Moliya tizimi - Moliya tizimi - bu davlatning hamda korxonalarni pul mablag`larini shakllantirish, taqsimlash va ishlatish usullari majmuasidir.
- Umuman moliya tizimini qo`yidagicha ifodalash mumkin(sxema):
- Moliya tizimining asosini xo`jalik yurituvchi subyeklar moliyasi tashkil etadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va ular ishtirokida yalpi ichki maxsulot va milliy daromad yaratiladi.
- Xo`jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy - huquqiy shaklidan kelib chiqib ular moliyasining shakllanishi va undan foydalanish o`ziga xos xususiyatlarga ega.
- Jumladan, ijtimoiy tashkilotlar, kasaba uyushmalari, yoshlar va faxriylar tashkilotlari ,ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va shu kabilardan iborat bo`lib, ularning moliyaviy resurslari asosan tashkilot azolik badallari,tijorat faoliyatidan olingan daromadlar, xomiylar va xayriya mablag`lari hisobiga tashkil topadi va shu tashkilotlar nizomiga asosan foydalaniladi. Ayrim korxona va tashkilotlar moliyasining xususiyatlari mavzuning 5 savolida yoritilgan.
- Davlat budjeti moliya tizimining bosh bug`ini hisoblanadi. U yordamida davlat boshqaruv organlari funksiyalarini taminlash uchun markazlashgan pul fondlari shakllantiriladi va ishlatiladi.
- Davlat budjeti mamlakatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi va Oliy Majlis tomonidan qonun holida tasdiqlanadi. Davlat budjeti orqali davlat Xalq xujaligi tarakiyotini, ijtimoiy - madaniy tadbirlarni, mudofani,davlat xokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash moliyalashtiriladi.
- Budjetdan tashqari jamg`armalar, soliqlar kabi ma`lum maqsadga yunaltirilgan ajratma va ushlovlardan tashkil topadi. Budjetdan tashqari jamg`armalar so`mmasining asosiy qismi maxsulot (ish xizmat) lar tannarxiga kiritiladi va u asosan ish haqi fondiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Budjetdan tashqari maqsadli jamg`armalardan biri Pensiya jamg`armasi hisoblanadi.Ushbu jamg`armaning shakllanishi va undan foydalanish tartibi fanning 6- «Ijtimoiy ta`minot moliyasi» mavzusida berilgan.
- Budjetdan tashqari jamg`armalarning yana biri bo`lib, ish bilan ta`minlashga kumaklashish jamg`armasi. Ushbu jamg`arma «Axolini ish bilan taminlash to`g`risida » gi (1992 y 13 yanvar) qonuniga muvofiq Vazirlar Maxkamasining 1992 y 13 dekabrdagi 606-sonli «Ish bilan ta`minlashga kumaklashish Respublika jamg`armasining tashkil etish to`g`risida» gi qarori asosida tashkil etilgan.Jamg`arma mablag`lari qo`yidagi mablag`lar hisobiga shakllanadi:
- - Mulkchilik shaklidan kat`iy nazar barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xodimlariga hisoblangan ish xaqiga nisbatan majburiy ajratmalar . Ushbu ajratma 2007 yilga 0,3 foiz miqdorida belgilangan.
- - Rezedent va norezedent yuridik shaxslar, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning ixtiyoriy badallari.
- - Majburiy ajratmalar belgilangan muddatda tulanmaganligi uchun jarimalar.
- - Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish jamg`armasining tijorat faoliyatidan daromad va boshqalar
- Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg`armasining mablag`lari qo`yidagi maqsadlarga foydalaniladi.
- -Axolini ish bilan ta`minlashning umumdavlat va mintaqaviy dasturini ishlab chiqishga
- - Ishdan bo`shab qolgan xodimlarni va ish bilan band bo`lmagan axolini kasbga yo`naltirish, qayta o`qitish va qayta tayyorlashga doir ishlarga.
- - Ishsizlik bo`yicha nafaqalar tulash.
- -Nogironlar va axolining ijtimoiy jixatdan kam ta`minlangan tabaqalari mexnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ishchi o`rinlarini tashkil etish.
- - Ish bilan ta`minlash organlarini saqlash, moddiy - texnikaviy ta`minotni amalga oshirish.
- - Axborot ma`lumotlarini tuplash, reklama-nashr ishlarini amalga oshirish, bo`sh o`rinlar yarmarkalarini o`tkazish va boshqalar.
- Maqsadli jamg`armalar tarkibida yetakchi o`rinlardan birini O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi xo`zuridagi Respublika yo`l jamg`armasi egallaydi.Ushbu jamg`arma O`zbekiston Respublikasi «Avtomobil yo`llari to`g`risida» gi qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 5-yildagi 334-sonli «O`zavtoyo`l davlat xissadorlik konserni» tarkibida tashkil qilingan. Ushbu jamg`armani tashkil qilishdan maqsad mamlakatimizda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini loyixalash,qo`rish,to`zatish va saqlashni mablag` bilan ta`minlash, shuningdek Respublika yo`l tarmoqlaridan samarali foydalashni ta`minlashdir.
- Respublika yo`l jamg`armasi 2008 yilda qo`yidagi majburiy ajratmalar va yig`imlar hisobiga shakllanishi ko`zda tutilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |