43
Boshlovchi: Voy, qanday yaxshi bolalar. Mana,
biz ham saylda
qatnashadigan bo‘ldik. Endi navbat, sizlarga. Marhamat bolalar!
1-bola: Biz bahorda chiqamiz,
Dalalarga, bog‘larga.
Gul-lolalar
ochilgan
Ko‘m-ko‘k maysazorlarga.
2-bola: Bir tomonda qizchalar
Gullar terib o‘ynashar.
Bir tomonda qushchalar
Bizni qutlab sayrashar.
3-bola: Dalalarda
ochildi
Gunafshalar, lolalar.
Bizga uchib kelishdi
Mayna, bulbul, sa’valar
.
4-bola: Qo‘llarida soz bilan,
Gul-g‘uncha pardoz bilan.
Uchib turna g‘oz bilan,
O‘kamizga bahor keldi.
Bahorni kuting bog‘da,
Bog‘ emas, dala joyda.
Qushlar sayragan chog‘da
Sevimli bahor keldi.
Bolalar «Gullar» qo‘shig‘ini kuylaydilar (J.Najmiddinov musiqasi)
qizlar gullar bilan raqsga tushadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: