Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences volume 1


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1148121
1   2   3   4
Bog'liq
xitoy-ierogliflari-haqida-umumiy-ma-lumot

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
21 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
Murakkab ierogliflarning paydo bo‘lishi va shakllanishi mavxum so‘z va 
tushunchalar miqdorining o‘sib borishi bilan izoxlanadi. Yangi so‘zlarni oddiy 
piktogramma va belgilar bilan yozuvda ifodalashning imkoni yo‘q edi. Yangi 
so‘zlarni hosil qilish piktogrammalar va belgilarni qo‘shish orqali hosil qilindi va 
bunda yangi so‘zning ma’nosi va yangi so‘z tarkibidagi piktogramma ma’nosi 
o‘rtasida bog‘liqlik bor edi. Masalan, 木 mu – daraxtni anglatadi, ikkitasi birgalikda 
murakkab ieroglifni tashkil etib, 林 lin (o‘rmon) morfemasini hosil qiladi, uchtasi bir 
ieroglifga birlashib, “changalzor” deb ataladi va soya ma’nosini beradiIdeogrammalar 
murakkab sintetik belgilar bo‘lib, odatda ikkita belgidan iborat bo‘ladi va bu belgilar 
ma’no jihatdan ideogramma ma’nosiga aloqador bo‘ladi. Ideogrammaning ikkala 
qismi ham ma’no anglatadi, faqat ideogrammaning talaffuzi uning qismlarining 
talaffuziga bog‘liq bo‘lmaydi. Talaffuzdagi bu nomuvofiqlik xitoy ieroglifining 
ideogrammalariga xos xususiyat hisoblanadi. Ideogrammalar hosil qila olish mavxum 
so‘zlarni ifodalashda juda qo‘l keladi. Ideogrammalar orqali so‘zlar yasash 
imkoniyati paydo bo‘lgan bo‘lsada, amalda yangi xosil qilingan so‘zlarni yodda 
saqlash mushkul edi. Bu odatda ma’nosi o‘xshash so‘zlarning barida asosiy so‘z 
ishtirokini talab qilar edi. Shu kabi ideogrammalar bilan bog‘liq murakkabliklar 
ieroglif yozuvida fonetik usul keng tarqalishiga olib keldi. Bunda so‘zlarning 
ohangidagi farqni yozuvda ifodalash uchun ko‘rsatkichlardan foydalanildi. Misol 
uchun, 马 ma ieroglifi, “ot” ma’nosini beradi, deyarli shunga oxangdosh so‘z 吗 ma 
ieroglifi esa (qo‘shimcha nü (ayol) belgisi bilan) ona ma’nosini beradi, quyidagi 
so‘zlarga e’tibor bering: 骂 ma-“so‘kmoq” (口 kou-“og‘iz” belgisi bilan); 蚂 ma-



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling