Oriental universteti bt(S) 1-5 guruh talabasi
Download 0.56 Mb.
|
Rivojlanishning asosiy qonuniyatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
ORIENTAL UNIVERSTETI BT(S) 1-5 GURUH TALABASI TOG'AYEVA SHAHZODA BOSHLANG'ICH VA UZLUKSIZ TA'LIM PEDAGOGIKA FANIDAN TAQDIMOTI Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O’sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya ob'yekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha bir xil bo’lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini to’g’ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko’rish lozim. Pedagogikada "shaxs" tushunchasi "inson" tushunchasidan farqli o’laroq, u insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan muomalada bo’lishi, munosabat o’rnatish natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va hokazo), hayotda o’z o’rnini topa olishi, uning Vatan, xalqningt ravnaqi yo’lida og’ishsmay, e'tiqod bilan xizmat qilish, imonli bo’lishi, insonni shaxs darajasiga ko’taradi. Bunday sifatlarning ro’yobga chiqishi tarbiyaga bog’liq bo’ladi. Bolaning kamolotiga, ruhiyatiga, fe'l-atvori va shakllanishiga qanday omillar ta'sir etadi? Bola tarbiyasiga, uning shakllanishiga, biologik omil, ijtimoiy omil va tarbiya ta'sir etadi. Bu muammo pedagogikada azaldan munozaraga sabab bo’lib kelayotgan masala hisoblanadi Bu masalani talqin qilishda bir-biriga qarama-qarshi ikkita nuqtai nazar vujudga keldi. Birinchi yo’nalish biologik yo’nalish hisoblanib, uning vakillari Aristotel, Platonlarning fikricha, taqdir-tole har kimning hayotdagi o’rnini, mavqeini avvaldan belgilab bergan degan fikrni himoya qiladi. XVI asr falsafasida preformizm oqimi vujudga kelib, ularning fikricha, odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo’lajak shaxsiga xos barcha xususiyatlarga ega bo’ladi, deydilar. Bola shaxsining rivojlanishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta'sir etadi. Bola shaxsining rifojlanishiga naslning ta'siri deganda, ota-onalarga o’xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarning takrorlanishini tushunmoq kerak. Har bir bola ota-onasidan meros shaklida ba'zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochining, ko’zining, terisining rangi, bo’yi-basti va boshqalar) ega bo’lgan holda dunyoga keladi. Bular jismoniy xususiyatlardir. Oliy nerv faoliyatining xususiyatlari ham tug’ma o’tadi. Bu fiziologik xususiyatdir. Bola nutqini egallash uchun nutq sharoitida mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmoq uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog’i kerak. Ana o’shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqati borligi namoyon bo’ladi. Fiziologiya va psixologiya fanining kusatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatning ro’yobga chiqishi va rivojlanishiga ta'sir etadigan potensial imkoniyatlar, ya'ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug’iladi. Tug’ma layoqat o’z holicha rivojlana olmaydi, go’yo u "mudroq" holatda bo’lib, uning uyg’onishi – rivojlanishi qulay muhit kerak. Agar bola o’z layoqatiga mos sharoitda o’sib, zarur faoliyat bilan shug’ullansa, layoqat erta ko’rinib rivojlanishi, aks holda yo’q bo’lib ketishi mumkin. Shuning uchun pedagogik layoqatning namoyon bo’lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi to’la-to’kis hayot sharoitiga va tarbiyaga bog’liq. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling