Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences volume 1


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana21.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1106405
1   2   3   4   5
Bog'liq
isajon-sulton-hikoyalarida-bo-ri-obrazi

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
316 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
Bo‘rining qishloqdoshlari tomonidan topib o‘ldirilishi otaning ruhiyatiga qattiq 
ta’sir qiladi.CHunki u bo‘riga duch kelganida o‘ldirmaganligining sababi bolalari bor 
degan to‘siq edi U o‘zi va bo‘rini “oilaboshi “deb ataydi. 
“ – Oyga qarab uvillagim kelyapti, -xotin, -debman. SHundan so‘ng to‘liqib-
to‘liqib rosa gapiribman. Bilasanmi, ichimda bir bo‘ri bor debman. Meni ko‘cha-
ko‘yda indamas,yuvosh bir odam bo‘lib yurishimga qarama.Umrim bo‘yi ichimdagi 
o‘sha bo‘ri tashqariga chiqib ketmasin deb urinib keldim.Endi esa hech bo‘lmasa, shu 
kecha qorong‘usida hamma uxlab dong qotib yotgan mahalda oyga qarab cho‘zib-
cho‘zib uvillasam .....dermishman”
4

Xalq og‘zaki ijodi namunalariga nazar tashlasak bo‘ri turlicha talqin 
qilinadi .Ba’zi manbalarda baxt keltiradi deyilsa,ertaklarda qonxo‘rlik ramzi sifatida 
talqin qilinadi.Qahramonda ham qishloqqa oralagan bo‘riga nafrat yo‘q, aksincha 
unga havas qiladi, kuyunadi,hatto uning holatiga yig‘laydi. 
Biz bo‘ri obrazini yozuvchining “Tuman” nomli hikoyasida ham kuzatamiz. 
“ – Aka ,chiyabo‘rimi? 
– Bo‘rini naq o‘zi , -deb javob qilda katta aka. 
–Yo‘g‘e qishda itlar ham shunaqa uvillaydi-ku? 
– It boshqacha uvillaydi”
5
Hikoyada sovuq tuman kunda uch akasiga qo‘shilib yobondan o‘tin kesishga 
chiqqan kenja ukaning qo‘rquvi, hayajoni, akalarini oldida izza bo‘lishi lekin o‘sha 
qo‘rquvni engib akalariga ergashganini ko‘ramiz. Aslida ukalari uchun 
“shafqatsiz”deb aytilgan akani hayot erta etiltirgan, ota vafoti tufayli turmush 
tashvishlarini ancha erta tortgan edi. U ukasiga nisbatan ham yaxshi ma’noda 
“shavqatsiz”bo‘ldi, shunday tarbiyaladi. Vaqti kelib akalar birin-ketin imorat solib, 
ro‘zg‘orini bo‘lak qilib ketishganda onaizorning yonida shu kenja o‘g‘il qoldi. 
Ketjatoy ham akalari istaganday ko‘ngli qattiq, “shafqatsiz” erkak bo‘lib etishdi. 
Bu hikoyada ham tuman qoplagan o‘sha sovuq kunda yobonda ukalarini 
yolg‘iz qoldirib kuzatishadi, u uvillagan bo‘rini ovozidan cho‘chiydi, yig‘laydi, borib 
akalarini onasiga yig‘lab aytib bergisi keladi, biroq bu safar bunday qilmaydi. Adib 
bo‘ri obrazini ikki hikoyada ikki xil tasvir bilan beradi. “Bo‘ri” hikoyasida qahramon 
bo‘ri bilan uchrashadi, ko‘zi ko‘ziga tushadi, “Tuman” nomli hikoyada esa askincha 
uchrashmaydi, ko‘rmaydi, faqatgina ovozini eshitiladi. Biroq ikkala asarda ham 
qahramonning ruhiy holatini tasvirlashda muallif bo‘rining ijobiy jihatlaridan 
foydalangan, qahramonlar uchun bu obraz havas qilinidagan, intiladigan mardlik, 
4
https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/isajon-sultonov/irsazhon-sulton-b-ri-ikoya/
5
https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/isajon-sultonov/isajon-sulton-tuman-hikoya/ 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling