Oriental universiteti «tasdiqlayman»


Download 321.5 Kb.
bet12/13
Sana14.09.2023
Hajmi321.5 Kb.
#1677565
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
SILABUS ATKF(PP) Kunduzgi 2-KURS 2022-2023

Mashg’ulot turi:amaliyot
Mavzu. Bulutli texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari bilan tanishish (2 soat)
Mavzu rejasi:
30.1. Ta’limda bulutli texnalogiyalar va ularni qo’llash.
30.2. Bulutli texnologiyalarning asosiy turlari.
30.3. Bulutli texnologiyada axborotlar xavfsizligini ta’minlash.
Adabiyotlar: Qarang 5,6,11,12;

Jami

60

YAKUNIY NAZORAT

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba “Til o‘qitishda AKT” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi:

  1. mavzular bo’yicha konspekt (referat, taqdimot)tayyorlash. Nazariy materialni puxta o’zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o’quv materialiga diqqatni ko’proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi;

  2. o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Talabalar ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar davomida olgan bilimlarini o’zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko’rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, o’z-o’zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b;

  3. fan bo’yicha qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o’rganish uchun berilgan mavzular bo’yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha o’quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda rus va xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag’batlantiriladi;

  4. Internet tarmog’idan foydalanish. Fan mavzularini o’zlashtirish, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarini yozishda mavzu bo’yicha INTERNET manbalarini topish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qo’shimcha reyting ballari bilan rag’batlantiriladi;

  5. mavzuga oid masalalar, keys-stadilar va o’quv loyihalarini ishlab chiqish va ishtirok etish;

  6. amaliyot turlariga asosan material yig’ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish, hisobotlar tayyorlash;

  7. ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish;

  8. mavjud laboratoriya ishlarini takomillashtirish, masofaviy (distantsion) ta’lim asosida mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha metodik ko’rsatmalar tayyorlash va h.k.

Uyga berilgan vazifalarni bajarish, yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasinitekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Mustaqil ishni tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatma va tavsiyalar, keysstadi, vaziyatli masalalar to’plami ishlab chiqiladi. Unda talabalarga asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar yechish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi.
Mustaqil o`zlashtiriladigan mavzular bo`yicha talabalar tomonidan slaydlar, ijodiy ishlar, referatlar tayyorlanadi va uning taqdimoti tashkil qilinadi.
Talabalar auditoriya Mashg`ulotlarida professor-o`qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, muammolarni tahlil qiladilar. Auditoriyadan tashqari talaba darsga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifasi sifatida berilgan mavzularni o`rganadi.



Download 321.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling