Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Qorin topografik anatomiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Mushak qavati
Қорин олд-ён девори. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
4. Qorin tashqi qiyshiq muskuli xususiy fassiyasi (fascia propria m. obliqui abdominis externi). 5. Mushak qavati: m. obliquus abdominis externus pastki oltita qovurg‘alardan boshlanadi, yonbosh suyagiga birikadi va chov boylamini (lig. inguinale), qorin to‘g‘ri muskuli qinining oldingi devorini (lamina anterior vaginae m. recti abdominis), oq chiziqni (linea alba) hosil qiladi; mushaklararo fassial qavat (stratum fasciale intermusculare), ingichka g‘ovak kletchatka; m. obliquus abdominis internus bel-ko‘krak fassiyasi (fascia thoracolumbar) yuza plastinkasi, crista iliaca dan boshlanib, qorin to‘g‘ri muskuli tashqi cheti yaqinida aponevrozga aylanadi, aponevroz ikkita plastinkaga ajralib qorin to‘g‘ri muskuli fassial qinining ikkala devorini va qorin oq chizig‘ini hoisl qilishda ishtirok etadi; mushaklararo fassial qavat (stratum fasciale intermusculare); m. transversus abdominis pastki oltita qovurg‘alarning ichki yuzasidan, bel- ko‘krak fassiyasining chuqur plastinkasidan, yonbosh suyagidan boshlanib, qorin to‘g‘ri muskuli cheti yaqinida yarimoysimon (spigel) chizig‘i (linea semilunaris) hosil qilgan holda aponevrozga o‘tadi, aponevroz qorin to‘g‘ri muskuli fassial qinining orqa devorini shakllantirishda va qorin oq chizig‘ini hosil qilishda ishtirok etadi. m. rectus abdominis qovurg‘a tog‘aylarining oldingi yuzasidan va processus xiphoideus dan boshlanib qov suyagining yuqori shoxiga (ramus superior ossis pubis) birkadi. Qorin to‘g‘ri muskuli qorin qiyshiq va ko‘nadalang muskullarining aponevrozlari hisobiga hosil bo‘lgan qin (vagina m. recti abdominis) ichida joylashgan. Xususiy qorin usti va kindik sohalarida qorin to‘g‘ri muskuli qini oldingi va orqa plastinkalardan (lamina anterior et posterior vagina m. recti abdominis) iborat, bunda qorin tashqi qiyshiq muskuli aponevrozi va qorin ichki qiyshiq muskuli aponevrozining oldingi plastinkasi qinning oldingi devorini, qorin ichki qiyshiq muskuli aponevrozining orqa plastinkasi va qorin ko‘ndalang muskuli aponevrozi qinning orqa devorini hosil etadi. Kindik va qov sohalari chegarasida qorin to‘g‘ri muskuli qini orqa devori ravoqsimon chiziq (linea arcuata) hosil qilib tugaydi, sababi qov sohasida muskullar aponevrozlari qorin to‘g‘ri muskulining oldidan o‘tadi va muskul qinining faqat oldingi devorini shakllantiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling