Oriental universiteti taqdimot Gurux: 2/19 Fan: Jaxon tarixi Bajardi: Ametova Nargiza Tekshirdi: 2022 y Ma’ruza 2


Download 41 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi41 Kb.
#1542487
1   2   3
Bog'liq
Toxirova Maxfiratxon

Islomning vujudga kelishi. Muhammad (s.a.v.)ning payg‘ambarlik faoliyatlari

Ana shunday bir sharoitda Hoshim urug‘idan bo‘lmish unchalik badavlat bo‘lmagan savdogar Abdullohning o‘g‘li Muhammad yangi din asoschisi va payg‘ambari sifatida maydonga chiqdi. Taxminan 570 yilda dunyoga kelgan Muhammad 6 yoshida yetim bo‘lib qoldi va bolaligida o‘z amakisi Abu Tolib qo‘ylarini boqdi, o‘smirligida esa bir necha marta Suriya va Falastinga karvonlarni kuzatib borgan tuyalar jilovdori bo‘lib ishladi. Ko‘p sayohatga chiqqani holda u turli-tuman jamoatlar namoyandalari bilan tez-tez uchrashib turdi va din haqida suhbatlar qurdi. Ayniqsa, uning Suriya janubdagi Busrada, ismiga qarab xulosa chiqarilsa arab bo‘lmish, xristian rohibi Buhayra bilan uchrashuvi qiziqarli va mashhurdir. Butun umr savdosiz bo‘lib qolgan Muhammad, shunga qaramasdan, ajoyib beri xotiraga ega bo‘lib, ko‘rgan va eshitganlaridan ko‘p narsalarni yaxshi eslab qolar edi. Badavlat beva bo‘lmish Xadijaga uylanib, u moddiy jihatdan mustaqil bo‘lib oldi. Bu esa unga milodiy 610 yil boshlanishiga yaqin qolganda targ‘ibot qilishga kirishgan yangi ta’limotni ishlab chiqish uchun vaqt va imkoniyat havola etgan edi.


Muhammad o‘z ta’limotida o‘zi yashab turgan jamiyatga tatbiq etishga urinib ko‘rgan holda barcha yakkaxudolik — monotestik dinlar bilimlarini birlashtirdi. Uning ta’limoti «islom» («itoatkorlik»), Payg‘ambarning tarafdorlari esa «muslimun» («musulmonlar») deb nom oldi. «Kalimayi shahodat» Islom ramziga aylandi, ya’ni: «Lo iloha lil Alloh, Muhammadun Rasulil Alloh», chunonchi: «Ollohdan o‘zga iloh yo‘qdir, Muhammad esa Olloh elchisidir». Shu tariqa Muhammad payg‘ambar har qanday butparastlik va qabila sanamlari kultini rad etgan holda yakkaxudolik tamoyilini ta’sis etdi. Muhammad o‘zi esa payg‘ambar deb e’tirof etildi, ammo u yolg‘iz emasdi, «zero, (Muhammad) o‘ziga qadar ham nabiylar o‘tgan payg‘ambardir» (Qur’oni karim, «Oli Imron» surasi, 138-oyatdan). Aynan shu narsada boshqa monoteistik dinlarga vorisiylik ifodalangan edi. Bundan tashqari, dastlabki kezlarda Muhammad yakkaxudolikning barcha tarafdorlari — xristianlar, yahudiylar, hanifiylarni barcha ma’jusiylar va butparastlarga qarshi saflarini jipslashtirishga intilgan edi. Aynan hanifiylar o‘sha kezlarda arablar orasida ko‘pchilikni tashkil etardi. Muhammad Xudoni «Rahmon» deb emas, balki «Olloh» deb atadi, ya’ni qurayshiylarning qabila ilohi nomini berdi, «Rahmon» so‘zi esa («rahmdil» ma’nosini anglatadi) Ollohning eng asosiy epitetlaridan — ismi a’zamlaridan biriga aylandi (xuddi «mehribon» ma’nosini anglatuvchi «rahim» so‘zi singari).
Payg‘ambar o‘z ta’limotini Olloh tomonidan nuzul etilgan oyatlar shaklida bayon etardi. Izdoshlari — sahobalari esa ularni ko‘p marta takrorlagan va qiro’at bilan o‘qigan holda yodlab olar edi. Keyin esa oyatlarni xurmo yaproqlariga, toshlar va suyaklarga yozib qo‘yadigan bo‘ldilar. Keyinchalik esa, Muhammad vafot etganidan so‘ng ular musulmonlarning muqaddas kitobi — Qur’onni tarkib toptirdi. Taqvodor musulmonlar e’tiqodiga ko‘ra, Qur’on abadiy mavjud bo‘lgan farishta Jabroil (Gavriil) orqali 22 yil davomida Muhammad payg‘ambarga yetkazib turilgan ekan.
Makka aslzodalarining ayrim yon berishlariga qaramasdan, umuman olganda, yangi ta’limot o‘taketgan badavlat Umayya urug‘i — klani boshchiligida qurayshiylarning oliy tabaqaga mansub kishilari tomonidan rad etildi. Ana shu aymoq boshlig‘i Abu Suf’yon yakkaxudolik targ‘ib etilishi va sanamparastlik — butparastlik qoralanishi o‘z-o‘zidan Makkaga hojilik — ziyoratchilik (badaviylar tomonidan ularning qabilaviy xudolariga nisbatan amalga oshirilardi) kamayib ketishi Ka’baning ahamiyatini tushirib yuboradi, shunday ekan, shaharning obro‘yi va savdo-sotiq manfaatlarini barbod qiladi deb xavfsirar edi. Bundan tashqari, Muhammadning va’zlari — oyatlarida (keyinchalik ilk suralarda, ya’ni Qur’on boblarida qayd etib qo‘yilgan) sudxo‘rlik, tarozidan urib qolish va xaridorlarni aldash amaliyoti qoralanishi badavlat qurayshiylarga yoqinqiramagan edi. Ammo Muhammadning o‘zi badavlat savdogar bo‘lmagani, boz ustiga, yoshlikda ana shu amaliyotdan aziyat chekkani tufayli, bunga badaviylar, savdo-hunarmandchilik kishilari va Makka shahri qashshoqlari qanday munosabatda ekanligini bilar edi.
Makkaning nasabdor va urug‘dor oqsoqollari tomonidan ta’qib etilishi Payg‘ambarning uncha katta bo‘lmagan tarafdorlari jamoatining shaharda yashab turishini iloji yo‘q bir narsaga aylantirib qo‘ydi. Bunga to‘la ishonch hosil qilgan Muhammad o‘z izdoshlari — sahobalari bilan Yasribga ko‘chib o‘tdi, bu yerda esa u makalik savdlogarlar va sudxo‘rlar bilan anchadan beri yovlashib kelayotgan ikki dehqonchilik qiluvchi qabila qo‘llab-qo‘uuvatlashiga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, Muhammadning onasi — Amina aslida Yasribdan edi. Hijrat qilish — hijrat rabi’ al-avval oyining 5-chislosida (musulmon qamariy taqvimi bo‘yicha), ya’ni 622 yil 22 sentyabrda sodir bo‘lgan edi. Muhammad payg‘ambar bilan birga kelgan makkaliklar «muhojirlar» — «emigrantlar», ularni mehmondo‘stlik bilan kutib olgan madinaliklar esa, «ansorlar» — «yordamchilar, tarafdorlar» deb atala boshladi. Yasribning o‘zi esa ana shu palladan boshlab «Madina» deb atala boshladi (to‘liq nomi esa «Madinat an-Nabiy», ya’ni «Payg‘ambar shahri»jir). Borgan sayin ko‘payib kelayotgan musulmonlar jamoati (ummat) yanada uyushgan va jipslashgan tashkilot bo‘lib bordi, uni a’zolari — sahobalar — «ashob» esa, keyinchalik (Muhammad vafotidan keyin) arab-musulmon jamiyatining elitasi — oliy tabaqasini tarkib toptirdilar.
Madina bunyod etilgan birinchi masjid (o‘zbekchada ko‘proq «machit» nainki namozlarni ado etish uchun, qolaversa jamoat yig‘ilishlarini o‘tkazish, nufuzli mehmonlar va elchilarni qabul qilish uchun ham xizmat qilar edi. Har kungi namozlar (salotlar) uchun aniq-tiniq soatlar belgilandi, mablag‘lari ummat ehtiyojlari uchun sarflanuvchi zakot solig‘ini to‘lash ham tartibga solindi. Imom, ya’ni namozda eng oldinda turib ibodatni boshqaruvchi rahnamo majburiyatlarini odatda Muhammad payg‘ambarning o‘zi va unga eng yaqin bo‘lgan muhojirlar Abu Bakr va Umar ibn al-Xattob ado aylar, binobarin, Muhammad payg‘ambar ularning Oisha va Hafsa ismli qizlariga uylangan edi.
Borgan sayin Muhammad Madina shahrining hokimiyatni to‘liq egallagan boshlig‘iga aylanib bordi. Avvalboshda u ikki ma’jusiy qabilani islom diniga kiritdi, ammo tag‘in endigina dinga kirgan musulmonlar orasida yashirincha ish ko‘rayotgan «munofiqlar» (ikkiyuzlamachilar, shubhalanganlar) bilan uzoq vaqt kurash olib bordi. Yahudiylik diniga e’tiqod qiluvchi uchta boshqa qabila bilan esa shartnoma tuzdi. Ammo ularning yangi dinni qabul qilishni va uning payg‘ambarini tan olishni xohlamasligi, shuningdek, Muhammad payg‘ambar bilan amalda 623 yildan boshlab urush olib borayotgan makkaliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlashi asta-sekin oshkora dushmanlikka olib keldi. 624 yilda ikki qabila Madinadan surgun etildi, ularning yerlari esa musulmonlarga berildi. 626 yilda makkaliklar Madinani qamal qilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri til biriktirganlikda ayblangan uchinchi qabila chekiga esa yanada og‘ir qismat tushgandi: qabila erkaklari qatl etildi, ayollar va bolalar esa qul qilib sotildi. Ana shundan keyin ummatning boy bo‘lib olgan oliy toifasi madinalik guruhlar — otryadlarning o‘z karvonlariga tinimsiz hujumlaridan bezor bo‘lgani tufayli kelishuvga moyil bo‘lib turgan makkaliklar bilan bir murosaga kelishga qaror qildi.
628—630 yillarda musulmonlar asta-sekin makkaliklar bilan kelishuvga erishdilar. Makkaliklar Makka shahrini yangi din markaziga aylantirish va Ka’ba ibodatxonasiga ziyoratchilik — «hajj»ni musulmonlarning eng asosiy farzlaridan biri deb e’tirof etish shartlari bilan islom dinini qabul qilishga qaror qildi. Bu har ikkala tomon o‘z maqsadiga erishdi: musulmonlar — islom dinini bundan buyog‘iga Makkada va atrofdagi qabilalar badaviylari orasida keng tarqatish, makkaliklar esa hojilikdan tushadigan o‘z daromadlarini saqlab qolish va hatto ko‘paytirib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Muhammad payg‘ambarning shaxsan o‘zi mol-davlat va dabdaba-hashamatga, rasman yangi din ideologi bo‘lib qolgan holda hatto hokimiyatga ham intilmadi. Ammo amalda u Madina shahrida turib islom butun Arabiston bo‘ylab keng tarqalishiga rahbarlik qilib turdi. Garchand u «malik» (podshoh) unvonini qabul qilmagan bo‘lsa-da, musulmonlarning har qanday harbiy o‘ljasining beshdan bir qismi («xums») Payg‘ambarning oilasi va qarindoshlarini, shuningdek, din uchun muqaddas urush — «jihod»da halok bo‘lgan askarlarning bevalari va farzandlarini ta’minlab turishga sarflanishi kerak edi. Muhammad payg‘ambar 632 yil 8 iyunda vafot etdi. Uning Madinadagi maqbarasi Makkadagi Ka’badan keyin ikkinchi musulmon muqaddas qadamjosi va ziyorat ob’ektiga aylandi.
Islom dini esa uning asoschisi o‘limidan keyin ham rivojlanishda davom etaverdi. Ammo u boshqa monoteistik — yakkaxudolik dinlarining ko‘pgina elementlarini qabul qilgan holda bir butun yaxlit ko‘rinishda dastavval aynan Madina shahrida shakllandi. Islom e’tiqod qilguvchilarga yakkaxudolik, Muhammadning payg‘ambarlik missiyasini tan olishni, har kuni besh vaqt namoz o‘qishni, hojilik — ziyoratchilikni, ramazon oyida ro‘za tutishni, hunarmanjchilik, savdo-sotiq va chorvachilikdan olinadigan daromadning 40/1 ini zakot ko‘rinishida hisoblab ajratishni buyuradi. Yahudiylar va xristianlardan payg‘ambarlar haqidagi ta’limot olingan, Odam (Adam), Nuh (Noy), Ibrohim (Avrram), Musa (Moisey), Iyso (Iisus Xristos) va Muhammad tan olingan edi. Musulmonlarning farishtalar, marhumlarning qayta tirilishi va Mahshar kuni (qo‘rqinchli sud), ezgu va yovuz ishlari uchun narigi dunyoda ajr — mukofot yo jazo tayinlanishi haqidagi tasavvurlari xristianlarnikidan unchalik ham farq qilmaydi. Ammo avvalboshdayoq musulmonlarning boshqa «ahl al-Kitab» (Kitob ahli)dan ko‘zga tashlanib turadigan farqlari ham sezilarli edi: arablar turmushi, arab tili (Qur’on shu tilda bayon etilgan), Muhammad payg‘ambarning istisno tariqasidagi roli va arablarning islomga qadar mavjud bo‘lgan ayrim urf-odatlari (hajj, Ka’ba ibodatxonasiga sig‘inish), jannat noz-ne’matlari xususidagi his-tuyg‘uga murojaat etuvchi tasavvurlarga tayanib ish ko‘rish ana shu tafovutni barqarorlashtirdi. Madina ma’jusiylari — butparastlari va yahudiylari bilan janglar qizigan pallada dunyoga kelgan jihod to‘g‘risida ta’limot ham muhim ahamiyat kasb etib bordi. Qur’onda yoritib oydinlashtirib berilgan harbiy o‘ljani taqsimlab olish amaliyoti g‘ayridinlar bilan urushda musulmonlar ishtirok etishida qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi kuch — stimulga aylandi. Muhammad payg‘ambar vorislari hukmronligi davrida jihod haqidagi ta’limot arab istilolarini g‘oyaviy jihatdan asoslab berish manbaiga aylandi. Nihoyat, Madina shahrida, Muhammad payg‘ambarning bevosita rahbarligi ostida dunyoviy va diniy hokimiyat, din va huquq, musulmon ummati va musulmon davlati bo‘linmasligi va birbutunligini nazarda tutuvchi islom teokratiyasi — diniy hokimiyati tamoyillari shakllandi.

Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling