‘rgimchaklar ilk bor 2001-yilda Laosdan topilgan. Og‘irligi ham salmoqligina. O‘shandan beri uni ulkan ovchi o‘rgimchak, deb atashadi. U to‘r to‘qimaydi. O‘z o‘ljasini poylab turib ovlaydi. Qushlarga ham bemalol hujum qila oladi.
7.Dunyodagi eng yirik o’rgimchaklardan biri goliaf qushxo’r o’rgimchagi (Theraphosa blondi) bo’lib, uni ilk marta 1804 yilda fransuz entomologi Pyer Andre Latrey kashf qilgan. Xalqaro o’rgimchaklar katalogi ma’lumotlariga ko’ra ushbu tur Venesuela, Braziliya va Gayana mamlakatlari hududida uchraydi. 1965-yilda Venesueladan tutilgan goliaf qushxo’r o’rgimchagining kattaligi 28 sm (!) ni tashkil etgan.
Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling