Garvard (Harward) arxitekturasi. Tizim uchun ma’lumotlar va dastur kodi alohida xotira blokida joylashsa, bu holda Garvard arxitekturasidan foydalaniladi.
Garvard (Harward) arxitekturasida ma’lumotlarni o’qib olish va instruksiyani bajarish uchun alohida shinalar ishlatiladi. Bunda ma’lumotlarni saqlash alohida blokda amalga oshiriladi va u yerdan instruksiyalarni ma’lumot sifatida o’qib olish imkoniyati yo’q. Bunga ko’ra, ma’lumotlar alohida xotira blokida, bajariladigan instruksiyalar esa alohida xotira blokida joylashadi. Bu holda Protsessor bir vaqtni o’zida ma’lumotni ham, instruksiyani ham o’qib olish va bajarish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |